Mardanov Farxod Narzullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Erlardan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish masalalari”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu496.
Ilmiy rahbar: Safarov Djaxongir Ismailovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Axrorov Baxrom Djabbarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kamalova Dildora G‘ayratovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erlardan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikning jinoyat-huquqiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzishda ifodalanadigan qilmish natijasida ko‘p miqdorda zarar etkazilsa jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligi asoslantirilgan;
sug‘oriladigan erlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha, jumladan er uchastkasining egallab olinganligi to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etish bo‘yicha er egasi, erdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligi asoslantirilgan;
sug‘oriladigan er uchastkalarini qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligi asoslantirilgan;
er uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqidagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini “e-qaror” tizimi orqali qabul qilinishi bunday qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erlardan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzishda ifodalanadigan qilmish uchun jinoiy javobgarlik begilashda ijtimoiy xavfli oqibatga ko‘ra differensiatsiya qilinishi lozimligi, xususan qilmish natijasida ko‘p miqdorda zarar etkazilsagina jinoiy javobgarlik belgilanishi lozim”ligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasining 285-modda (er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish)sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonuniylik va huquqiy-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasining 2023 yil
11 oktyabrdagi 27/2-327-23–son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi qabul qilinishi er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzishda ifodalanadigan qilmishni ma’muriy huquqbuzarlikdan farqlashning aniq belgisini ajratib ko‘rsatishga, shuningdek shaxsni bu turdagi qilmishlar sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishda jinoyat qonunining odillik prinsipining namoyon bo‘lishiga xizmat qilgan;
sug‘oriladigan erlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha, jumladan er uchastkasining egallab olinganligi to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etish bo‘yicha er egasi, erdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligiga oid takliflaridan 2021 yil
16 avgustdagi O‘RQ–708-son Qonunning 2-moddasi birinchi xatboshi birinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1971-modda (sug‘oriladigan erlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik) bilan to‘ldirilishida aks etgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 29 oktyabrdagi 12/21-41-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi sug‘oriladigan erlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashga xizmat qilgan;
sug‘oriladigan er uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda ifodalanadigan qilmish uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligiga oid takliflari 2021 yil 16 avgustdagi O‘RQ–708-son Qonunning 2-moddasi ikkinchi bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2291-modda (er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish)sining ikkinchi qismida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 29 oktyabrdagi 12/21-41-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi sug‘oriladigan er uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda ifodalanadigan qilmish uchun jinoiy javobgarlik belgilanishiga xizmat qilgan;
er uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron – “E-qaror” tizimi orqali amalga oshirilishi er uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanishi lozimligiga oid takliflaridan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan “Er uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti”ni ishlab chiqishda foydalanilgan hamda mazkur Reglamentning 4-bobi, 30-bandida aks etgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 30 noyabrdagi 12/21-48-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron –
“E-qaror” tizimi orqali qaror qabul qilinishi er uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti sifatida belgilanishiga xizmat qilgan.