Ruzimuradov Shuxrat Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi muddati o‘tgan qarzdorliklarni qisqartirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2777
Ilmiy rahbar: Dodiev Fozil O‘tkurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Bobakulov Tulkin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini yangicha uslubiy yondashuv asosida qisqartirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi muddati o‘tgan qarzdorliklar joriy holatiga doir maxsus jadvalga joylashtirilgan axborotlardan foydalangan holda ushbu muammoning ekonometrik modellarini turli (bir yoki bir guruh tanlangan xo‘jalik sub’ektlari bo‘yicha, hududlar bo‘yicha, banklar bo‘yicha va bizni qiziqtirgan boshqa) kesimlarda shakllantirish hamda qarzdorliklarga doir turli ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilishning uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi muddati o‘tgan qarzdorlik aloqalarining zanjirsimon, uzluksiz ketma-ketligining grafikli ko‘rinishini shakllantirish hamda ushbu grafikli ko‘rinishlarni 3 ta guruhga ya’ni, a) har bir xo‘jalik sub’ekti, ushbu grafikdagi boshqa xo‘jalik sub’ektlari bilan bevosita, uzviy bog‘langan; b) xo‘jalik sub’ektlari ketma-ket ravishda bir-birlari bog‘langan  xamda grafikning “boshlang‘ich” va “oxirgi” nuqtalari o‘zaro bog‘lanmagan; v) xo‘jalik sub’ektlari ketma-ket ravishda bir-birlari bog‘langan xamda grafikning “boshlang‘ich” va “oxirgi” nuqtalari o‘zaro bog‘lanmagan grafik ko‘rinishlariga ajratgan holda har bir guruh bo‘yicha qarzdorlik aloqalarining maksimal sonini hisoblashning uslubiy asoslari shakllantirilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi muddati o‘tgan qarzdorlik aloqalarining grafikli ko‘rinishini, qarzdorliklarni qiskartirish mumkin bo‘lgan har bir strelka yo‘nlashi bo‘yicha shuningdek, bir-biriga o‘zaro muqobil bo‘lgan strelka yo‘nalishlarini alohida guruhlarga ajratgan holda, o‘zaro muqobil bo‘lgan strelka yo‘nalishlari bo‘yicha mablag‘larni harakatlantirish navbatini o‘zgarishi hisobiga hosil qilinishi mumkin bo‘lgan kombinatsiyalar sonini aniqlash hamda qarzdorliklarni samarali tarzda imkon qiskartirish mezoni asosida, ular orasidan eng maqbul variantni shakllantirishning uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
yuridik va jismoniy shaxslarning bank plastik  kartalari orqali kirim va chiqim amallari bajarilganida, mablag‘lar harakatining (aylanishining) tartibini belgilab beruvchi sxema ishlab chiqilib, bank plastik kartalari yordamida bajarilgan barcha kirim va chiqim amallarining buxgalteriya hisobini tartibga solinishi orqali bank mijozlari xususan, xo‘jalik cub’ektlariga ham o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qulay va samarali tizim shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi muddati o‘tgan qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida:
mazkur muddati o‘tgan qarzdorliklar joriy holatiga doir maxsus jadvalga joylashtirilgan axborotlarni tahlil qilish asosida, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshi muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjudligini aniqlash hamda ularni bartaraf etish ishlari ishlab chiqilgan tartib va qoidalar asosida amalga oshirilgach, ushbu muammoning ekonometrik modellarini shakllantirish hamda qarzdorliklarga doir ko‘rsatkichlarni turli kesimlarda hisoblash va tahlil qilishning yangi uslubiy asoslari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvining 2024 yil 10 fevradagi 7-sonli qaroriga asosan amaliyotga joriy etilgan (Trastbank xususiy aksiyadorlik bankining 2024 yil 28 fevraldagi 15/01-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tartib qoidalar “Trastbank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki bo‘linmalari hamda ularning mijozlari bo‘lgan turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi muddati o‘tgan qarzdorliklarning joriy holatini o‘z vaqtida tahlil qilib borishga imkoniyat yaratdi;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi muddatida to‘lanmagan qarzdorlik aloqalarining zanjirsimon, uzluksiz ketma-ketligining grafikli ko‘rinishi shakllantirilgach, ushbu grafikli ko‘rinishlarni 3 ta guruhga ajratgan holda har bir guruh bo‘yicha qarzdorlik aloqalarining maksimal sonini hisoblashning takomillashtirilgan metodologik asoslari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvining 2024 yil 10 fevradagi 7-sonli qaroriga muvofiq amaliyotga joriy etilgan (“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining 2024 yil 28 fevraldagi 15/01-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tartib qoidalar “Trastbank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki bo‘linmalarida yuzaga kelgan mazkur muddati o‘tgan qarzdorliklar zanjirsimon ketma-ketligini aniqlash hamda uning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga imkoniyat yaratdi;
mazkur muddati o‘tgan qarzdorliklarning grafikli ko‘rinishini tahlil qilish va strelka yo‘nalishlari bo‘yicha mablag‘larni harakatlantirishning mavjud kombinatsiyalari orasidan eng maqbul variantni tanlash hamda bozor tamoyillariga mos keluvchi usul, iqtisodiy richag va mexanizmlar yordamida ushbu qarzdorliklarni imkon qadar qisqartirishning yangi uslubiy asoslari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvining 2024 yil 10 fevradagi 7-sonli qaroriga asosan amaliyotga joriy etilgan (Trastbank xususiy aksiyadorlik bankining 2024 yil 28 fevraldagi 15/01-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tartib qoidalar “Trastbank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki bo‘linmalarida yuzaga kelgan ushbu muddati o‘tgan qarzdorliklarni imkon qadar qisqartirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni asoslangan holda o‘z vaqtida amalga oshirish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
bank plastik kartalariga mablag‘larning kirim qilinishi hamda ushbu kartalar yordamida chiqim amallari bajarilganida mablag‘lar harakatining  tartibini belgilovchi sxema ishlab chiqilib, bank plastik kartalari yordamida bajarilgan kirim va chiqim amallarining buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 10 apreldagi 14/1-sonli qaroriga asosan tartibga solingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 24 iyuldagi 10/13-28-sonli dalolatnomasi). Bugungi kunda respublikamiz hududida yuridik shaxslarning bank korporativ kartalari va jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari orqali barcha hisob-kitob amaliyotlarini bajarish va ularning hisob-kitobini yuritish ushbu uslubiy ishlanma asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish