Azimova Nargiza Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida nikotin saqlovchi kimyoviy mahsulotlarni tovarlar nomenklaturasi asosida sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K126.
Ilmiy rahbarlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduganiev Baxtiyor Ermaxamatovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Abdulloev Obidjon Shaxabidinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Nishonov Mirkozimjon, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublika hududiga olib kirilayotgan va undan olib chiqib ketilayotgan nikotin saqlovchi mahsulotlarning kimyoviy tarkibini tekshirishning yuqori aniqlikdagi, ishonchli va tezkor uslublarini ishlab chiqish orqali davlat byudjetiga tushayotgan aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari to‘liqligini taʼminlashdan hamda nosvoy tarkibini kompleks aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tamaki va boshqa nikotin saqlovchi mahsulotlarni kimyoviy tarkibi aniqlangan, kimyoviy tarkibni tahlil qilishning optimal sharoitlari ishlab chiqilgan;
tamaki va boshqa nikotin saqlovchi mahsulotlarni tarkibidagi makro va mikroelementlar va oqsil miqdori, aminokislotalar tarkibi aniqlangan hamda bu mahsulotlar oqsil tuzuvchi aminokislotalarning manbayi ekanligi isbotlangan;
nosvoyning bakterial va kimyoviy tarkibi hamda uning tarkibida pestisid, bakteriyalar, nitrobirikmalar, benzpiren, xrom, nikel, mishyak, kadmiy, qo‘rg‘oshinlarni miqdori aniqlangan;
tamakili va tamakisiz snyuslar uchun kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida nikotin bo‘lgan tamaki va boshqa mahsulotlarni kimyoviy tarkibi asosida TIF TN kod raqamlarini belgilash va standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlar uchun bojxona ekspertizasini amalga oshirishda tezkor, ishonchli va aniq bo‘lgan analitik uslubi davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining 2024 yil 23 maydagi 17/05-24-0994-son maʼlumotnomasi). Natijada, ushbu uslub-tarkibida nikotin bo‘lgan tamaki va boshqa mahsulotlarni tasniflashning soddalashtirilish imkonini bergan;
tamakili va tamakisiz snyuslarga tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha 2404 91 000 9 kod raqami davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining 2024 yil 24 maydagi 17/05-24-1002-son maʼlumotnomasi). Natijada, eksport va import jarayonlarida boj to‘lovlari va aksiz solig‘i stavkalarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish