Xodjaeva Aziza Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston va FAOning xalqaro huquqiy hamkorlik masalalari”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1259.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Gavherjon, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori, professor; Mirhamidova Mohinora Nurullaevna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Inson huquqlari bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti FAO va O‘zbekiston respublikasi bilan o‘zaro hamkorligi, ushbu jarayondagi mavjud bo‘lgan muammo va huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash, shuningdek xalqaro hamkorlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.    
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respubikasi qonunchiligida organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish organik muvofiqlik sertifikati ariza beruvchiga taqdim etilgunga qadar hamda sertifikat berilgandan keyin rejali va rejadan tashqari tartibda amalga oshirilishi asoslantirilgan;
xalqaro standartlar va xorijiy davlatlar tajribasi asosida respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bir qismini qoplab berish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalar uchun subsidiya huquqidan foydalanish tartibi asoslantirilgan;
xalqaro standartlar va xorijiy davlatlar tajribasi asosida organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga nisbatan talablardan biri sifatida inson sog‘lig‘iga, o‘simliklarga va hayvonlarga zarar etkazmaydigan, atrof-muhit ifloslanishini oldini oladigan yoki uning oqibatlarini bartaraf etadigan texnologiyalardan foydalanish shartligi asoslab berilgan;
organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvlar tomonidan organik mahsulotlarni tamg‘alashda “organic” (organik), “biologic” (biologik), “ekologic” (ekologik), “natural” (tabiiy) degan so‘zlardan va ularning qisqartmalaridan yoki ushbu so‘zlardan hosil qilingan so‘zlardan alohida tarzda yoxud organik mahsulotlarning nomiga qo‘shib foydalanish mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish organik muvofiqlik sertifikati ariza beruvchiga taqdim etilgunga qadar hamda sertifikat berilgandan keyin rejali va rejadan tashqari tartibda amalga oshirilishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 90-son qarori bilan tasdiqlangan “Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 20-bandini shakillantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik taʻminlash boshqarmasining 2021-yil 17-maydagi 12/21-son dalolatnomasi). Mazkur taklif O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
xalqaro standartlar va xorijiy davlatlar tajribasi asosida respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bir qismini qoplab berish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalar uchun subsidiya berish haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori bilan tasdiqlangan “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 5-bandini shakillantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʻminlash boshqarmasining 2021-yil 17-maydagi 12/21-son dalolatnomasi). Mazkur berilgan taklif oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʻminlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standartlarga loyihalar uchun subsidiya ajratish mexanizmlarini joriy qilishga xizmat qilgan;
organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga nisbatan talablardan biri sifatida inson sog‘lig‘iga, o‘simliklarga va hayvonlarga zarar etkazmaydigan, atrof-muhit ifloslanishining oldini oladigan yoki uning oqibatlarini bartaraf etadigan texnologiyalardan foydalanish shartligi bilan bog‘liq taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 25-apreldagi “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiysga qarshi kurashish qoo‘mitasining 2022-yil 16-maydagi 06-13/5-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga nisbatan talablarni shakllantirishga xizmat qilgan;
organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvlar tomonidan organik mahsulotlarni tamg‘alashda “organic” (organik), “biologic” (biologik), “ekologic” (ekologik), “natural” (tabiiy) degan so‘zlardan va ularning qisqartmalaridan yoki ushbu so‘zlardan hosil qilingan so‘zlardan alohida tarzda yoxud organik mahsulotlarning nomiga qo‘shib foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 25-apreldagi “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 23-moddasi uchinchi qismining birinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiysga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 16-maydagi 06-13/5-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvlar tomonidan organik mahsulotlarni tamg‘alashda rioya etiladigan qoidalarning aniq belgilanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish