Satvaldieva Yulduzxon Xatamjan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sanoat namunalarini huquqiy tartibga solinishi” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu390.
Ilmiy rahbar: Oqyulov Omanbay, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Babakulov Zafar Qurbonazarovich, yuridik fanlar doktori (DSc), professor; Bozorov Sardor Sohibjonovish, yuridik fanlar doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat namunalarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik echimi sanoat namunalari jumlasiga kirishi, buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, xususan qismlardan iborat bo‘lgan buyum, buyumni yig‘ish uchun mo‘ljallangan mustaqil komponentlar tushunilishi asoslantirilgan;
agar sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan ob’ekt yangi va original (o‘ziga xos) bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinishi, sanoat namunasining tasvirida aks ettirilgan muhim alomatlari va (yoki) ularning kombinatsiyasi majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan ayon bo‘lmasa, u yangi deb e’tirof etilishi asoslantirilgan;
sanoat mulk huquqini buzganlik uchun javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish va jarima pulini undirish mexanizmini joriy qilish asoslantirilgan;
intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlar muddatli ekanligi asoslanadi (oshkor etilmagan ma’lumotlarga, firma nomiga, taniqli tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar bundan mustasno) va shuning uchun ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishda sudlar huquqiy himoya muddati tugagan yoki tugamaganligini inobatga olishlari zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik echimi sanoat namunalari jumlasiga kirishi, buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, xususan qismlardan iborat bo‘lgan buyum, buyumni yig‘ish uchun mo‘ljallangan mustaqil komponentlar tushunilishi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2024-yil 11-yanvardagi 3190-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomanituzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari” Qoidalarning 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va rivojlantirish boshqarmasining 2024-yil 27 avgustdagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi sanoat namunasining sanoat mulki ob’ekti sifatidagi mohiyatini to‘g‘ri aniqlashga xizmat qilgan;
agar sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan ob’ekt yangi va original (o‘ziga xos) bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinishi, sanoat namunasining tasvirida aks ettirilgan muhim alomatlari va (yoki) ularning kombinatsiyasi majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan ayon bo‘lmasa, u yangi deb e’tirof etilishi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2024-yil 11-yanvardagi 3190-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomanituzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari” Qoidalarning 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va rivojlantirish boshqarmasining 2024-yil 27 avgustdagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirish sanoat namunasining huquqiy himoya olishi uchun zarur bo‘lgan mezonlarni aniqlashga xizmat qiladi;
sanoat mulk huquqini buzganlik uchun javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish va jarima pulini undirish mexanizmini joriy qilish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030 strategiyasining Qonun ustuvorligini taminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Ro‘yxatidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishga oid taklifni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 26 avgustdagi 27/2-224-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga tatbiq qilinishi ro‘yxatga olingan intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun jazo choralarini yanada kuchaytirgan;
intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlar muddatli ekanligi asoslanadi (oshkor etilmagan ma’lumotlarga, firma nomiga, taniqli tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar bundan mustasno) va shuning uchun ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishda sudlar huquqiy himoya muddati tugagan yoki tugamaganligini inobatga olishlari zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan 2023-yil 23-iyundagi “intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 19-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorining 14-punktini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 20-maydagi 08/441-24-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga va ularning amal qilish muddati tugaganidan keyin mutlaq huquqlar buzilishining oldini olishga xizmat qilgan.