Dalieva Madina Xabibullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz, o‘zbek va rus tillari lingvistik terminlarida polisemiyaning kognitiv modellari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fil783.
Ilmiy maslahatchi: Boqieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Muxamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va rus tillari terminologik tizimlarida polisemiyaning shakllanishini belgilovchi kognitiv mexanizmlar va omillarni o‘rganish asosida lingvistik terminlar polisemiyasining kognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prototiplar nazariyasi va radial kategoriya modeliga asoslanib, polisemiya asosiy (bosh ma’no) va periferiya (hosila ma’nolar), prototip effektlarga asoslangan ko‘p ma’noli termin ichidagi ma’nolar ierarxiyasiga ega bo‘lgan kognitiv kategoriya ekanligi ilmiy asoslangan;
lingvistik termin polisemiyasining kognitiv modeli uning turli ma’nolarini tilshunoslar ongida ma’lumotlarni tizimlashtirish mexanizmlarini aks ettiruvchi va kontekstning rolini hisobga olgan holda terminning ma’nosini tanlash umumiy o‘zak bilan ma’nolarni bog‘lashning tarmoqlangan tuzilmasi sifatida tavsiflashi isbotlangan;
ko‘p ma’noli terminning turli ma’nolari uni idrok etish va aniqlashni ta’minlovchi semantik yadro atrofida birlashishini aniqlash orqali semantik yadroning shakllanishi idrok etish, konsepsiyalash va turkumlashtirishning kognitiv jarayonlariga bog‘liq ekanligi asoslangan;
lingvistik terminlar polisemiyasining kognitiv modellari shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan intralingvistik (metafora, metonimiya, kontekstli disambiguatsiya) va ekstralingvistik omillar (kontekst, lingvistik konvensiyalar, kognitiv imkoniyatlar, tilning tarixiy rivojlanishi va ijtimoiy-madaniy omillar) aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi lingvistik terminlar ko‘p ma’noliligining kognitiv modellarini ochib berishda ko‘p ma’noli terminlarni madaniy-lingvistik o‘ziga xoslik nuqtai nazaridan idrok etish va talqin qilish orqali metaforizatsiya va metonimiya mexanizmlarining o‘xshashligi hamda ma’nolarning tarmoqlanish darajasidagi o‘ziga xos farqlari metafora asosidagi ko‘chishlarni aks ettiruvchi qonuniyatlar asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, o‘zbek va rus tillari lingvistik terminlarida polisemiyaning kognitiv modellari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
prototiplar nazariyasi va radial kategoriya modeliga asoslanib, polisemiya asosiy (bosh ma’no) va periferiya (hosila ma’nolar), prototip effektlarga asoslangan ko‘p ma’noli termin ichidagi ma’nolar ierarxiyasiga ega bo‘lgan kognitiv kategoriya to‘g‘risidagi xulosalaridan Andijon davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan IL-40210421Z-son “O‘zbek tilidagi lingvistik ensiklopedik elektron lug‘at” loyihasi doirasida darsliklar va elektron resurslar ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-fevraldagi 02/17-428-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha davomida yaratilgan darsliklar va elektron resurslar mazmunan boyitilgan;
lingvistik termin polisemiyasining kognitiv modeli uning turli ma’nolarini tilshunoslar ongida ma’lumotlarni tizimlashtirish mexanizmlarini aks ettiruvchi va kontekstning rolini hisobga olgan holda terminning ma’nosini tanlash umumiy o‘zak bilan ma’nolarni bog‘lashning tarmoqlangan tuzilmasi sifatida tavsiflashiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F-1-005-sonli “Qoraqalpoq folklori va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq etish” innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 16- martdagi 87/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha bo‘yicha tayyorlangan monografiya mazmuni boyitilgan hamda xulosalar mualliflar va shoirlarning nasr va she’riy asarlarini lingvistik tadqiq etishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
ko‘p ma’noli terminning turli ma’nolari uni idrok etish va aniqlashni ta’minlovchi semantik yadro atrofida birlashishi; semantik yadroning shakllanishi idrok etish, konsepsiyalash va turkumlashtirishning kognitiv jarayonlariga asoslanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-2024-yillar uchun AQSh Davlat departamenti va AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan SUZ80021GR3106-sonli “The English Access Microscolarship Program” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida “Oliy va o‘rta maxsus tizim jarayonlarini modernizatsiya qilish va kompyuter savodxonligini oshirish” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 6-martdagi 1/152-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan darsliklar va elektron resurslarning mazmuni boyitilgan;
lingvistik terminlar polisemiyasining kognitiv modellari shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan intralingvistik (metafora, metonimiya, kontekstli disambiguatsiya) va ekstralingvistik omillar (kontekst, lingvistik konvensiyalar, kognitiv imkoniyatlar, tilning tarixiy rivojlanishi va ijtimoiy-madaniy omillar) to‘g‘risidagi xulosalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirishni nazorat qilishning uch tomonlama rejasini amalga oshirish (Pre-school PDP)” mavzusida innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-martdagi 4/17-20/3-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu amaliy loyiha doirasida o‘tkazilgan ilmiy seminarlar materiallari, shuningdek, yaratilgan platforma manbalari, o‘quv qo‘llanmalari mazmunan boyitilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi lingvistik terminlar ko‘pma’noliligining kognitiv modellari yuzaga kelishida ko‘p ma’noli terminlarni madaniy-lingvistik o‘ziga xoslik nuqtai nazaridan idrok etish va talqin qilishdan kelib chiqqan holda metaforizatsiya va metonimiya mexanizmlarining o‘xshashligini, ma’nolarning tarmoqlanish darajasidagi o‘ziga xos farqlarni va metafora asosidagi ko‘chishlarni aks ettiruvchi qonuniyatlarga oid tadqiqot natijalari va xulosalaridan mintaqaviy tashkilotlar tadbirlaridagi og‘zaki va yozma tarjimalarda madaniy meros bilan bog‘liq terminlarni tadqiq etish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 18-maydagi 02-13/1899-son ma’lumotnomasi). Natijada, ular tadbirlar kontentini yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.