Normurodov Azizbek Anarqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qizilolmasoy oltin saqlovchi ma’danlari tarkibiy qismini o‘rganish va undan foydali komponentlarni ajratib olish texnologiyasini tadqiq qilish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T2809.
Ilmiy rahbar: Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ulug‘bek Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor; Xujaqulov Nurmurod Botirovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilolmasoy oltin saqlovchi ma’danlari tarkibiy qismini aniqlash va undan foydali komponentlarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qizilolmasoy ma’danli maydonining Shimoli-G‘arbiy hududi ma’danining moddiy tarkibini tadqiq qilish natijasida mis eritish zavodi uchun oltin saqlovchi kvarsli flyus xomashyosi sifatida foydalanilishi aniqlangan;
ma’danni gravitatsiya usulida boyitishning eng maqbuli Knelson konsentratorida boyitish ekanligi va yuqori samaradorlikka erishishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
ma’danni flotatsiya usulida boyitish natijalari asosida BKK reagenti o‘rniga BK-305 reagentini qo‘llab yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi aniqlangan;
Qizilolmasoy ma’danli maydonining Shimoli-G‘arbiy hududi oltin saqlovchi ma’danlaridan oltin va kumushni ajratib olish uchun gravitatsiya va flotatsiya usullarini birgalikda qo‘llab qayta ishlashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilolmasoy oltin saqlovchi ma’danlari tarkibiy qismini tadqiq qilish va undan foydali komponentlarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qizilolmasoy ma’danli maydonining Shimoli-G‘arbiy hududi oltin saqlovchi ma’danlarini kombinatsiyalashgan boyitish usullarini qo‘llab qayta ishlashning optimal texnologiyasi “Olmaliq KMK” Ajda amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 4 yanvardagi SL-006/1-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, oltinning boyitmaga ajralish ko‘rsatkichini 93,72%ga va kumushnikini 91,59%ga etkazish imkonini bergan;
Qizilolmasoy ma’danli maydonining Shimoli-G‘arbiy hududi oltin saqlovchi ma’danlarini mis eritish zavodida oltin saqlovchi kvarsli flyus xomashyosi sifatida foydalanish uchun “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 4 yanvardagi SL-006/1-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, ushbu ma’danning 86,3% qismi “konverterniy” va 12,6% qismi “otrajatel`niy” sinfiga muvofiq 1-navli xomashyo sifatida foydalanish imkonini bergan.