Shonazarova Nodira Xudoyberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revmatoid artriti bor bemorlarda qalqonsimon bez kasalliklarining klinik kechishi va davolashni o‘ziga xos xususiyatlari”, 14.00.03 – Endokrinologiya va 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Tib2385.
Ilmiy raxbarlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi , DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xolmurod Sagdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupova Shaxnoza Qodirjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda klinik-laborator ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali qalqonsimon bez kasalliklarini erta va differensial tashxislash hamda davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda qalqonsimon bez kasalliklarining uchrash soni 46 % ekanligi va uning tarkibi (autoimmun tireoidit – 29,8 %, gipotireoz – 10,1 %, gipetireoz – 6,25 %) aniqlangan;
revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda qalqonsimon bez kasalliklari rivojlanishi va kechishini bashorat qilishda tireoid peroksidaza (TPO), tireoglobulin (TG) va tireotrop gormoni (TTG) reseptoriga qarshi antitanachalar miqdori prognostik marker ekanligi aniqlangan;
revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda qondagi vitamin D miqdori bilan tireoid peroksidaza (TPO), tireoglobulin (TG) va tireotrop gormoni (TTG) reseptoriga qarshi antitanachalar hamda kasallikning faollik darajasi orasida teskari korelatsion bog‘liqlik borligi aniqlangan;
revmatoid artrit va qalqonsimon bez patologiyalari mavjud bemorlarda an’anaviy davo usullari bilan birgalikda, vitamin D dori vositasini qo‘shimcha qo‘llash orqali davolash tamoyili takomillashtirlgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyuldagi 2-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda qalqonsimon bez kasalliklarining uchrash soni 46 % ekanligi va uning tarkibi (autoimmun tireoidit – 29,8 %, gipotireoz – 10,1 %, gipetireoz – 6,25 %) uchrashi kuzatilgan va 2024-yil 13-martdagi 19-u-sonli buyrug‘i bilan Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tarmoq markazi Samarqand viloyati filialiga, 2024 yil 15 martdagi 1-son buyrug‘i bilan Samarqand viloyati Urgut tumani tibbiyot birlashmasida klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi, faolligi va rentgenologik bosqichiga qarab hamda qalqonsimon bez patologiyalari uchrash chastotasini hisobga olgan holda, kasallikni beqarorlashish xavfini xamda prognozini baholash uchun dastur yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini o‘rtacha 2 kunga qisqarganligi hisobiga yotoq kunidan 454000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga imkonini berdi. Xulosa: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda qalqonsimon bez patologiyasi rivojlanishini erta tashxislash uchun qo‘llaniladigan klinik-immunologik va gormonal xolatini tekshirish usullari samarali va xavsiz hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda qalqonsimon bez kasalliklari rivojlanishi va kechishini bashorat qilishda tireoid peroksidaza (TPO), tireoglobulin (TG) va tireotrop gormoni (TTG) reseptoriga qarshi antitanachalar miqdori prognostik marker ekanligi isbotlangan va 2024-yil 13-martdagi 19-u-sonli buyrug‘i bilan Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tarmoq markazi Samarqand viloyati filialiga, 2024 yil 15 martdagi 1-son buyrug‘i bilan Samarqand viloyati Urgut tumani tibbiyot birlashmasida klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda qalqonsimon bez patologiyalarini erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish, revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritda qalqonsimon bez bilan og‘rigan bemorlarning 92 %da HAQ so‘rovnomasiga ko‘ra, komorbid patologiya bilan birgalikda kechganda hayot sifatining pasayishi qayd etildi. 6 oy davomida asosiy davolash negizida qalqonsimon bez kasalliklarini davolashdan foydalanish HAQ qiymatlarini 1,5 dan 0,51 gacha yaxshilanishi aniklangan. Xulosa: ko‘rsatmalarga asoslangan usullarni qo‘llanilishi bemorlarni ambulator murojatlari sonini kamaytirish , oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun  10 nafar bemorga 480000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi
uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda qondagi vitamin D miqdori bilan tireoid peroksidaza (TPO), tireoglobulin (TG) va tireotrop gormoni (TTG) reseptoriga qarshi antitanachalar hamda kasallikning faollik darajasi orasida teskari korelatsion bog‘liqlik borligi aniqlangan va 2024-yil 13-martdagi 19-u-sonli buyrug‘i bilan Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tarmoq markazi Samarqand viloyati filialiga, 2024 yil 15 martdagi 1-son buyrug‘i bilan Samarqand viloyati Urgut tumani tibbiyot birlashmasida klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda qalqonsimon bez kasalliklarini aniqlash uchun TTG, T4 erkin, T3 erkin, TPO, TG qarshi antitanalar, vitamin D qondagi miqdori , qalqonsimon bezining UTT, rentgen densitometriyasi tekshirishlar o‘tkazilishi, kasallikni kechishini oldindan bashorat qilishga erishish, asoratlarning uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asoratlarni erta tashxislash va revmatoid artrit kechishini bashoratlash muvofiqlashtirishga imkon beradi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va amalga oshirilayotgan terapevtik chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga olib keladi. Shifoxonada 1 kunlik dori xarajatlari 58000 so‘mni tashkil etadi, 2 kun uchun sarflanadigan mablag‘ miqdori 116000 so‘m mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: RA bilan kasallangan bemorlarda diagnostika va davolash buyicha taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarda qalqonsimon bez patologiyasini tashxislash hamda bashoratlash, statsionar sharoitida 1 nafar bemor uchun 2 kun hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit va qalqonsimon bez patologiyalari mavjud bemorlarda an’anaviy davo usullari bilan birgalikda, vitamin D dori vositasini qo‘shimcha qo‘llash orqali davolash tamoyili takomillashtirlgan va 2024-yil 13-martdagi 19-u-sonli buyrug‘i bilan Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tarmoq markazi Samarqand viloyati filialiga, 2024 yil 15 martdagi 1-son buyrug‘i bilan Samarqand viloyati Urgut tumani tibbiyot birlashmasida klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda, qalqonsimon bez patologiyasini maqbul davolash usullari an’anaviy davo usuliga ko‘shimcha vitamin D dori vositasini talab qilingan miqdorda individual tanlash orqali ko‘llash natijasida kasallik rivojlanishi va kechishi darajasini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlarini oldini olishi bilan  izoxlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Revmatoid artritda qalqonsimon bez kasalligini uzoq muddatda kompleks davolashda vitamin D qo‘shilishi nosteroid yalig‘lanishga qarshi dorilarga bo‘lgan ehtiyojni 46 % ga, shuningdek tibbiy yordam uchun takroriy ambulator va shifoxonaga murojaatlar sonini 1,8 baravarga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda qalqonsimon bez kasalliklarini erta aniqlash va o‘z vaqtida zarur davo muolajalarini o‘tkazish uchrashi mumkin bo‘lgan asoratlarini oldini olish natijasida bemorlarning xayot sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish