Hojiev Rasulbek Boynazar o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirishda oila va ta’lim muassasasi hamkorligining ijtimoiy-falsafiy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal1007
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik kengash)
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, professor Aliev Bekdavlat Begalievich, falsafa fanlari doktori, dotsent Bekmuratova Gulshoda Xaitovna
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda kreativlik xususiyatlarini rivojlantirishda oila va ta’lim muassasalari hamkorligini falsafiy jihatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda kreativlik xususiyatlarining shakllanib borish darajasi faollik, o‘z-o‘zini namoyon etish, innovatorlik, ziyolilik, ijodiy fikrlash, evristik harakat (izlanish, topish) hamda ijodkorlik-yaratuvchanlik jihatlarini shaxsda tarkib toptirishda unikal-funksional xususiyatlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishi pragmatizm tamoyili asosida ochib berilgan;
yoshlarni zamonaviy bilimlar olishga yo‘naltirish, dunyoqarashi, bilim va tafakkurini rivojlantirish hamda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalarda kreativ faolligini oshirishda ulardagi kreativlik xususiyatlarini namoyon etish shakllari ilmiy-amaliy komponentlarga tayanishi falsafiy qonuniyatlar asosida aniqlangan;
kreativlik xususiyatlarini shakllanish usullarining ierarxik ravishda yoshlarda takomillashuvi “oila va ta’lim muassasalari hamkorligi – faollik hamda harakatlar generatsiyasi (bilim olish, malaka va ko‘nikma hosil qilish, tajribaga ega bo‘lish)” konseptida ochib berilgan;
yoshlarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirishda Sharq va G‘arb mamlakatlarining tajribaviy hamda konstruktiv xususiyatlaridagi milliy mentalitetga, ijtimoiy-ma’naviy mezonlarga mos keladigan, zamonaviy texnologiyalarni tez o‘zlashtirish va innovatorlik xususiyatlari kabi mental fenomenlari shakllanayotgani isbotlangan.
IV.Natijalarining joriy qilinganligi. Yoshlarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirishda oila va ta’lim muassasasi hamkorligini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish asosida:
yoshlarda kreativlik xususiyatlarining shakllanib borish darajasi faollik, o‘z-o‘zini namoyon etish, innovatorlik, ziyolilik, ijodiy fikrlash, evristik harakat (izlanish, topish) hamda ijodkorlik-yaratuvchanlik jihatlarini shaxsda tarkib toptirishda unikal-funksional xususiyatlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishi pragmatizm tamoyili asosida ochib berilganligiga oid amaliy taklif va xulosalardan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining JBHL-102-sonli “Oilada bolalar ijodkorligini tarbiyalashning o‘ziga xosligi” mavzusidagi (2022-2023-yil) loyihasi doirasida foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 12-fevraldagi 01-09/1808-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash asosida yoshlarda kreativ tafakkurni rivojlantirish orqali uslubiy materiallarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
yoshlarni zamonaviy bilimlar olishga yo‘naltirish, dunyoqarashi, bilim va tafakkurini rivojlantirish hamda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalarda kreativ faolligini oshirishda ulardagi kreativlik xususiyatlarini namoyon etish shakllari ilmiy-amaliy komponentlarga tayanishi falsafiy qonuniyatlar asosida aniqlanganligiga doir ilmiy xulosalardan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining JBHL-102-sonli “Oilada bolalar ijodkorligini tarbiyalashning o‘ziga xosligi” mavzusidagi (2022-2023-yil) loyihasida foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 12-fevraldagi 01-09/1808-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning kreativligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilishga xizmat qilgan;
kreativlik xususiyatlarini shakllanish usullarining ierarxik ravishda yoshlarda takomillashuvi “oila va ta’lim muassasalari hamkorligi – faollik hamda harakatlar generatsiyasi (bilim olish, malaka va ko‘nikma hosil qilish, tajribaga ega bo‘lish)” konseptida ochib berilganligi bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-87-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining” 109.1-bandining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 27-fevraldagi 2-13-21-706-sonli dalolatnomasi). Natijada yoshlarning kreativligini rivojlantirishda oila va ta’lim muassasasi hamkorligi mexanizmlari takomillashtirilgan;
yoshlarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirishda Sharq va G‘arb mamlakatlarining tajribaviy hamda konstruktiv xususiyatlaridagi milliy mentalitetga, ijtimoiy-ma’naviy mezonlarga mos keladigan, zamonaviy texnologiyalarni tez o‘zlashtirish va innovatorlik xususiyatlari kabi mental fenomenlari shakllanayotgani isbotlanganligi borasidagi tahliliy ma’lumotlaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston tarixi telekanalida efirga uzatilgan “Etno” ko‘rsatuvining 2024-yil birinchi yarmidaga sonlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 15-iyuldagi 06-28-843-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda kreativlik xususiyatlarini rivojlantirish borasida xalqaro tajribani o‘rganish orqali teleko‘rsatuvni mazmunan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish