Jaxonov Azizbek Xolmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Autoimmun gemolitik anemiyaning klinik-laborator va molekulyar-genetik jihatlari” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.I.PhD/Tib1766.
Ilmiy raxbar: Saidov A’lonur Baxtinurovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori, Gildiyeva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi autoimmun jarayon shakllanishining klinik, laborator va molekulyar-genetik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashxislash mezonlari hamda autoimmun gemolitik anemiyaning rivojlanish va kechishini bashorat qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
autoimmun gemolitik anemiyaning rivojlanishi va og‘ir kechishida Interleykin (IL) 10 (rs3024491) geni ahamyatsiz ekanligi, Interleykin (IL)10 (rs1800872) geni esa kasallikning og‘ir kechishida bevosita ta’siri aniqlangan;
autoimmun jarayonning modifikator genlari o‘simta nekrozi omili TNF-α (rs1800629), Interleykin (IL) 17A (rs2275913), Interleykin (IL) 17F (rs763780) va AIGA rivojlanishi o‘rtasidagi assotsiativ bog‘liqlik isbotlangan;
autoimmun gemolitik anemiyaning og‘ir darajasida TNF-α (rs1800629), IL10 (rs1800872), IL17A (rs2275913); IL17F (rs763780) genlarining polimorf lokuslarining mustaqil xavf ta’siri isbotlangan;
autoimmun gemolitik anemiyada Interleykin (IL) 23R (11209026) genetik polimorfizimining kasallik rivojlanishi va og‘ir kechishi jihatdan prognostik axamyatsizligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023-yil 23 noyabrdagi 11-23/84-x-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: autoimmun gemolitik anemiyaning rivojlanishi va og‘ir kechishida (IL) 10 (rs3024491) geni ahamyatsiz ekanligi, IL10 (rs1800872) geni esa kasallikning og‘ir kechishida bevosita ta’siri aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Autoimmun gemolitik anemiya tashxisi va og‘irligini aniqlashning yakuniy tekshiruvida hal qiluvchi tashxislash usuli genlar polimorfizmini aniqlash hisoblanadi. Bemorlarda genlarning polimorf lokuslarini har tomonlama tahlil qilish asosiy kasallikni avjlanishini va asoratlanishini oldini olish imkoniyatini beradi. Autoimmun gemolitik anemiya bilan kasallangan bemorlarda IL10 (rs 1800872) va IL10 (rs 3024491); genlarining polimorf lokuslarining tarqalishi kasallikni rivojlanishi hamda uning og‘ir kechishi xavfini oshirishda ishtirok etishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (2023 - yil 25- oktyabrdagi 12-sonli buyrug‘i bilan), Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limining (2023 - yil 30 - oktyabrdagi 102-T sonli buyrug‘i bilan) va Guliston tibbiyot klasteri Gematologiya bo‘limining (2023 - yil 2 - noyabrdagi 122-sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 23 noyabrdagi 11-23/84-x-son xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: autoimmun gemolitik anemiyadagi genlar polimorfizmi natijalariga ko‘ra klinik, laborator o‘zgarishlarini har tomonlama tahlil qilish orqali ulardagi o‘zgarishlarni erta aniqlash, kasallik og‘irlik darajasini to‘g‘ri baholash, avjlanishini va asoratlanish darajasini baholash, bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Autoimmun gemolitik kamqonlik bilan kasallangan bemorlarda ushbu genlarning polimorf lokuslarini erta aniqlash bilan bir qatorda asosiy kasallikni avjlanishi va asoratlanish darajasini baholash, bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni oldini olish, davolash rejasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: autoimmun gemolitik anemiya mavjud bemorlarda bemorlarda IL10 (rs s1800872) va IL10 (rs 3024491) genlar polimorfizmidagi o‘zgarishlarining har tomonlama tahlil natijalari asosida kasallik og‘irligi baholanib monand muolajalar olib borish, uni avjlanishini va asoratlanishini, tez yordamga murojat hamda kasalxonaga qayta yotishlar sonini kamayishiga olib keladi. Agar bitta bemorga bir kun kasalxonada davolanish o‘rtacha hisoblaganda 350000 so‘m bo‘lsa, o‘n kunga 3500000 so‘mni, bir yilda 3 marta davolansa ushbu xarajat 10500000 so‘mni tashkil etadi. O‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari har bir bemor hisobiga 3500000-8000000 so‘m tejash imkonini beradi. Autoimmun gemolitik anemiya bilan kasallangan bemorlarda TNF-b (rs 1800629); IL10 (rs 1800872); IL10 (rs 3024491); IL17A (rs 2275913), IL17F (rs 763780) va IL23R (11209026) genlarining polimorf lokuslarining tarqalishini aniqlash va monand davolash ularda nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish imkonini beradi. Usulning samaradorligi quyidagicha hisoblandi: Evr=(D1-D2)×(G+E)×N-0.15×K. Bunda D1- davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2- davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G – bir ishchining kunlik daromadi; E –mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, sum/kun; N –tadbiq etilayotgan yangilik mashtabi (ushbu davolash usulini yiliga tadbiq etilishi kutilayotgan yoki tadbiq etilgan bemor lar soni); 0.15– samaradorlining me’yoriy koeffisenti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi. Evr = (10-8) × (200000+60000) × 80 - 0.15× 500000 = 41525000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra autoimmun gemolitik anemiya aniqlangan bemorlarda IL10 (rs 1800872) va IL10 (rs 3024491) genlarining polimorf lokuslarining tarqalishini kasallik keltirib chiqarishdagi rolini erta aniqlash davo muolajalarini to‘g‘ri olib borishga yordam beradi. Bu esa bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kaytirish orqali iqtisodiy samara beradi. Jaxonov Azizbek Xolmirzayevichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini (14.00.29 – gematologiya va transfuziologiya) olish uchun “Autoimmun gemolitik anemiyaning klinik-laborator va molekulyar-genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2023-yil 23 -noyabr 11-23/84-x sonli xulosasi taqdim etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik:autoimmun jarayonning modifikator genlari TNF-b(rs 1800629), IL17A (rs 2275913), IL17F (rs 763780) va autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kamqonlik aniqlangan bemorlarda TNF-b (rs 1800629), IL17A (rs 2275913), IL17F (rs 763780) modifikator genlarini aniqlanganligi ularda autoimmun gemolitik anemiyani erta aniqlash imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (2023 - yil 25 - oktyabrdagi 12-sonli buyrug‘i bilan), Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limining (2023 - yil 30 - oktyabrdagi 102-T sonli buyrug‘i bilan) va Guliston tibbiyot klasteri gematologiya bo‘limining (2023 - yil 2 - noyabrdagi 122-sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 23 noyabrdagi 11-23/84-x-son xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kamqonlik aniqlangan bemorlarda TNF-b (rs 1800629), IL17A (rs 2275913), IL17F (rs 763780) modifikator genlarini aniqlanganligi ularda autoimmun gemolitik anemiyani erta aniqlash imkonini yaratadi. Bu bemorlarda davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash va uning samaradorligini baholash hamda asoratlarini olidini olish, ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: autoimmun jarayonning modifikator genlari TNF-b(rs 1800629), IL17A (rs 2275913), IL17F (rs 763780) va autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi o‘rtasidagi assotsiativ bog‘liqlikni aniqlash kasallikni tashxislash uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha laborator va asbobiy tekshirish usullarga ehtiyojni kamaytiradi va davolash uchun mablag‘larni tejash imkonini beradi. Bu usul orqali bir bemordan o‘rtacha 5000000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: kamqonlik aniqlangan bemorlarda TNF-b(rs 1800629), IL17A (rs 2275913), IL17F (rs 763780) modifikator genlarini aniqlanganligi ularda autoimmun gemolitik anemiyani erta aniqlash imkonini beradi. Unga asoslangan holda tanlangan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi, kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kaytirish orqali iqtisodiy samara beradi. Jaxonov Azizbek Xolmirzayevichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini (14.00.29 – gematologiya va transfuziologiya) olish uchun “Autoimmun gemolitik anemiyaning klinik-laborator va molekulyar-genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2023-yil 23 -noyabr 11-23/84-x sonli xulosasi taqdim etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: autoimmun gemolitik anemiyaning og‘ir darajasida TNF-α(rs 1800629), IL10 (rs 1800872), IL17A (rs 2275913); IL17F (rs 763780) genlarining polimorf lokuslarining mustaqil xavf ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: autoimmun gemolitik anemiyaning og‘ir kechishining rivojlanishida TNF-b(rs 1800629) va IL10 (rs 1800872) genlari polimorf lokuslarining ishonchli (p˂0.05), IL17A (rs 2275913) va IL17F (rs 763780) genlari polimorf lokuslarining yuqori ishonchli (p˂0.01) mustaqil xavf ta’siri tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (2023 - yil 25 - oktyabrdagi 12-sonli buyrug‘i bilan), Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limining (2023 - yil 30 - oktyabrdagi 102-T sonli buyrug‘i bilan) va Guliston tibbiyot klasteri gematologiya bo‘limining (2023 - yil 2 - noyabrdagi 122-sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 23 noyabrdagi 11-23/84-x-son xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: autoimmun gemolitik anemiya aniqlangan bemorlarda TNF-b(rs 1800629), IL10 (rs 1800872), IL17A (rs 2275913); IL17F (rs 763780) genlarining polimorf lokuslarining erta aniqlash kasallikni kasallikning og‘irlik darajasini, avjlanishi va asoratlanish darajasini baholash va davolash rejasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: autoimmun gemolitik anemiya aniqlangan bemorlarda TNF-b (rs 1800629), IL10 (rs 1800872), IL17A (rs 2275913); IL17F (rs 763780) genlarining polimorf lokuslarining erta aniqlash va monand davolash asoratlar rivojlanishini kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Usulning samaradorligi quyidagicha hisoblandi: Evr = (D1-D2)×(G+E)×N-0.15×K. Bunda D1- davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2 -davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G –bir ishchining kunlik daromadi; E – mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, sum/kun; N –tadbiq etilayotgan yangilik mashtabi (ushbu davolash usulini yiliga tadbiq etilishi kutilayotgan yoki tadbiq etilgan bemor lar soni); 0.15 – samaradorlining me’yoriy koeffisenti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi. Evr = (10-8) × (200000+60000) × 80 - 0.15× 500000 = 41525000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra autoimmun gemolitik anemiya aniqlangan bemorlarda TNF-b(rs 1800629), IL10 (rs 1800872), IL17A (rs 2275913); IL17F (rs 763780) genlarining polimorf lokuslarining erta aniqlash kasallik asoratlarni oldini olishga yordam beradi. Kasallikga monand davo olib borish bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni yil davomida 18000000 so‘mgacha kaytirish orqali iqtisodiy samara beradi. Jaxonov Azizbek Xolmirzayevichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini (14.00.29 – gematologiya va transfuziologiya) olish uchun “Autoimmun gemolitik anemiyaning klinik-laborator va molekulyar-genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2023-yil 23 -noyabr 11-23/84-x sonli xulosasi taqdim etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: autoimmun gemolitik anemiyada klinik, laborator va genetik ko‘rsatkichlarni tahlil asosida autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi va qaytalanishining tashxisiy hamda prognostik mezonlari asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: autoimmun gemolitik anemiya mavjud bemorlarda klinik, laborator va genetik ko‘rsatkichlarni tahlil asosida kasallik rivojlanishi va qaytalanishining tashxisiy hamda prognostik mezonlarini ishlab chiqish kasallikni erta tashxislash, uning avjlanishini sekinlashtirish, kasallik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush asoratlarni oldini olish hamda davolashni muqobillashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (2023 - yil 25 - oktyabrdagi 12-sonli buyrug‘i bilan), Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limining (2023 - yil 30 - oktyabrdagi 102-T sonli buyrug‘i bilan) va Guliston tibbiyot klasteri gematologiya bo‘limining (2023 - yil 2 - noyabrdagi 122-sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023-yil 23 noyabrdagi 11-23/84-x-son xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: autoimmun gemolitik anemiyada klinik, laborator va genetik ko‘rsatkichlarni tahlil asosida autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi va qaytalanishining tashxisiy hamda prognostik mezonlarini ishlab chiqish, kasallikni avjlanishini, asoratlar rivojlanishini oldini olgan, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: autoimmun gemolitik anemiyada klinik, laborator va genetik ko‘rsatkichlarni tahlil asosida autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi va qaytalanishining tashxisiy hamda prognostik mezonlarini ishlab chiqish kasallikni avjlanishini hamda asoratlar rivojlanishini oldini olish, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishi, davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan. Ushbu tadbirlani amalga oshirish uchun tor mutaxasislikka ega bo‘lgan shifokorlarga ehtiyoj yo‘qligi, ortiqcha sarf xarajatlar bilan maxsus tayyorgarlik shart emasligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bunda bir nafar bemor hisobiga o‘rtacha 6000000-8000000 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: autoimmun gemolitik anemiyada klinik, laborator va genetik ko‘rsatkichlarni tahlil asosida autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi va qaytalanishining tashxisiy hamda prognostik mezonlarini ishlab chiqish asosida bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishi, davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 6000000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari iqtisod qilinadi. Jaxonov Azizbek Xolmirzayevichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini (14.00.29 – gematologiya va transfuziologiya) olish uchun “Autoimmun gemolitik anemiyaning klinik-laborator va molekulyar-genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2023-yil 23 -noyabr 11-23/84-x sonli xulosasi taqdim etilgan.