Popenkov Artur Viktorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himosi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “7 yoshdagi ortiqcha vaznli va semizligi bo‘lgan bolalarda yurak qon-tomir tizimdagi buzilishlarining xavf omillari va klinik-funksional markerlari” 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2734.
Ilmiy raxbar: Axmedova Dilorom Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilova Altinoy Tursunbaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning 4 hududida 7 yoshdagi bolalarda ortiqcha vazn va semizlikning rivojlanish chastotasi va omillarini o‘rganilgan xolda 7 yoshdagi ortiqcha vaznli va semizligi bo‘lgan bolalarda yurak qon tomir tizimdagi buzilishlarining xavf omillari va klinik-funksional markerlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
7 yoshli bolalarning antropometrik tekshiruv natijalari asosida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi bolalarda Jizzah, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida yashovchi bolalarga nisbatan, sog‘lom ovqatlanish tartibiga rioya qilinmasligi, jismoniy faolligining kamligi bilan bog‘liq holda ortiqcha vazn va semizligi mavjud bo‘lganlarning ko‘proq uchrashi isbotlangan;
ortiqcha vazni va semizligi bo‘lgan 7 yoshdagi bolalarda jismoniy faollikning kuniga 2 soatdan kamligi (RR=2,38, p<0,05), elektron qurilmalardan kuniga 2 soatdan ko‘proq (RR=2,27, p<0,05) foydalanilganligi, tarkibida shakar mavjud bo‘lgan alkogolsiz ichimliklarni tez-tez iste’mol qilinganligi (RR=2,24, p<0,05), anamnezida go‘daklik davrida sun’iy oziqlantirilganligi (RR=3,27, p<0,05), ko‘krak suti bilan oziqlantirish davomiyligi 6 oydan (RR=2,72, p<0,05) va bir yildan (RR=2,29, p<0,05) kam davom etganligi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
semizlik bilan xastalangan 7 yoshdagi bolalarda yurak-qon tomir tizimi funksional buzilishlarida qorinchalarning erta repolyarizatsiyasi sindromi, yurak o‘tkazuvchanligining nospesifik buzilishlari, yurak variabelligining LF/HF spektral ko‘rsatkichlari nisbati 1,0 dan (1,10±0,04, p<0,01) yuqoriligi, zo‘riqish indeksining 130 sh.b. dan oshishi (170,6±14,4 sh.b., p<0,01) markerlari sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
kompleks ravishda oilada, maktabda va shaxsan bolaning ovqatlanish tarzini o‘zgartirishga qaratilgan dasturning ishlab chiqilishi va tadbiq etilishi 7 yoshli bolalarda ortiqcha vazn va semizlikda yurak-qon tomir tizimining funksional buzilishlarini oldini olish, ularni rivojlantiruvchi omillarni erta aniqlash va bartaraf etishdagi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ortiqcha vaznli va semizligi bo‘lgan 7 yoshli bolalarda yurak-qon tomir tizimining buzilishlarining xavf omillari va klinik-funksional markerlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 7 yoshli bolalarning antropometrik tekshiruv natijalari asosida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi bolalarda Jizzah, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida yashovchi bolalarga nisbatan, sog‘lom ovqatlanish tartibiga rioya qilinmasligi, jismoniy faolligining kamligi bilan bog‘liq holda ortiqcha vazn va semizligi mavjud bo‘lganlarning ko‘proq uchrashi haqidagi natijalar "7 yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va semizlikning xavf omillari" uslubiy tavsiyasiga kiritilgan va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 1 maydagi 03/252-son qarori bilan tasdiqlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024-yil 13-maydagi 40-son va Toshkent viloyati viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024-yil 10-maydagi №ICH-156-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: 7 yoshdagi bolalarda ortiqcha vazn va semizlikning omillarini erta aniqlash ushbu guruhdagi bolalarda yurak-qon tomir tizimining klinik-funksional buzilishlarini rivojlanish xavfini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalarda aniqlangan semizlik xavf omillarini hisobga olgan holda, 846 boladan 44 nafarida semizlik va yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfi aniqlandi, buning natijasida pediatrga tashrif buyurish uchun 100000 so‘m va shifoxonada 1 kun davolash uchun 80000 so‘m, jami 180000 so‘m iqtisod qilindi, shunday qilib, semizligi bo‘lgan 44 nafar bola uchun kuniga 7920000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: Semizlik xavfi va yurak-qon tomir buzilishlarining klinik-funksional belgilarini erta aniqlash natijasida keyingi asoratlar xavfi kamaytirildi hamda har bir bola uchun pediatrga murojaat qilish va shifoxonada bir kunlik davolanish uchun byudjet mablag‘laridan 180000 so‘m tejalgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ortiqcha vazni va semizligi bo‘lgan 7 yoshdagi bolalarda jismoniy faollikning kuniga 2 soatdan kamligi (RR=2,38, p<0,05), elektron qurilmalardan kuniga 2 soatdan ko‘proq (RR=2,27, p<0,05) foydalanilganligi, tarkibida shakar mavjud bo‘lgan alkogolsiz ichimliklarni tez-tez iste’mol qilinganligi (RR=2,24, p<0,05), anamnezida go‘daklik davrida sun’iy oziqlantirilganligi (RR=3,27, p<0,05), ko‘krak suti bilan oziqlantirish davomiyligi 6 oydan (RR=2,72, p<0,05) va bir yildan (RR=2,29, p<0,05) kam davom etganligi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishiga olib kelishi "7 yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va semizlikning xavf omillari" uslubiy tavsiyasiga kiritilgan va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 1 maydagi 03/252-son qarori bilan tasdiqlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024-yil 13-maydagi 40-son va Toshkent viloyati viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024-yil 10-maydagi №ICH-156-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: erta bolalik davrida sun’iy oziqlantirish, ona suti bilan emizish muddati 6 oylik va bir yildan kam bo‘lgan semizlikni omillarini aniqlash, shuningdek, ona suti bilan emizishni rivojlantirishga qaratilgan profilaktika choralari semizlik bilan bog‘liq asoratlarning oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalarda semizlik xavf omillarini aniqlash natijasida 846 nafar boladan 65 tasi sun’iy oziqlantirishda ekanligi aniqlangan. Buning oqibatida sun’iy aralashmalar uchun xarajatlar 36000 so‘mni tashkil etdi. Bir kunda 65 nafar bola uchun jami o‘rtacha 2340000 so‘m xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: erta yoshda semizlikning xavf omillarini aniqlash, kuniga 1 bolaga sun’iy aralashmalarga sarflanadigan 36000 so‘mni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: semizlik bilan xastalangan 7 yoshdagi bolalarda yurak-qon tomir tizimi funksional buzilishlarida qorinchalarning erta repolyarizatsiyasi sindromi, yurak o‘tkazuvchanligining nospesifik buzilishlari, yurak variabelligining LF/HF spektral ko‘rsatkichlari nisbati 1,0 dan (1,10±0,04, p<0,01) yuqoriligi, zo‘riqish indeksining 130 sh.b. dan oshishi (170,6±14,4 sh.b., p<0,01) markerlari sifatida xizmat qilishi "7 yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va semizlikning xavf omillari" uslubiy tavsiyasiga kiritilgan va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 1 maydagi 03/252-son qarori bilan tasdiqlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024-yil 13-maydagi 40-son va Toshkent viloyati viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024-yil 10-maydagi №ICH-156-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ortiqcha vazn va semizligi bo‘lgan bolalarda yurak-qon tomir buzilishlarining belgilarini (LF/HF, IN) erta aniqlash ularning asoratlarini o‘z vaqtida oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bolalarda aniqlangan semizlik xavf omillarini hisobga olgan holda, 120 boladan 24 nafarida semizlik va yurak-qon tomir tizimining funksional buzilishlari aniqlandi. Buning natijasida, pediatrga, bolalar kardiorevmatologiga tashrif buyurish va EKG o‘tkazish uchun 150000 so‘m, shuningdek, shifoxonada 1 kunlik davolanish uchun 80000 so‘m, jami 230000 so‘m tejaldi. Semizlik va yurak-qon tomir tizimining funksional buzilishlari bo‘lgan 24 nafar bola uchun bir kunda 5520000 so‘m mablag‘ tejalgan. Xulosa: ortiqcha vaznli va semizligi bo‘lgan bolalarda yurak qon-tomir kasalliklari markerlarini erta aniqlash pediatr, kardiorevmatologga murojaat qilish, EKG o‘tkazish va 1 bolaga bir kunlik shifoxonada yotish uchun 230000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompleks ravishda oilada, maktabda va shaxsan bolaning ovqatlanish tarzini o‘zgartirishga qaratilgan dasturning ishlab chiqilishi va tadbiq etilishi 7 yoshli bolalarda ortiqcha vazn va semizlikda yurak-qon tomir tizimining funksional buzilishlarini oldini olish, ularni rivojlantiruvchi omillarni erta aniqlash va bartaraf etishdagi samaradorligi natijalari "7 yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va semizlikning xavf omillari" uslubiy tavsiyasiga va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 1 maydagi 03/252-son qarori bilan tasdiqlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024-yil 13-maydagi 40-son va Toshkent viloyati viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024-yil 10-maydagi №ICH-156-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 07.08.2024 yildagi 2-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yurak-qon tomir tizimining funksional buzilishlarining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur bolalarda keyinchalik kuzatiladigan arterial gipertenziya xavfini kamaytirishga, bu esa kasalxonada yotish va dori-darmonlarni tejashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan semizlik xavf omillarini hisobga olgan holda, 120 boladan 12 nafarida semizlik va arterial gipertenziya aniqlandi, buning natijasida pediatr, bolalar kardiorevmatologiga tashrif buyurish va EKG o‘tkazish uchun o‘rtacha 150000 so‘m, shuningdek, shifoxonada 1 kun yotish uchun 80000 so‘m va gipotenziv dori vositalari uchun 1000 so‘m iqtisod qilindi. Shuningdek, asoratlar rivojlanganda nogironlik va bola parvarishi bo‘yicha to‘lovlar kuniga 24000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 1 kun uchun jami to‘lovlar 255000 so‘mni tashkil etgan. Semizlik va yurak-qon tomir tizimi funksional buzilishlari bo‘lgan 12 nafar bola uchun kuniga 3060000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: semizligi bo‘lgan bolalarda xavf va klinik-funksional markerlarni erta aniqlash hamda yurak qon-tomir tizimi buzilishlari va arterial gipertenziyaning oldini olish dasturi yurak qon-tomir tizimi kasalliklaridan kasallanish va nogironlikni kamaytirishga yordam berdi va pediatr, kardiorevmatologga murojaat qilish, EKG o‘tkazish, bir kunlik statsionar davolanish, antigipertenziv dori vositalarini qabul qilish va bola parvarishi uchun to‘lovlarni 255000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.