Kalniyazova Inobatxon Bayramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilador ayollar orasida OIV-infeksiyasi tarqalishining epidemiologik tavsifi va profilaktikasini takomillashtirish yo‘llari», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD/Tib2931.
Ilmiy rahbar: Raxmanova Jamila Amanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori; Bazarova Gulnora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollar orasida OIV-infeksiyasi tarqalishining epidemiologik tavsifi va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollar orasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishining epidemik holatini  baholashda xavfli hududlar mavjudligi asoslangan;
homilador ayollar orasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik yashash joyi, ma’lumoti, yuqish yo‘lini tahlilda yangi tashxislangan bemorlarda 30-34 yoshdagi qishloq joylarda yashovchi ishsiz ayollarni tashkil qilganligi xastalik tarqalishining konsentrlangan bosqichga o‘tish ehtimolini ko‘rsatishi isbotlangan;
OIV-musbat va OIV-manfiy bo‘lgan respondentlarning orasidagi tahlilda OIV-manfiy respondentlarda xastalikning yuqish yo‘llari borasidagi savodxonlik darajasining pastligi hisobiga xastalikning yuqish xavfining yuqoriligi isbotlangan;
homilador ayollar orasida odamning immunitet tanqisligi virusining keltirib chiqaradigan kasallik serodiskordant juftliklar orasida seronegativ ayollar darajasining yuqoriligi hamda ushbu ayollar uchun nisbiy yuqtirish xavfi qayd etilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollar orasida OIV-infeksiyasi tarqalishining epidemiologik tavsifi va profilaktikasini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollar orasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishining epidemik holatini  baholashda xavfli hududlar mavjudligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy Kengashi tomonidan 2022-yil 26-oktyabrda 19-son bilan tasdiqlangan «Homilador ayollarda OIV-infeksiyasi profilaktikasiga zamonaviy yondoshuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazining 28.12.2022-yildagi 223R-son va 18.01.2023-yildagi 11R-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 05.12.2023-yildagi 68-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8-iyuldagi 02/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV-infeksiyasi kasallanish holatlarini avj olish bilan ko‘tarilishini oldini olish xastaliklikning yuqish yo‘llariga qarab profilaktik chora-tadbirlarini maqsadli o‘tkazish natijasida profilaktikasining yuqori samaradorligini ta’minlashga va bu xastalikning homilador ayollar orasida tarqalishining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: OIV-infeksiyaning kasallikning yuqish yo‘llariga qarab profilaktik choralarini maqsadli o‘tkazib shu orqali tumanlar kesimida infeksiyasining epidemik avj olishini oldindan bashoratlash har bir bemorni retrovirusga qarshi davolashga sarflanadigan 31392000 so‘m byudjet mablag‘lari  iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: homilador ayollar orasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik yashash joyi, ma’lumoti, yuqish yo‘lini tahlilda yangi tashxislangan bemorlarda 30-34 yoshdagi to‘liq bo‘lmagan o‘rta ma’lumotli qishloq joylarda yashovchi ishsiz ayollarni tashkil qilganligi xastalik tarqalishining konsentrlangan bosqichga o‘tish ehtimolini ko‘rsatishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy Kengashi tomonidan 2022-yil 26-oktyabrda 19-son bilan tasdiqlangan «Homilador ayollarda OIV-infeksiyasi profilaktikasiga zamonaviy yondoshuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazining 28.12.2022-yildagi 223R-son va 18.01.2023-yildagi 11R-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 05.12.2023-yildagi 68-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8-iyuldagi 02/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV-infeksiyasi kasallanish holatlarini avj olish bilan ko‘tarilishini oldini olish xastaliklikning yuqish yo‘llariga qarab profilaktik chora-tadbirlarini maqsadli o‘tkazish natijasida profilaktikasining yuqori samaradorligini ta’minlashga va bu xastalikning homilador ayollar orasida tarqalishining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: OIV-infeksiyasi bilan xastalangan har bir homilador ayolga retrovirusga qarshi davolashga sarflanadigan 5022720 so‘m va  har bir yangi tug‘ilgan chaqaloqni retrovirusga qarshi profilaktika maqsadida beriladigan sharbatlar uchun 83838 so‘m sarflanadigan byudjet mablag‘lari homilador ayollar orasida OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: OIV-musbat va OIV-manfiy bo‘lgan respondentlarning orasidagi tahlilda OIV-manfiy respondentlarda xastalikning yuqish yo‘llari borasidagi savodxonlik darajasining pastligi hisobiga xastalikni yuqtirish xavfining yuqoriligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy Kengashi tomonidan 2022-yil 26-oktyabrda 19-son bilan tasdiqlangan «Homilador ayollarda OIV-infeksiyasi profilaktikasiga zamonaviy yondoshuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazining 28.12.2022-yildagi 223R-son va 18.01.2023-yildagi 11R-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 05.12.2023-yildagi 68-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8-iyuldagi 02/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV-infeksiyasining kasallanish holatlarini avj olish bilan ko‘tarilishini oldini olish kasallikning yuqish yo‘llariga qarab profilaktik chora-tadbirlarini maqsadli o‘tkazish natijasida profilaktikasining yuqori samaradorligini ta’minlashga va bu kasallikning homilador ayollarda tarqalishining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: OIV-infeksiyasi bilan xastalangan har bir homilador ayolga retrovirusga qarshi davolashga sarflanadigan 5022720 so‘m va  har bir yangi tug‘ilgan chaqaloqni retrovirusga qarshi profilaktika maqsadida beriladigan sharbatlar uchun 83838 so‘m sarflanadigan byudjet mablag‘lari homilador ayollar orasida OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homilador ayollar orasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik serodiskordant juftliklar orasida seronegativ ayollar darajasining yuqoriligi hamda ushbu ayollar uchun nisbiy yuqtirish xavfi qayd etilganligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy Kengashi tomonidan 2022-yil 29-iyun` 16-son bilan tasdiqlangan «Epidemiologicheskaya xarakteristika zabolevaemosti VICh-infeksii sredi beremennix jenshhin i puti sovershenstvovaniya eyo profilaktiki» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazining 28.12.2022-yildagi 223R-son va 18.01.2023-yildagi 11R-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 05.12.2023-yildagi 68-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8-iyuldagi 02/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV-infeksiyasining kasallanish holatlarini avj olish bilan ko‘tarilishini oldini olish kasallikning yuqish yo‘llariga qarab profilaktik chora-tadbirlarini maqsadli o‘tkazish natijasida profilaktikasining yuqori samaradorligini ta’minlashga va bu kasallikning homilador ayollarda tarqalishining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: OIV-infeksiyasi bilan xastalangan har bir homilador ayolga retrovirusga qarshi davolashga sarflanadigan 5022720 so‘m va  har bir yangi tug‘ilgan chaqaloqni retrovirusga qarshi profilaktika maqsadida beriladigan sharbatlar uchun 83838 so‘m sarflanadigan byudjet mablag‘lari homilador ayollar orasida OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish