Dustov Begnazar Sayfulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy Zarafshon tizmasi suv havzalari algoflorasi va uning ahamiyati», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B596.
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Yigitali Shavkatillavich , biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor; Buriev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy Zarafshon tizmasi suv havzalari algoflorasini inventarizatsiyalash hamda taksonomik, floristik va ekologik xususiyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor G‘arbiy Zarafshon tizmasi turli tipdagi suv havzalari algoflorasi tarkibida 5 bo‘lim, 11 sinf, 37 tartib, 57 oila, 97 turkumga mansub sianobakteriyalarning 39 va suvo‘tlarining 178 turi aniqlangan;
algofloraning yetakchi taksonlari, taksonomik spektri va strukturaviy xususiyatlarini tahlil qilish orqali har bir suv havzalari algofloralarining shakllanish tendensiyasi ochib berilgan;
suvo‘tlarning ekologik xususiyatlarini tahlil qilish orqali suv havzalarining ekologik holati baholangan;
algoflora tarkibidagi indikator-saprob turlarni mavsumiy uchrashi va tarqalishiga bog‘liq holda suv havzalarining ekologiya-sanitariya holatini monitoring qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘arbiy Zarafshon tizmasi suv havzalari algoflorasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
algofloraning notekis taqsimlanishi bir qator ekologik omillarga bog‘liqligi hamda bu suvo‘tlarning turlar tarkibi, tarqalish va uchrash darajasi bevosita ta’siri etishi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqand viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 23 fevraldagi 03-03/3-1911-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv havzalari suvi vodorod ionlari miqdori – pH ko‘rsatkichlarini hamda suvning sho‘rlanish darajalari aniqlash, mavsumiy kuzatib borish hamda monitoring qilish imkonini bergan;
suv havzalari algoflorasi tarkibidagi indikator-saprob turlarning tarkibi, suv havzalari bo‘ylab tarqalishi va uchrash darajalari o‘rganishga bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqand viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 23 fevraldagi 03-03/3-1911-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy suv havzalarining organik moddalar bilan ifloslanish darajasini belgilash, ifloslovchi manbalarini aniqlash hamda nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish