Usmanov Bekzod Baymatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pkalar metastatik zararlanishining diagnostikasi va davolashini takomillashtirish», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib207.

Ilmiy rahbar: Xayruddinov Rafik Vaxidovich,tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Gafur-Axunov Mirza Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Polatova Djamilya Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi «Respublika onkologiya ilmiy markazi» DT.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:videotorakoskopik texnologiyalar kiritilgan taktik algoritmni ishlab chiqish yo‘li bilan turli lokalizatsiyadagi xavfli o‘smalarda o‘pkalar metastatik zararlanishi diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

xavfli o‘smalarning o‘pkalarga metastazlarini boshqa soyali hosilalardan differensial diagnostikasida videotorakoskopiyaning nur tashxis va punksion usullardan ustunligi isbotlangan;

operativ amaliyot hajmini aniqlash uchun o‘pkalardagi metastazlarning tarqalish darajasini videotorakoskopik texnologiyalarni qo‘llagan holda verifikatsiya qilish xususiyatlari aniqlangan;

birlamchi o‘smaning lokalizatsiyasi va neoad’yuvant va ad’yuvant poliximioterapiya samaradorligiga bog‘liq holda o‘pkalarning metastatik zararlanishini davolash usuli takomillashtirilgan;

o‘pkalarning metastatik zararlanishini davolashning uzoq muddatdagi natijalariga asosan residiv rivojlanishining xususiyatlari aniqlangan va solitar hamda ko‘p sonli metastazlarida xirurgik va ximioterapevtik usullarni tanlashga differensial yondashuv ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘pkalarning metastatik zararlanishini davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘pkalarning metastatik zararlanishining diagnostikasi va xirurgik davolashini modifikatsiyalangan usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-d/104-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar o‘pkalarning metastatik zararlanishi bilan xavfli o‘smalar diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish va bemorlarning kasalxonadagi yotish davomiyligini qisqartirish imkonini bergan;

«O‘pkalarning metastatik zararlanishi diagnostikasi va davolash taktikasini tanlash dasturi» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-d/104-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul o‘pkalarning metastatik zararlanishi bilan xavfli o‘smalar bilan bemorlarni davolashning bevosita va uzoq muddatdagi natijalarini yaxshilash, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;

o‘pkalarning metastatik zararlanishi diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining torakal onkoxirurgiya bo‘limi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar, Samarqand va Farg‘ona viloyatlar filiallari torakoabdominal xirurgiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-d/104-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotning taklif etilgan natijalari asosida o‘pkalarning metastatik zararlanishi bilan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘lami kengaytirilgan hamda davolash sifatini yaxshilashga va qoniqarli natijalar chastotasini 87,2%dan 95,7%gacha oshirishga, kasalxonada yotish muddatini 21,1±0,32 dan 10,3±0,21 gacha kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish