Urunova Shaxlo Rafikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.         Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Robototexnika yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini oshirishda terminologik leksikani o‘qitish metodikasini takomillashtirish (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3663.
Ilmiy rahbar: Xashimova Dildarxan Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xolyorov Bunyod Husanovich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi robototexnika yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini  oshirishda terminologik leksikani o‘qitish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi:
talabalarga Word map, Fraer model, Word puzzles, Scavenger hunt, Technical description innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida samarali mashqlar tizimini nutqiy ko‘nikmalar integratsiyasiga ko‘ra shakllantirish orqali kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilida sohaga oid maxsus, ilmiy  va akadem terminologik leksikani o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
talabalarda kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilida leksik ko‘nikmani rivojlantirishni ta’minlash asosida robototexnika sohasi terminlarining tipologiyasi semantik, sintaktik, morfologik jihatdan tuzilgan va sohaga oid kasbiy terminologik minimum tanlashda statistik, metodik hamda lingvistik mezonlar ishlab chiqilgan;
talabalarga terminologik leksikani tanishtirish, semantizatsiya qilish, mustahkamlash va kommunikativ nutqda qo‘llash orqali kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan autentik materiallar hamda texnik kontekst bo‘yicha terminlarning farqli xususiyatlari orqali aniqlashtirilib o‘quv modeli ishlab chiqilgan;
robototexnika sohasiga doir leksika yuzasidan bir komponentli termin, ikki komponentli termin, ot+ot, sifat+ot tuzilishdagi terminologik birikmalar, komponentlari ikkisi ham umum iste’moldagi leksikaga tegishli bo‘lgan terminologik birikmalar aniqlashtirilib, kasbiy vaziyatlarni ifodalovchi maxsus (nutqiy) ko‘nikmalar majmuyi hamda til materiallari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari robototexnika sohasi mutaxassislarida kasbiy kompetentlikni oshirishda terminologik leksikani o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
talabalarga innovatsion pedagogik texnologiyalar Word map, Fraer model, Word puzzles, Scavenger hunt, Technical description yordamida samarali mashqlar tizimini nutqiy ko‘nikmalar integratsiyasi asosida shakllantirish orqali kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilida terminologik leksikani o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar “Robototexnika sohasi uchun ingliz tili (ingliz tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-289 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv dasturining tarkibiy qismlaridan biri – robototexnikaga yo‘naltirilgan sohaviy mavzularning xususiyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
talabalarda kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilida leksik ko‘nikmalarni ta’minlash asosida robototexnika sohasi terminlarining tipologiyasi tuzilgan va terminologik minimum tanlashda statistik, metodik va lingvistik mezonlar ishlab chiqishga oid takliflar “STEAM” SUZ 800-14-GR-102 raqamli “Talabalar uchun ingliz tili: fan, texnologiya, muhandislik va matematika” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Andijon davlat chet tillari institutining 2023- yil 17-martdagi 40/01-216-son ma’lumotnomasi). Natijada, robototexnika ta’lim yo‘nalishida terminlar tipologiyasi semantik, sintaktik, morfologik jihatdan tuzilgan va ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyati  yaratilgan;
talabalarga terminologik leksikani o‘qitish orqali kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan autentik materiallar hamda texnik kontekst bo‘yicha terminlarning farqli xususiyati qiyosiy tahlil va taqqoslash orqali aniqlashtirilib, o‘quv modelini ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalar Erasmus+ dasturining “O‘zbekistonda mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishini zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion g‘oyalar asosida modernizatsiya qilish” (609564 2019 1-EL-EPPKA2-CBHE) loyihasi doirasida foydalanilgan (Andijon mashinasozlik institutining 2023-yil 3-martdagi 38-05/1-454-son ma’lumotnomasi). Natijada robototexnika ta’lim yo‘nalishi talabalarining terminologik leksikani tanishtirish, semantizatsiya qilish, mustahkamlash va kommunikativ nutqda qo‘llash orqali  kasbiy kompetentligini oshirishga erishilgan;
robototexnika sohasiga doir leksika yuzasidan bir komponentli termin, ikki komponentli termin,  ot+ot tuzilishdagi birikmalar, sifat+ot tuzilishdagi birikmalar, komponentlari ikkisi ham umum iste’moldagi leksikaga tegishli bo‘lgan terminologik birikmalar aniqlashtirilgan  va kasbiy vaziyatlarni ifodalovchi maxsus (nutqiy) ko‘nikmalar majmuyi hamda til materiallaridan  O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM-“Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlasda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali 2023-yil 19-sentyabrdagi O‘z/k-04-36-1412-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga terminologik leksikani o‘qitishni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar  hamda robototexnika ta’limi yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini oshirishda terminologik leksikaning o‘rni va ahamiyati kabi ma’lumotlar ommalashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish