Jumanazarova Marjona Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida oxirgi zaruratning nazariy va amaliy jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu645.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Qumriniso Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Turg‘unboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oxirgi zaruratning nazariy va amaliy jihatlarini baholash orqali jinoyat qonunchiligini isloh qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
patronni o‘qdonga yuborishga faqat qurolni qo‘llash zarurati bo‘lganda yoxud zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i hamda mol-mulkini, shuningdek yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish uchun ruxsat etilishi lozimligi asoslantirilgan;
fuqaroviy va xizmat qurolini saqlash hamda olib yurish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida o‘z hayoti va sog‘lig‘ini, boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini hamda mol-mulkni himoya qilish uchun qurolni qo‘llashi mumkinligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari qo‘riqlaydigan shaxslarning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan, sodir etilish paytida o‘limga va (yoki) tan jarohatlari etkazilishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan hujumdan yoxud shunday hujum tahdididan himoya qilishda, shuningdek qo‘riqlanadigan shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining yoki fuqarolarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun sovuq yoki o‘qotar qurolni oxirgi chora sifatida qo‘llashi mumkinligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek, kasb faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar etkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida oxirgi zaruratning nazariy va amaliy jihatlari mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
patronni o‘qdonga yuborishga faqat qurolni qo‘llash zarurati bo‘lganda yoxud zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i hamda mol-mulkini, shuningdek yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish uchun ruxsat etilishi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi O‘RQ–550-son “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi 4-qismi shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 30-yanvardagi 5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi qurolni qo‘llashga doir sabab va maqsadlarni ifodalovchi ko‘rsatmalarning aniq o‘rnatilishiga xizmat qilgan;
fuqaroviy va xizmat qurolini saqlash hamda olib yurish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida o‘z hayoti va sog‘lig‘ini, boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini hamda mol-mulkni himoya qilish uchun qurolni qo‘llashi mumkinligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi O‘RQ–550-son “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasi 1-qismini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 30-yanvardagi 5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ayrim toifadagi qurollar bilan qonuniy muomalaga kirishish huquqi mavjud jismoniy shaxslarning oxirgi zarurat holatida himoya vositasi sifatida qurolni ishga tushirishga oid huquqlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari qo‘riqlanadigan shaxslarni ularning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan, sodir etilish paytida o‘limga va (yoki) tan jarohatlari etkazilishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan hujumdan yoxud shunday hujum tahdididan himoya qilishda, shuningdek qo‘riqlanadigan shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining yoki fuqarolarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun sovuq va o‘qotar qurolni oxirgi chora sifatida qo‘llashi mumkinligi to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 6-iyuldagi O‘RQ–700-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasi tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 30-yanvardagi 5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi oxirgi zaruratning xavfga javob berish chora-tadbirlari bilan aloqadagi me’yorlarining aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
xodim xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek, kasb faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar etkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ–5089-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 111-bandini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining 2022-yil 2-noyabrdagi 1-5/3-24-9-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmat vaqtida zarar etkazishi hollarida javobgarligi masalalarini aniqlashtirishda hamda qonuniylik prinsipiga rioya etilishiga xizmat qilgan.