Abduganieva Nasiba Azizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Indoneziya sehrli ertaklari poetikasi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4107.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Timur Asqadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyamuxamedov Jasur Tashpulatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Turdimov Shomirza Ganievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Indonez sehrli ertaklarining poetik tizimi, uning tipologik va milliy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan Indoneziya folklorining qiyosiy-tipologik baholash natijasida syujet rivojlanishi va qahramonlar harakatidagi rang-baranglik aniqlanganligi dalillangan;
indonez sehrli ertagi poetikasining tipologik xususiyatlari sifatida bir qator motiv (motiv-vaziyat; motiv-nutq; motiv-harakat; motiv-ko‘chirish, motiv-tavsif)larni o‘z ichiga olgan syujet tuzilishining o‘ziga xosligi asoslangan;
indonez sehrli ertaklarining tasviriy vositalari ertak yaratuvchilarning milliy madaniyati, turmush tarzi va an’analari bilan chambarchas bog‘liqligi, bu esa Nusantara (Indoneziya) xalqlari sehrli ertaklarining milliy o‘ziga xosligini belgilashi isbotlangan;
an’anaviy badiiy tasviriy vositalar hamda indonez sehrli ertagining badiiy tasvir tizimining stereotiplanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Indoneziya sehrli ertaklari poetikasi, ularning tipologik va milliy xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
milliy o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan Indoneziya folklorining qiyosiy-tipologik baholash natijasida syujet rivojlanishi va qahramonlar harakatidagi rang-baranglik aniqlanganligi dalillanganligi yuzasidan takliflar “Buyuk Ipak yo‘li mintaqasi xalqlari folklorining tipologiyasi, milliy o‘ziga xosligi va yozma adabiyot rivojida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha doirasida OT-FT-67 "Ipak yo‘li xalqlari folklori (janrlari va tipologiya masalalari)" nomli monografiyasining "Indonez folklori" bo'limini yozishda foydalanilgan (TDShUning 2024-yil 12-iyundagi 01-04-01/1326-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi indonez-evropa folklori kontekstida ertaklarning tipologik va milliy xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish uchun asos bo‘lgan;
indonez sehrli ertaklarining tasviriy vositalari ertak yaratuvchilarning milliy madaniyati, turmush tarzi va an’analari bilan chambarchas bog‘liqligi, bu esa Nusantara (Indoneziya) xalqlari sehrli ertaklarining milliy o‘ziga xosligini belgilashi isbotlanganganligi hamda Nusantara xalqlari folklorining shakllanishi va rivojlanishi, hind, xitoy va arab adabiyotining Indoneziya folkloriga ta’siri hamda ertaklarning poetik xususiyatlariga oid amaliy natijalar va materiallardan “Filologiya va tillarni o‘qitish (indonez tili)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun “Indoneziya folklori” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i, 166-208-son guvohnoma). Ilmiy va amaliy natijalar mahalliy sharqshunoslikda Indoneziya adabiyoti yodgorliklarini o‘rganish sohasidagi bo‘shliqni to‘ldirishga asos bo‘lgan;
an’anaviy badiiy tasviriy vositalar hamda indonez sehrli ertagining badiiy tasvir tizimining stereotiplanishi ochib berilgan Indoneziya ertaklari poetikasi, ularning belgilar tizimi, syujetlari va tasviriy vositalarini yoritishga bag‘ishlanganligi yuzasidan takliflar tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tarkibidagi “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirish” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Jahon adabiyoti” va “Adabiy jarayon” radiodasturlar senariysida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022-yil 13-iyundagi 04-36-893-son ma’lumotnomasi). Bu adabiyot ixlosmandlari, o‘zbek kitobxonlariga yangi ilmiy ma’lumotlar olish, radiotinglovchilarga xorijiy adabiyot namunalari bilan tanishish imkonini bergan.