Ashurova Zarina Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoatida sifat menejmentini joriy etish samaradorligi”, 08.00.13–“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.1.PhD/Iqt2044.
Ilmiy rahbari: Mamanazarov Oybek Shomurodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xasanov Toxir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda sifat menejmentini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «sifat menejmenti tizimi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni qurilish materiallari sanoatidagi hududiy resurslar taqsimotidan foydalanish orqali o‘zaro uyg‘unlashtirilgan «sifat piramidasi» tarkibiga kiruvchi asosiy xususiyatlarni sifatga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi jihatidan guruhlash orqali takomillashtirilgan;
«Qizilqumsement» AJ faoliyatida sifat menejmentini joriy etish samaradorligini mehnatni muhofaza qilish (Mm=0,5), ijtimoiy javobgarlik (Ij=0,15), atrof-muhitni boshqarish (Ab=0,15) va axborot xavfsizligi (Ax=0,2) talablarini belgilaydigan standartlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rnatish orqali oshirish asoslangan;
«Qizilqumsement» AJ faoliyatini strategik rivojlantirish iqtisodiy mexanizmning tayanch tarkibiy qismlari xalqaro standart talablariga muvofiq sifat tizimlarini joriy etish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, iste’molchilarni sifatli va ekologik xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beruvchi sifat menejmentini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
«Qizilqumsement» AJ faoliyatida sifat menejmenti tizimi va ISO standartlarini joriy qilish orqali sement ishlab chiqarish hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion rivojlanish sharoitida qurilish materiallari sanoatida sifat menejmentini joriy etish samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «sifat menejmenti tizimi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni qurilish materiallari sanoatidagi hududiy resurslar taqsimotidan foydalanish orqali o‘zaro uyg‘unlashtirilgan «sifat piramidasi» tarkibiga kiruvchi asosiy xususiyatlarni sifatga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi jihatidan guruhlash orqali takomillashtirishga oid uslubiy materiallardan qurilish sanoatining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda respublikaning xom ashyo salohiyatini inobatga olgan holda yangi qurilish materiallari va ulardan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishda foyldalanilgan. («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 05/15-2073-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari sanoatida mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etishda sifat menejmentidan foydalanilgan va  ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini diversifikatsiya qilish va eksport hajmini kengaytirish imkoni yaratilgan;
«Qizilqumsement» AJ faoliyatida sifat menejmentini joriy etish samaradorligini mehnatni muhofaza qilish (Mm=0,5), ijtimoiy javobgarlik (Ij=0,15), atrof-muhitni boshqarish (Ab=0,15) va axborot xavfsizligi (Ax=0,2) talablarini belgilaydigan standartlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rnatish orqali oshirish taklifi «Qizilqumsement» AJ amaliyotiga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 05/15-2073-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mazkur korxonada ishlab chiqarish samaradorligini 5%ga oshirish imkoni yaratilgan;
«Qizilqumsement» AJ faoliyatini strategik rivojlantirish iqtisodiy mexanizmning tayanch tarkibiy qismlari xalqaro standart talablariga muvofiq sifat tizimlarini joriy etish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, iste’molchilarni sifatli va ekologik xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beruvchi sifat menejmentini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi «Qizilqumsement» AJ amaliyotiga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 05/15-2073-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida ishchi kuchi samaradorligi 9%ga ortganligi ilmiy jihatdan asoslangan;
«Qizilqumsement» AJ faoliyatida sifat menejmenti tizimi va ISO standartlarini joriy qilish orqali sement ishlab chiqarish hajmining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari «Qizilqumsement» AJ amaliyotiga joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 05/15-2073-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz natijalariga ko‘ra  2028 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarishning 2022 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 2,07%ni tashkil etishi ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish