Djuraev Alisher Janikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Glisirret kislotasi hosilalari sintezi va biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K637.
Ilmiy rahbar: Esanov Rahmat Sulton o‘g‘li, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Abdulladjonova Nodira Gulomjonovna, kimyo fanlari doktori, professor; Isaev Yusup Tojmamatovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shirinmiya ildizi tarkibidan ajratib olingan GK aglikoni, GlKning yangi hosilalari (amidlari, efirlari) sintezi hamda ularning kimyoviy tuzilishini va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GlKdan 3-O-AGlK sintez qilinib, uning aromatik, geterohalqali aminlar va alkaloidlar bilan yangi amidlari (20 ta) sintez qilingan hamda ularning kimyoviy tuzilishi va ayrim fizik-kimyoviy kattaliklari aniqlangan;
3-O-AGlKning qator alifatik va geterohalqali spirtlar bilan yangi murakkab efirlari (13 ta) sintez qilingan, ularning tuzilishi va ayrim fizik-kimyoviy kattaliklari aniqlangan;
ilk marotaba 3-O-AGlKning sitizin alkaloidi bilan sintez qilingan amidining (N-(sitizil)-3-β-atsetil-11-okso-olean-12-en-18β-H-30-amid) monokristali olingan, uning kimyoviy tuzilishi RTT usulida aniqlangan, kristall panjaralari singoniyalari asosida uning kristall panjaralari rombik tuzilishga ega ekanligi isbotlangan;
ilk marotaba 3-O-AGlKning piperidin bilan olingan amidi, izopropilsitizin, etilsitizin bilan olingan murakkab efirlari toksik gepatitda (TG) (in vivo) nafas olish va fosforli oksidlanish (FO) jarayonida mitoxondriyaga (Mx) ta’siri aniqlangan, bunda TG guruhidagi hayvonlar jigarida Mx ning funksional va metabolik ko’rsatkichlarini yaxshilashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Glisirret kislotaning yangi hosilalari sintezi va biologik faolligi bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan 1 ta yangi kimyoviy birikmaning (N-(sitizil)-3-β-atsetil-11-okso-olean-12-en-18β-H-30-amid) kristall tuzilishi aniqlanib, Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam. ac.uk/solutions/csd-system/componens/csd/ Ref. Sod: VALQAB) kiritilgan. Natijada bazaga kiritilgan kimyoviy modda shunga o’xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
GlK hosilalari sintezi, ularning tuzilishi va biologik faolliklari natijalaridan xorijiy ilmiy nashrlarda glisirret kislotaning hosilalalri sintezi va biologik faolliklari tahlili qilish bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy natijalarga yuqori impakt-faktorga ega xorijiy ilmiy jurnallarda havolalar keltirilgan (Arabian Journal of Chemistry 2016, V.9, No.3, 390-399, WoS, IF=4.553; International Journal of Molecular Sciences 2022, V.23, No11803, 1-29 WoS, IF=5.6; Chemical Reviews 2014, V.114, No.1, 712–778, WoS, IF=46.568). Natijada, mutaxassislarga glisirret kislotasi hosilalarini sintez qilish va tuzilishini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish