Djabbarova Xabiba Kuvandikovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gender tenglikning ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal811
Ilmiy rahbar: Bozorov Mustafo Jabborovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik kengash)
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, dotsent Musaeva Nodira Maxmudovna, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Saydivalieva Xurshida Xodjiakbarovna
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatdagi gender tenglik fenomenini ijtimoiy falsafa nuqtayi nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy hayotda ayollar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashda gender rollar taqsimoti, ijtimoiy gender identiklik kabi sotsiomadaniy determinantlarning gender sezuvchanligini oshirish jarayonida ijtimoiy-kognitiv idrok etish, nazariy va amaliy faoliyat dialektikasi kabi usullarining ustuvorligi falsafiy jihatdan asoslangan;
ijtimoiy adolat, gender tenglik va empatiya tamoyillarini shakllantirishda inklyuziv pedagogika va ijtimoiy-madaniy aksiologiya sintezi orqali ta’lim tizimini transformatsiya qilish, media madaniyatida gender yondashuvni takomillashtirish, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish kabi ta’sir mexanizmlarining gender stereotiplarga qarshi kurashishdagi intensiv samaradorligi isbotlangan;
gender tengligini institutsional qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hamkorlik va gender madaniyatni takomillashtirish kabi sotsiomadaniy muhitga ta’sir qiluvchi regulyativ determinantlarning tizim va element o‘rtasidagi dialektik munosabati hamda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuniga asosan gender aspektida individual ong transformatsiyasiga olib kelishi aniqlangan;
G‘arb va Sharq ijtimoiy tafakkurida gender tenglik va feminizmning in’ikosi, tarixiy, madaniy, falsafiy, ideologik kontekst asosida shakllangan gender evolyusiyasi, gender madaniyatning sivilizatsiyaviy, sakral, aksiologik, gnoseologik mazmundagi plyuralizmi, gender qadriyatlarning milliy va mintaqaviy differensiatsiyasi kabi omillarga ko‘ra gender tengligining milliy mentalitetga xos xususiyatlarga tayanishi zaruriyati falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV.Natijalarining joriy qilinganligi. Gender tenglikni ijtimoiy falsafiy tahlil qilish jarayonlariga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy hayotda ayollar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashda gender rollar taqsimoti, ijtimoiy gender identiklik kabi sotsiomadaniy determinantlarning gender sezuvchanligini oshirish jarayonida ijtimoiy-kognitiv idrok etish, nazariy va amaliy faoliyat dialektikasi kabi usullarining ustuvorligi falsafiy jihatdan asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan bajarilgan “Oliy ta’lim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish va boshqarishning nazariy-metodologik asoslari” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2023-yil 24-martdagi 02-01/262-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya yangiligi, taklif va tavsiyalaridan foydalanish oliy ta’lim tizimiga gender yondashuv tamoyillarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
ijtimoiy adolat, gender tenglik va empatiya tamoyillarini shakllantirishda inklyuziv pedagogika va ijtimoiy-madaniy aksiologiya sintezi orqali ta’lim tizimini transformatsiya qilish, media madaniyatida gender yondashuvni takomillashtirish, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish kabi ta’sir mexanizmlarining gender stereotiplarga qarshi kurashishdagi intensiv samaradorligi isbotlanganligiga oid fikr va mulohazalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yilning 10-fevral kuni soat 07.00 da efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-fevraldagi 01-07/42-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish ko‘rsatuv va radio eshittirishni mazmunan takomillashtirishga xizmat qilgan.
gender tengligini institutsional qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hamkorlik va gender madaniyatni takomillashtirish kabi sotsiomadaniy muhitga ta’sir qiluvchi regulyativ determinantlarning tizim va element o‘rtasidagi dialektik munosabati hamda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuniga asosan gender aspektida individual ong transformatsiyasiga olib kelishi aniqlanganligiga oid taklif, tavsiya va mulohazalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yilning 10-fevral kuni soat 07.00 da efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-fevraldagi 01-07/42-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ahamiyati keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga xizmat qilgan.
G‘arb va Sharq ijtimoiy tafakkurida gender tenglik va feminizmning in’ikosi, tarixiy, madaniy, falsafiy, ideologik kontekst asosida shakllangan gender evolyusiyasi, gender madaniyatning sivilizatsiyaviy, sakral, aksiologik, gnoseologik mazmundagi plyuralizmi, gender qadriyatlarning milliy va mintaqaviy differensiatsiyasi kabi omillarga ko‘ra gender tengligining milliy mentalitetga xos xususiyatlarga tayanishi zaruriyati falsafiy jihatdan ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-64 sonli “Oilalarga koʼrsatilayotgan sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar uchun mobil ilova yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha vazifalarini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 13-fevraldagi 04/11-738-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyadagi taklif va tavsiyalar loyihani yanada takomillashtirishga va xotin-qizlarning oiladagi ahvoli va dunyoqarashlari, bajarayotgan reproduktiv vazifalarini hisobga olib, ular o‘rtasida olib borilayotgan huquqiy-ma’rifiy tadbirlarda zamonaviy uslublardan foydalanishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish