Siddikov Xasan Taxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning pedagogik-profilaktik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3PhD/Ped3842.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning pedagogik-profilaktik tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“profilaktik yondashuvlar” va “profilaktik faoliyatning konseptual modeli” tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi profilaktik dasturlar, ularning maqsadi, profilaktik ta’sir ko‘rsatishning obektlari va predmetini aniqlashtirishga yo‘naltirilgan preventiv faoliyat strategiya va taktikasi (preventiv faoliyat texnologiyasi)ning integrativlik xususiyati dominantligiga ustuvorlik berish orqali asoslangan;
oliy ta’limda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning pedagogik-profilaktik mazmuni mazkur jarayonni amalga oshirishning komponentlari (maqsadli, funksional-mazmunli, faoliyatli, didaktik; tahliliy-natijaviy), funksiyalari (ogohlantiruvchi, himoya, ta’limiy, g‘oyaviy, monitoring), “xavfsizlik hududlari” (jamoat, information, psixologik-tibbiy-pedagogik, huquqiy, oilaviy, ijtimoiy, ta’limiy) yaxlitligini bevosiya hisobga olish mantiqiga ustuvorlik berish asosida aniqlshtirilgan;
talabalarning Internetga tobeligini bartaraf etishning pedagogik-profilaktik modelini tashkiliy-pedagogik komponenti birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktik bosqichlarga muvofiq profilaktik dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish, talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy loyihalar va volontyorlik faoliyatiga jalb etish kabi pedagogik shart-sharotlarning natijaviylikka qaratilgan mezon va ko‘rsatkichlar bilan qayta aloqasi identivligini ta’minlash orqali takomillshatirilgan;
Internet-risklarni bartaraf etishning pedagogik-profilaktik tizimi tanqidiy fikrlashni shakllantirish (chaqiriq, anglash, refleksiya), rivojlanish (boshlang‘ich, formal-tanqidiy, mazmunli-tanqidiy) bosqichlari, tamoyillari (shaxsni markazga qo‘yish, faollik va mustaqillik, kooperativlik), strategiyalarini (yo‘naltiruvchi o‘qish/idrok etish, bashoratlar chizmasi, mediamatn muallifiga savollar) Internetga tobelikni bartaraf etishga doir profilaktik ishlar bilan integrativligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning pedagogik-profilaktik tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
“profilaktik yondashuvlar” va “profilaktik faoliyatning konseptual modeli” tushunchalarining o‘zaro aloqadorligini profilaktik dasturlar, ularning maqsadi, profilaktik ta’sir ko‘rsatishning obektlari va predmetini aniqlashtirishga yo‘naltirilgan preventiv faoliyat strategiya va taktikasining integrativlik xususiyati dominantligiga ustuvorlik berish orqali asoslashga doir taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 31-dekabrdagi Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori bilan tasdiqlangan Konsepsiyasining 8-bob ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarning felisitologik (baxtlilik indeksi) kompetentligini baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 12-dekabrdagi 01-09/1753-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy tarbiya jarayonlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning pedagogik-profilaktik mazmunini mazkur jarayonni amalga oshirishning komponentlari, funksiyalari, “xavfsizlik hududlari” yaxlitligini bevosiya hisobga olish mantiqiga ustuvorlik berish asosida aniqlshtirishga doir taklif va tavsiyalardan 70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi uchun “Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i, 817590 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik-profilaktik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning Internetga tobeligini bartaraf etishning pedagogik-profilaktik modelini tashkiliy-pedagogik komponentini birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktik bosqichlarga muvofiq profilaktik dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish, talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy loyihalar va volontyorlik faoliyatiga jalb etish kabi pedagogik shart-sharotlarning natijaviylikka qaratilgan mezon va ko‘rsatkichlar bilan qayta aloqasi identivligini ta’minlash orqali takomillshatirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0293 raqamli guvohnoma). Natijada, tarbiyaviy faoliyat samaradorligini tashxis etish va korreksiyalash mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Internet-risklarni bartaraf etishning pedagogik-profilaktik tizimini tanqidiy fikrlashni shakllantirish, rivojlanish bosqichlari, tamoyillari, strategiyalarini Internetga tobelikni bartaraf etishga doir profilaktik ishlar bilan integrativligini ta’minlash orqali takomillashtiriga doir taklif va tavsiyalardan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan JHBL-61 “Harbiy oila farzandlarining ijtimoiylashuvini kompleks tadqiq etish” (2021-y.) mavzusidagi loyihaning ma’naviy-axloqiy fazilatlar vositasida shaxsiy ijtimoiylashuv mexanizmini takomillashtirish qismini bajarishda  foydalanilgan  (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 12-dekabrdagi 01-09/1753-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish