Inoyatov Kamoliddin Xusnidinovichning
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Yo‘lovchi vagonining issiqlikdan himoya qiluvchi texnik echimlarini tanlash va asoslash”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4803
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Bahrom Aktamovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Voron Oleg Andreevich– texnika fanlari doktori, dotsent; Tretyakov Aleksandr Vladimirovich – texnika fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi rivojlanish yo‘nalishlarini tanlash va yo‘lovchi vagonlarining issiqlik izolyasiyasini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan texnik echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yo‘lovchi vagonlari kuzovining issiqlik to‘sig‘idagi issiqlik uzatish koeffisientini tajribaviy yo‘l bilan aniqlash uslubiyatini iqlimiy sinov kamerasi yordamida aniqlanadigan penopleksdan ishlangan bir jinsli elementlarning uchta darajalangan koeffisientidan foydalanilganligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
yo‘lovchi vagoni kuzovining issiqlik to‘sig‘i uchun yangi konstruktiv echimlarni asoslangan holda tanlash imkonini beruvchi vagon ichki va tashqi havo haroratini termodatchiklar orqali uzlyuksiz o‘lchash bilan quyosh radiatsiyasining yo‘lovchi vagon iqlimiga ta’siri aniqlangan;
kuzovning turli issiqlik izolyasiya materiallarini tajribaviy tadqiq etish imkonini beradigan qopqoq ko‘rinishidagi uchta darajalangan almashinuvchi elementlarni qo‘llagan holda yo‘lovchi vagonlari kuzovining issiqlik to‘sig‘idagi issiqlik uzatish koeffisientini aniqlash uskunasi takomillashtirilgan;
yo‘lovchi vagoni konstruksiyasini takomillashtirish maqsadida kuzovning issiqlik to‘sig‘i qalinligini kamaytirish hamda vagonlarning ichki foydali hajmini oshirish imkonini beradigan zamonaviy materiallarini qo‘llash asosida yo‘lovchi vagon kuzovining konstruksiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Yo‘lovchi vagoni kuzovining issiqlik to‘sig‘i konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
yo‘lovchi vagonlari kuzovi issiqlik to‘sig‘idagi issiqlik uzatish koeffisientini tajriba yo‘li bilan aniqlash maqsadida yo‘lovchi vagoni kuzovi issiqlik uzatish koeffisientining o‘rtacha hisobiy qiymatini aniqlashning  ishlab chiqilgan uslubiyati va dasturi hamda yo‘lovchi vagonlari kuzovining issiqlik to‘sig‘idagi issiqlik uzatish koeffisientini aniqlovchi takomillashtirilgan uskuna “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 19 iyuldagi 4/6543 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan uskuna, kuzovning turli issiqlik izolyasiya materiallarini tajribaviy tadqiq etish imkonini beradigan qopqoq ko‘rinishidagi uchta darajalangan almashinuvchi elementlarni qo‘llagan holda yo‘lovchi vagonlari kuzovining issiqlik to‘sig‘idagi issiqlik uzatish koeffisientini o‘lchash aniqligini oshirish imkonini bergan.
yo‘lovchi vagoni kuzovining issiqlik to‘sig‘iga oid ishlab chiqilgan texnik echimlar “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 19 iyuldagi 4/6543 – sonli ma’lumotnomasi), poezdlar qatnovi xavfsizligini qat’iy ta’minlash sharoitida belgilangan vagonlarni ishlab chiqarishda ularning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish imkonini beradi; tanlangan issiqlik izolyasiya materiallarining tatbiq qilinishi kuzov devorlari qalinligini taxminan 20% ga kamaytirish, kuzovning foydali hajmini oshirish, vagonni sovitish yoki isitishga sarflanadigan elektr energiyasini tejash, vagonlarni qurishda yoki kapital ta’mirlashda xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Natijada, ilmiy-tadqiqot ishini joriy etish hisobiga erishiladigan iqtisodiy samaradorlik 328 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish