Alimova Munisa Yulchievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qishloq aholisi turmush darajasini oshirishda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning hududiy jihatlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2900
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar:
Ochilov Akrom Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Ergashev Erkin Iroqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq aholisi turmush darajasini oshirishda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning hududiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli yondashuvdan foydalangan holda insonning samarali ishlashi va shaxsning uyg‘un rivojlanishi uchun umumiy shart-sharoitlarni yaratadigan ijtimoiy-iqtisodiy yaxlit tizim sifatida “hududning ijtimoiy infratuzilmasi”, “aholi turmush darajasi” va “turmush sifati” tushunchalarining mazmuni o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqligi va bir-biriga ta’sir qiladigan omillar asosida aniqlangan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra, qishloq aholisining ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlanishini tavsiflovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda, aniqlangan integral indekslar reyting bali asosida, hududlar “yuqori” ≥ 1,606, “o‘rta” ≥ 1,353 va “past” ≤ 1,211 mezonlari bo‘yicha baholandi;
hududlarda qishloq ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda benefisiar majburiyat va risklarni taqsimlash imkoniyatini beruvchi konsessiya shartnomasini tuzish doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish tizimi takomillashtirilgan;
ijtimoiy infratuzilma obektlarining ta’sirini hisobga olgan holda,  qishloq joylarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadni o‘zgarishining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ko‘p omilli va ARSSX(0.1.0) modellari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyati qishloq hududlarida aholi turmush darajasini oshirishda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tizimli yondashuvdan foydalangan holda insonning samarali ishlashi va shaxsning uyg‘un rivojlanishi uchun umumiy shart-sharoitlarni yaratadigan ijtimoiy-iqtisodiy yaxlit tizim sifatida “hududning ijtimoiy infratuzilmasi”, “aholi turmush darajasi” va “turmush sifati” tushunchalarining mazmuni o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqligi va bir-biriga ta’sir qiladigan omillar sifatida aniqlashtirilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar oliy ta’lim o‘quv yurtlarining 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Ijtimoiy soha iqtisodiyoti” fanidan o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari talabalarida hududlarda ijtimoiy infratuzilma tushunchasi hamda aholi turmush darajasini oshirishdagi ahamiyati bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra, qishloq aholisining ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlanishini tavsiflovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda, aniqlangan integral indekslar reyting bali asosida, hududlar “yuqori” ≥ 1,606, “o‘rta” ≥ 1,353 va “past” ≤ 1,211 mezonlari “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini” ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi  2024-yil 1-iyundagi 08/38-11-11601-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida aholi turmush darajasini oshirishda ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlanganligi “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi hamda “yetakchi” (Koson tumani) va “qoloq” (Ko‘kdala tumani) hududlar o‘rtasidagi tafovut 1,72 martani tashkil etganligi aniqlashtirildi;
hududlarda qishloq ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda benefisiar majburiyat va risklarni taqsimlash imkoniyatini beruvchi konsessiya shartnomasini tuzish doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son “2022–2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan hamda xalq deputatlari Koson (2023-yil 26-maydagi VI-91-119-4-60-K/23-son), Ko‘kdala (2023-yil 18-maydagi VI-11-42-4-224-K/23-son), Qarshi (2023-yil 11-maydagi VI-72-43-4-59-K/23-son), Chiroqchi (2023-yil 29-maydagi VI-76-43-4-66-K/23-son) va Yakkabog‘ (2023-yil 13-maydagi VI-57-87-4-68-K/23-son) tumanlari kengashlari qarorlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi  2024-yil 1-iyundagi 08/38-11-11601-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga qo‘llash natijasida subektlararo taqsimot va amalga oshirilayotgan ishlar zanjiri ketma-ketligi asoslangan, pul oqimlarining tarkibi va harakati yo‘nalishlari aniqlangan hamda Koson, Ko‘kdala, Qarshi, Chiroqchi, Yakkabog‘ va Muborak va tumanlarida 722 ta ijtimoiy infratuzilma obektlari DXSh asosida modernizatsiyalashgan;
ijtimoiy infratuzilma obektlarining ta’sirini hisobga olgan holda  qishloq joylarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadni o‘zgarishining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-389-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “2022–2026 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-201-son qarorlarining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil           18-apreldagi 01-20-10/04-38/1051-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati qishloq joylarida aholi jon boshiga o‘rtacha daromadlari 2028-yilga borib 2023 yilga nisbatan 2,01 barobarga ortishi, o‘rtacha o‘sish sur’ati keyingi 5 yillikda 15,03 foizga etishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish