Kushmatov Baxtiyor Sa’dullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekish muddati, urug‘ va ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarining tritikale o‘simligi o‘sishi, rivojlanishi va xosildorligiga ta`siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx818
Ilmiy rahbar: Xolikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Botirov Xidir Fayzievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yodgorov Normo‘min G‘ulomovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining lalmikor tipik bo‘z tuproqlari sharoitida tritikalening “Sardor” navidan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddatlari va urug‘ sarf me’yorlari hamda ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish miqdorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax viloyatining tipik bo‘z tuproqi lalmikor maydonlarida tritikalening “Sardor” navidan yuqori va sifatli don hosili etishtirish agrotexnologiyasi takomillashtirilgan;
tritikale urug‘lari kuzgi mavsumda ekilganida 1-10.11 muddatida gektariga 3,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida, bahorgi mavsumda ekilganida 20-28.02 muddatida gektariga 3,5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekish yuqori samara berishi isbotlangan;
tritikaleni kuzgi (1-10.11) muddatda gektariga 3,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N30P30K30 kg/ga me’yori bilan oziqlantirish urug‘larning dala unuvchanligini 1,2-5,2 foizga, urug‘larni bahorgi (20-28.02) muddatda gektariga 3,5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N30P30K30 kg/ga me’yori bilan oziqlantirish urug‘larning dala unuvchanligini 1,7-2,3 foizga oshirishi ilmiy va amaliy jixatdan asoslangan;
tritikale urug‘larini kuzgi (01-10.11) muddatda gektariga 3,0 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N30P30K30 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish don hosildorligini 21,8 s/ga, rentabellik darajasini 56,8 foizga, urug‘larni bahorgi (20-28.02) muddatda gektariga 3,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N30P30K30 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish don hosildorligini 15,1 s/ga, rentabellik darajasi 11,1 foizga etishini ta’minlaganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyatining lalmi och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tritikalening “Sardor” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni ekish muddatlari va me’yorlari hamda ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish mifdorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Jizzax viloyatining lalmikor tipik bo‘z tuproqlar sharoitida tritikaleni etishtirish” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 1.06.2023 yildagi №05/21-06/511-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida lalmi maydonlarda tritikale navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Tritikalening “Sardor” navini lalmikor maydonlarda etishtirish texnologiyasi G‘allaorol tumani Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligida 22,0 gektar, “Abror-Asqar” fermer xo‘jaligida 13,5 gektar, “Mavlono” fermer xo‘jaligida 28,0 gektar, “Tonggi Shula” fermer xo‘jaligida 25,0 gektar, jami 88,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 1.06.2023 yildagi №05/21-06/511-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni kuzgi mavsumda ekilganida 01-10.11 muddatida gektariga 3,0 mln dona, bahorgi mavsumda ekilganida 20-28.02 muddatida gektariga 3,5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N30P30K30 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Tritikalening “Sardor” navi urug‘larini kuzgi (01-10.11) muddatda gektariga 3,0 mln dona, bahorgi (20-28.02) muddatda gektariga 3,5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N30P30K30 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirib etishtirish texnologiyasi G‘allaorol tumanida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 1.06.2023 yildagi №05/21-06/511-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali don hosildorligi 3,6-4,8 s/ga, rentabellik darajasi 36,5-37,0 foizga ortishiga erishilgan.