Joldasov Ixtiyar Suyundikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Amaliy mashg‘ulotlar ustuvorligida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasi (Yordamchi tarix fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3546.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirichiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Saparovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yordamchi tarix fanlarini amaliy mashg‘ulotlar ustuvorligida o‘qitish orqali bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliy mashg‘ulotlar ustuvorligida bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirishning nazariy aspektlari talabalarda vizual yondashuvlarni  talabalarning kasbiy kompetenligini shakllantirishning didaktik imkoniyatlariga muvofiq o‘quv-diagnostik jarayonda individual yo‘nalganlikda qo‘llash mexanizmlarini takomillshtirish asosida ochib berilgan;
amaliy mashg‘ulotlar jarayonida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning innovatsion modeli talabalarning amaliy kompetensiyasini axborot-loyiha texnologiyasi asosida shakllantirish texnologiyasini  fanlararo integratsiyani o‘qish, amaliy va mustaqil ish topshiriqlari mazmuniga muvofiq reproduktiv, produktivlik darajalarda singdirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish metodikasi talabalarning analitik, semantik, konstruktiv tafakkurini tizimli rivojlantiruvchi didaktik, texnik, tasviriy resurslarni ilmiy-amaliy va metodik kontekstlar uyg‘unlashgan jarayonda mantiqiy tugallik, yaxlitlik tamoyillari ustuvorligida analitik va konstruktiv tafakkur tamoyillariga ko‘ra adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasini baholash mezonlari kasbiy faoliyatda metodik mo‘ljal olishga tayyorlovchi qayta aloqali loyiha mashqlarini  axborotni topish, qayta ishlash va foydalanish bosqichlarida talabalarning kasbiy rivojlanish vektoriga muvofiq differensiallik darajalarda transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning taʼlim olish jarayonida kasbiy kompetensiyalarini shakllantirisha yo‘naltirgan taʼlim texnologiyalari asosida rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda vizual yondashuvlarni  talabalarning kasbiy kompetenligini shakllantirishning didaktik imkoniyatlariga muvofiq o‘quv-diagnostik jarayonda individual yo‘nalganlikda qo‘llash mexanizmlarini takomillshtirish asosida ochib berilgan amaliy mashg‘ulotlar ustuvorligida bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirishning nazariy aspektlariga doir g‘oyalar OTM talabalari uchun yaratilgan “Өzbekstanniң eң jaңa tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i asosida 857037-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalar mustaqil taʼlimini tashkil etishda ustoz-shogird munosabatlari shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan;
talabalarning amaliy kompetensiyasini axborot-loyiha texnologiyasi asosida shakllantirish texnologiyasini  fanlararo integratsiyani o‘qish, amaliy va mustaqil ish topshiriqlari mazmuniga muvofiq reproduktiv, produktivlik darajalarda singdirish asosida takomillashtirilgan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning innovatsion modeli bo‘yicha tavsiyalardan M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 25 iyundagi 04/11-4571-son maʼlumotnomasi). Natijada, talabalarning ijodiy-kasbiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik  imkoni oshirilgan;
kasbiy faoliyatda metodik mo‘ljal olishga tayyorlovchi qayta aloqali loyiha mashqlarini  axborotni topish, qayta ishlash va foydalanish bosqichlarida talabalarning kasbiy rivojlanish vektoriga muvofiq differensiallik darajalarda transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan talabalarda kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasini baholash mezonlariga oid tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharriyati tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024 yil 8 iyuldagi 04-36-817-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarix fanini o‘qitish metodikasini konstruktiv-instrumental qo‘llashga doir ilmiy qarashlar munosabati ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish