Norqulov Behzod Eshmirzaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zani engil yuviluvchan daryolarda oqimning beqaror xarakatini hisoblash usullarini ilmiy va eksperimental takomillashtirish”, 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T576
Ilmiy maslaxatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bazarov Dilshod Raimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, katta ilmiy xodimi, t.f.d. professor, Xo‘jaev Ismatulla Qushaevich (05.09.07), Irrigatsiya va suv muammolari instituti, katta ilmiy xodimi, t.f.d., professor Maxmudov Ernazar Jumaevich (05.09.07), Qarshi muxandislik va iqtisodiyot instituti, “Gidravlika va gidrotexnika inshootlari” kafedrasi mudiri, t.f.d. professor Eshev Sobir Samatovich (05.09.07).
Yetakchi tashkilot - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zani engil yuviluvchan daryolarda oqimning beqaror xarakatini hisoblash usullarini nazariy va eksperimental takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ikki o‘lchamli differensial tenglamalar asosida suv oqimi xarakatini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqish orqali to‘g‘onsiz suv olish inshootiga suv olishni yaxshilash usullari takomillashtirilgan;
nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida to‘g‘onsiz suv oluvchi kanaliga cho‘kindilar kirishini kamaytirishni gidravlik sxemalarini asoslash orqali oqimni yo‘naltiruvchi pioner xandakni yangi konstruktiv elementlari taklif etilgan;
o‘zani engil yuviluvchan daryolardan to‘g‘onsiz suv olishda oqimning beqaror xarakatini hisoblash usullari takomillashtirish orqali loyqa oqiziqlarning taqsimlanishi va yo‘nalishini bashorat qilish dasturi yaratilgan;
to‘g‘onsiz suv olish kanaliga oqimni yo‘naltiruvchi inshootlarni joylashish o‘rnini gidravlik sxemalari sonli tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan;
to‘g‘onsiz suv olish inshootining pastki b’efida oqim tezliklarining taqsimlanishini va yo‘nalishini bashorat qilish dasturi orqali o‘zan jarayonlarini  bashorat qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
gidravlik va dala tadqiqotlari asosida kam suvli davrlarda daryodan to‘g‘onsiz suv olish sohasida oqimning daryo tubining shakli va o‘zan jarayonlari bilan bog‘liklari  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘g‘onsiz suv olishda o‘zan jarayonlari jadalligini baholash va inshootning ekspluatatsion sharoitini yaxshilashda ilmiy va eksperimental takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
to‘g‘onsiz suv olish hududida suv oqimining harakatini ifodalovchi ikki o‘lchamli takomillashtirilgan matematik modeli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Karshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 03/37-2603 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv oqimi va o‘zan tubi oqiziqlari orasidagi bog‘lanish qonuniyatlari va to‘g‘onsiz suv olish inshooti sohasida o‘zandagi jarayonlar xarakterini aniqlash imkoni yaratilgan.
suv olish kanaliga oqimni yo‘naltiruvchi pioner xandaqning konstruktiv elementlari kanalga cho‘kindilarning kirishini inobatga olgan gidravlik sxemalari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Karshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 03/37-2603 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘g‘onsiz suv olishda o‘zan jarayonlari o‘zgarishini oldi olingan va oqimni suv olish kanaliga yo‘naltirish orqali eksplutatsion samaradorlikni 12 foizga yaxshilash imkoni yaratilgan.
daryodan to‘g‘onsiz suv olish inshooti sohasida vaqtga bog‘liq ravishda oqim tezliklarini yuza maydon bo‘yicha taqsimlanishini va oqimning loyqaligini o‘zgarishini inobatga olgan holda oqim yo‘nalishini bashorat qilish dasturi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Karshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 03/37-2603 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan dastur yordamida oqim tezliklarining yuza maydon bo‘yicha taqsimlanishi va loyqa oqiziqlar yo‘nalishingi bashorat qilish, daryodan to‘g‘onsiz suv olishda inshoot ish rejimining ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan o‘zan jarayonlarini oldini olish imkoniyati yaratilgan.
sonli tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan gidravlik sxemalari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 03/37-2603 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada gidravlik sxemalarini qo‘llash asosida o‘zanni tozalash ishlari samaradorligi ortib, yilning suv kam bo‘lgan davrlarida oqimni suv olish kanaliga yo‘naltirish imkoniyati yaratildi.
gidravlik va dala tadqiqotlari asosida kam suvli davrlarda daryodan to‘g‘onsiz suv olish sohasida oqimning daryo tubining shakli va o‘zan jarayonlari bilan bog‘liklari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Karshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 03/37-2603 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada kafolatni suv olishni ta’minlash uchun suv olish joyiga eng yaxshi oqim yondashuvini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish