Jaloliddinov Mamirjon Maxmudjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat sektorida ichki audit tizimini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2795.
Ilmiy rahbar: Abdieva Nargiza Shuxratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari kapitalini samarali boshqarish va baholash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
vazirlik va idoralarda ichki audit xizmati faoliyati obektivligini ta’minlashda mustaqillik, xolislik, qonuniylik, malakalik va axborot xavfsizligini ta’minlash prinsiplariga rioya qilish zarurligi asoslangan;
ichki audit xizmati faoliyati sifatini ta’minlash maqsadida, ichki audit faoliyatining samaradorligini ichki va tashqi baholash taklif etilgan;
vazirlik va idoralar ichki audit xizmati ish natijalarini yagona tartibda aks ettiruvchi(tizimlashtiruvchi) hisobot shakli ishlab chiqish taklif etilgan;
vazirlik va idoralarda ichki audit xizmati faoliyatini xalqaro prinsiplar asosida tashkil etish maqsadida, ularning tashkiliy mustaqilligini belgilash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat sektorida ichki audit tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ichki audit xizmati faoliyatining tamoyillarini belgilash bo‘yicha taklifi “Ichki audit milliy standartlari”ni (ro‘yxat raqami 3394, 2022-yil 24-oktyabr) ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 3-fevraldagi 03/8-00365-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida vazirlik va idoralarda ichki auditning ish sifatini ta’minlab beruvchi mustaqillik, xolislik, qonuniylik, malakalilik va axborot xavfsizligini ta’minlash singari asosiy tamoyillar belgilangan;
Ichki audit xizmati faoliyatining sifatini ta’minlanishini belgilash bo‘yicha taklifi “Ichki audit milliy standartlari”ni (ro‘yxat raqami 3394, 2022-yil 24-oktyabr) ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 3-fevraldagi 03/8-00365-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi ichki audit xizmatlari faoliyatining samaradorligi oshirish maqsadida ichki va tashqi baholash orqali ichki audit xizmati faoliyatini sifatini ta’minlash imkonini bergan;
Ichki audit tadbiri natijalarini hisobot shaklida rasmiylashtirish bo‘yicha taklifi “Ichki audit milliy standartlari”ni (ro‘yxat raqami 3394, 2022-yil 24-oktyabr) ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 3-fevraldagi 03/8-00365-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlarining ichki audit tadbirlari natijalarini tizimlashtirish, rasmiylashtirishning yagona tartibini joriy etish maqsadida ichki audit tadbiri natijalarini hisobot shaklida rasmiylashtirish imkonini bergan;
Vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlarining tashkiliy mustaqilligini belgilash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 416-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 3-fevraldagi 03/8-00365-son ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning joriy etilishi vazirlik va idoralarda ichki auditni to‘laqonli va samarali amalga oshirish, uning vazirlik va idoralardagi rolini oshirish, bevosita birinchi rahbarga bo‘ysinuvini belgilash imkonini bergan.