Sholdarov Dilshod Azimiddin o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashni moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishning konseptual asoslari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt708.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, i.f.d., professor Raxmonov Dilshod Alidjonovich, i.f.d., dotsent Mansurov Mansur Alisherovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashni moliyaviy mexanizmlarini konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholining ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish, kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy sug‘urta tizimiga jalb qilish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy qilish, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash taklif etilgan;
fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yaxshilash va pensionerlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida pensionerga hisoblangan, lekin, o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddatini 12 oydan 24 oyga uzaytirish taklif etilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va pensionerlarning moddiy farovonligini yanada yuksaltirish maqsadida pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda oshirib borish taklif etilgan;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida transport, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish xarajatlarini qisman qoplash hamda nogironlarni ish bilan ta’minlovchi korxonalarni subsidiyalash taklif etilgan;
yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy ahvolini yanada yaxshilash maqsadida ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aholining ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash va nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, ijtimoiy sug‘urta tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy sug‘urta tizimiga jalb qilish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy qilish, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 01/00-03/10-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilish ta’minlangan, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash tartibi takomillashtirilgan va mazkur sohaga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan yangi boshqaruv tizimi joriy etilgan;
fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yaxshilash va pensionerlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida pensionerga hisoblangan, lekin, o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddatini 12 oydan 24 oyga uzaytirish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son ““2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 01/00-03/10-3397-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2024-yilning 1-yanvaridan yiliga 2,5 ming nafarga yaqin pensionerlarga hisoblab chiqarilgan, ammo ular tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiyalarni murojaat etilganidan avvalgi 24 oydan (2 yil) oshmagan davr uchun to‘lab berish imkoniyati yaratilgan;  
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va pensionerlarning moddiy farovonligini yanada yuksaltirish maqsadida pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi O‘RQ-922-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 01/00-03/10-3397-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida pensiya miqdorini qayta hisob-kitob qilishda inflyasiya darajasini hisobga olish tizimi joriy etilgan hamda pensionerlarga tayinlanadigan o‘rtacha oylik pensiya miqdorining yiliga o‘rta hisobda 14 foizga o‘sish imkoni yaratilgan;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning transport, oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalarini sotib olish xarajatlarini qisman qoplash hamda nogironlarni ish bilan ta’minlovchi korxonalarni subsidiyalash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 01/00-03/10-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytirilgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotdagi ijtimoiy faolligi oshirilgan va nogironlarni ish bilan ta’minlovchi korxonalarning (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) faoliyati moliyaviy rag‘batlantirilgan. Xususan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironlarni ishga qabul qilganlarga har bir xodim uchun 6 oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berilgan;
ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 01/00-03/10-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning moddiy ahvolini yanada yaxshilash va turmush farovonligini oshirish imkoni yaratilgan hamda ularning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish