Nomozova Dilnoza Mamarajab qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarining fizika ta’lim yo‘nalishlari uchun “Nanooptika” kursini mazmuni va o‘qitish metodikasini ishlab chiqish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4154.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Muqimov Komil Muqimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zRFA akademigi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.FM.70.06.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmanov O‘ral Qudratovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarining fizika ta’lim yo‘nalishlari uchun “Nanooptika” kursi mazmuni va o‘qitish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Nanooptika” kursining mazmuni tanlangan materiallarga qo‘yiladigan didaktik talablar asosida texnologik yondashuvning xususiy-metodik darajasining jadal ta’sir ko‘rsatish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarining fizika ta’lim yo‘nalishlari uchun “Nanooptika” kursining strukturasi verbal ma’lumotlarga vizual ko‘rinish berish va nostandart echimlarga erishishga yo‘naltirilgan talabalar aqliy faoliyatini shakllantirish borasida fazoviy va mantiqiy fikrlash bilan o‘zaro optimal uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
fizika ta’lim yo‘nalishlarida “Nanooptika” kursini o‘qitishga doir innovatsion ta’lim texnologiyalari analitik-mantiqiy, innovatsion topshiriqlarga tafakkurning tasavvur, anologiya, metafora va intuisiya kabi shakllarini o‘zaro uyg‘unlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida “Nanooptika” kursini elektron dasturiy vositalar asosida o‘qitishning nazariy konseptual modeli elektron pedagogik dasturiy vositalar va virtual-simulyatorli dasturiy ishlanmalarni ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida qo‘llashga doir talabalar faoliyati bilan pedagoglar faoliyatining hamkorligini tashkil etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining fizika ta’lim yo‘nalishlari uchun “Nanooptika” kursini mazmuni va o‘qitish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Nanooptika” kursining mazmuni tanlangan materiallarga qo‘yiladigan didaktik talablar asosida texnologik yondashuvning xususiy-metodik darajasining jadal ta’sir ko‘rsatish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilganligi hamda oliy ta’lim muassasalarining fizika ta’lim yo‘nalishlari uchun “Nanooptika” kursining strukturasi verbal ma’lumotlarga vizual ko‘rinish berish va nostandart echimlarga erishishga yo‘naltirilgan talabalar aqliy faoliyatini shakllantirish borasida fazoviy va mantiqiy fikrlash bilan o‘zaro optimal uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirilganligiga oid xulosalaridan PZ-20170929192-raqamli “Nanosuspenziyalarni qo‘llagan holda to‘qimachilik materiallarini modifikatsiya jarayonlarini o‘rganish va biotsid xususiyatlarga ega nanomodifikatsiyalangan to‘qimachilik materiallarini tayorlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 12-sentyabrdagi 04/11-6961-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni nanometr masshtabidagi obektlarda kechayotgan optik hodisalar bilan tanishtirish, o‘quv jarayonida foydalanish imkonini bergan;
fizika ta’lim yo‘nalishlarida “Nanooptika” kursini o‘qitishga doir innovatsion ta’lim texnologiyalari analitik-mantiqiy, innovatsion topshiriqlarga tafakkurning tasavvur, anologiya, metafora va intuisiya kabi shakllarini o‘zaro uyg‘unlikda qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga hamda oliy ta’lim tizimida “Nanooptika” kursini elektron dasturiy vositalar asosida o‘qitishning nazariy konseptual modeli elektron pedagogik dasturiy vositalar va virtual-simulyatorli dasturiy ishlanmalarni ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida qo‘llashga doir talabalar faoliyati bilan pedagoglar faoliyatining hamkorligini tashkil etish asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalaridan PZ-20170929192-raqamli “Nanosuspenziyalarni qo‘llagan holda to‘qimachilik materiallarini modifikatsiya jarayonlarini o‘rganish va biotsid xususiyatlarga ega nanomodifikatsiyalangan to‘qimachilik materiallarini tayorlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 12-sentyabrdagi 04/11-6961-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak fizika o‘qituvchilarida loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limni tashkil etishning shakl, metod va vositalarini takomillashtirishga erishilgan.