Diyarov G‘olibjon Quchqorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekish muddatlari hamda mineral o‘g‘it me’yorlarining kunjut (Sesamum L.)ning o‘sishi, rivojlanishi va urug‘ hosildorligiga ta’siri (Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1206
Ilmiy rahbar: Rizaev Shuxrat Xudoyberdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mo‘minov Abduvali akbaralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot istituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kunjutning o‘sishi, rivojlanishi va urug‘ hosildorligi hamda sifat ko‘rsatkichlariga ekish muddatlari va o‘suv davrida mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarining ta’sirini aniqlash hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kunjutning “Qora shaxzoda” navidan yuqori va sifatli urug‘ hosili etishtirish agrotexnologiyasi takomillashtirilgan;
kunjut urug‘larini maqbul ekish muddati 5-10 may etib, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yori esa N120P90K60 kg/ga etib belgilash yuqori samara berishi ilmiy va amaliy jihamdan asoslangan;
kunjut urug‘larini 5-10 may muddatida ekish urug‘larning dala unuvchanligiga ijobiy ta’sir etib, unib chiqish darajasi 13 kunda 96,1-97,1 foizni tashkil etishi isbotlangan;
kunjut urug‘larini 5-10 may muddatida ekib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N120P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish, urug‘larni 15-20 aprel hamda 15-20 may muddatlarida ekib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N120P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirishga nisbatan ishlab chiqarish xarajatlari 15-20 foizgacha kamayib, urug‘ hosildorligi 10-12 foizgacha ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kunjutning “Qora shaxzoda” navidan yuqori va sifatli urug‘ hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddatlari va o‘suv davrida mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun “Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kunjut etishtirish” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 25.01.2024 yildagi №06/22-21-08/55-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda klaster, dehqon va fermer xo‘jaliklarida kunjutdan yuqori va sifatli urug‘ hosili etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kunjutning “Qora shaxzoda” navi urug‘larini 5-10 may muddatida ekib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N120P90K60 kg/ga me’yorlarini qo‘llash texnologiyasi Pastdarg‘om tumani “Safar” fermer xo‘jaligida 2,3 gektar, “Damir paxta dalasi” fermer xo‘jaligida 6,5 gektar, “Tong” fermer xo‘jaligida 5,2 gektar, “Baxtiyor Shomurodovich TShB” fermer xo‘jaligida 6,0 gektar, “Omonqulov Sherzod paxta dalasi” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, Ishtixon tumani “Umirov Niyazdullo” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, “Omonboy Farmonov” fermer xo‘jaligida 3,2 gektar, Payariq tumani “Mashxur chaporoshli dalasi” fermer xo‘jaligida 14,3 gektar, “Qoraqolpoq nurli dalasi” fermer xo‘jaligida 8,7 gektar, “Ne’matov Kamronbek dalasi” fermer xo‘jaligida 4,3 gektar, jami 55,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 25.01.2024 yildagi №06/22-21-08/55-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kunjut urug‘larini 25-30 aprel hamda 15-20 may muddatlarida ekilib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N150P105K75 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilgan maydonlarga nisbatan yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kunjutning “Qora shaxzoda” navi urug‘larini 5-10 may muddatida ekib, o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N120P90K60 kg/ga me’yorlarini qo‘llash texnologiyasi Pastdarg‘om, Ishtixon, Payariq tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 25.01.2024 yildagi №06/22-21-08/55-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali gektaridan 13,7-14,4 sentner urug‘ hosili olinib, rentabellik darajasi 108,7-114,3 foizga ko‘tarishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish