Karimov Davron Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « O‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiët. (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1806..
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Gadjiev Novruz Djabbar o‘g‘li (Ozarbayjon Respublikasi), tibbiyot fanlari doktori, professor; Ermetov Aziz Tashmetovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllari bilan xastalangan bemorlarni videolaparoskopik appendektomiya texnikasini takomillashtirish va ko‘rsatmalarni kengaytirish, kasallikning differensial hamda erta tashxisot axborotli mezonlarini ishlab chiqish yo‘li orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashda A.Alvarado tashxislash shkalasi, noinvaziv ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va invaziv videolaparoskopik usullarning qo‘llanish natijalari materiallari asosida xastalikning asoratlarini oldini olish va o‘lim darajasini pasaytirish tartibi axborotli dastur asosidagi tahlili asoslangan;
kasallikning sonografik, kompyuter-tomografik va videoendoskopik belgilarini baholash hamda ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va videolaparoskopik usullarni qiyosiy qo‘llash, o‘tkir appedisitni tashxisiy shkalasi mezonlarini aniqlashga asoslangan o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashni jarrohlik davolash taktikasini tanlashga tamoyilli yangi yondashuv ishlab chiqilgan;
laparoskopik usuldagi appendektomiyada chuvalchangsimon o‘simta cho‘ltogini yangi muallif tomonidan qayta ishlab chiqilishining xavfsizligi va samaradorligi isbotlangan;
tashxisot va davolashning invaziv laparoskopik hamda noinvaziv ul`tratovush tashxisoti, multislays kompyuter tomografiyasi usullarni qiyosiy qo‘llash bilan o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashda taqdim etilgan davolash-tashxislash algoritmidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2024 yil 19 yanvardagi 1- sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashda A.Alvarado tashxislash shkalasi, noinvaziv ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va invaziv videolaparoskopik usullarning qo‘llanish natijalari materiallari asosida xastalikning asoratlarini oldini olish va o‘lim darajasini pasaytirish tartibi axborotli dastur asosidagi tahlili asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (15.09.2023 y.; №212/14 raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (18.09.2023 y.; №131/1 raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashda A.Alvarado tashxislash shkalasi, noinvaziv ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va invaziv videolaparoskopik usullarning qo‘llanish natijalari materiallari asosida xastalikning asoratlarini oldini olish va o‘lim darajasini kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashda A.Alvarado tashxislash shkalasi, noinvaziv ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va invaziv videolaparoskopik usullarning qo‘llanish natijalari materiallari asosida xastalikning asoratlarini oldini olish va o‘lim darajasini pasaytirish tartibi axborotli dastur bemorning shifoxonada qolish muddatini 5 kundan 4 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 207000 ming so‘mga hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=622) 129042500 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Chuvalchangsimon o‘simtani yiringlashini erta bosqichda aniqlash orqali o‘z vaqtida kam invaziv jarroxlik usulida davolash bemorlarda kasallikning asoratlari kamayishi, shifoxonada davo kunining o‘rtacha bir kunga qisqartirish, iqtisodiy samaradorlik bir nafar bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 207000 so‘mni tashkil qilishi hamda umumiy tatbiq ko‘lami uchun 129042500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: kasallikning sonografik, kompyuter-tomografik va videoendoskopik belgilarini baholash hamda ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va videolaparoskopik usullarni qiyosiy qo‘llash, o‘tkir appedisitni tashxisiy shkalasi mezonlarini aniqlashga asoslangan o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashni jarrohlik davolash taktikasini tanlashga tamoyilli yangi yondashuv ishlab chiqilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (15.09.2023 y.; №212/14 raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (18.09.2023 y.; №131/1 raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kasallikning sonografik, kompyuter-tomografik va videoendoskopik belgilarini baholash hamda ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va videolaparoskopik usullarni qiyosiy qo‘llash, o‘tkir appedisitni tashxisiy shkalasi mezonlarini aniqlashga asoslangan o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashni jarrohlik davolash taktikasini tanlashga tamoyilli yangi yondashuv ishlab chiqish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikning sonografik, kompyuter-tomografik va videoendoskopik belgilarini baholash hamda ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va videolaparoskopik usullarni qiyosiy qo‘llash, o‘tkir appedisitni tashxisiy shkalasi mezonlarini aniqlashga asoslangan o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashni jarrohlik davolash taktikasini tanlashga tamoyilli yangi yondashuv ishlab chiqish natijasida bemorning shifoxonada qolish muddatini 5 kundan 4 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 207000 ming so‘mga hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=622) 129042500 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: chuvalchangsimon o‘simtani yiringlashini erta bosqichda tashxislash natijasida shifoxonada bo‘lish vaqtini bir kunga qisqartirish orqali bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 207000 so‘mni hamda umumiy 129042500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: laparoskopik usuldagi appendektomiyada chuvalchangsimon o‘simta cho‘ltog‘ini yangi muallif tomonidan qayta ishlab chiqilishining xavfsizligi va samaradorligi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (15.09.2023y.; №212/14 raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (18.09.2023y.; №131/1 raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: laparoskopik usuldagi appendektomiyada chuvalchangsimon o‘simta cho‘ltog‘ini yangi muallif tomonidan qayta ishlab chiqilishining xavfsizligi va samaradorligi isbotlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik usuldagi appendektomiyada chuvalchangsimon o‘simta cho‘ltog‘ini yangi muallif tomonidan qayta ishlab chiqishning xavfsizligi va samaradorligi baholash shifoxonada qolish muddatini 5 kundan 4 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 207000 ming so‘mga hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=622) 129042500 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Laparoskopik usuldagi appendektomiyada chuvalchangsimon o‘simtani cho‘ltoqni yangi muallif tomonidan qayta ishlab chiqish taktikasini samarasi natijasida bir kunga qisqartirish, iqtisodiy samaradorlik bir nafar bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 207000 so‘mni tashkil qilishi hamda umumiy tatbiq ko‘lami uchun 129042500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tashxisot va davolashning invaziv laparoskopik hamda noinvaziv ul`tratovush tashxisoti, multislays kompyuter tomografiyasi usullarni qiyosiy qo‘llash bilan o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashda taqdim etilgan davolash-tashxislash algoritmidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (15.09.2023 y.; №212/14 raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (18.09.2023 y.; №131/1 raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tashxisot va davolashning invaziv laparoskopik hamda noinvaziv ul`tratovush tashxisoti, multislays kompyuter tomografiyasi usullarni qiyosiy qo‘llash bilan o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashda taqdim etilgan davolash-tashxislash algoritmidan foydalanish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tashxisot va davolashning invaziv laparoskopik hamda noinvaziv ul`tratovush tashxisoti, multislays kompyuter tomografiyasi usullarni qiyosiy qo‘llash bilan o‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashda taqdim etilgan davolash-tashxislash algoritmidan foydalanish natijasida bemorning shifoxonada qolish muddatini 5 kundan 4 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 207000 ming so‘mga hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=622) 129042500 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Chuvalchangsimon o‘simtani yiringlashini erta bosqichda aniqlash orqali o‘z vaqtida kam invaziv jarroxlik usulida davolash bemorlarda kasallikning asoratlari kamayishi, shifoxonada davo kunining o‘rtacha bir kunga qisqartirish, iqtisodiy samaradorlik bir nafar bemorga bir yotoq kuni uchun o‘rtacha 207000 so‘mni tashkil qilishi hamda umumiy tadbiq ko‘lami uchun 129042500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2023 yil 05 sentyabrdagi 03-04/1805-sonli xati yuborilgan.