Amanova Maftuna Davlatboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni raqamlashtirish asosida yashirin sektorni qisqartirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1760
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kabulov Sharif Rahimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda raqamlashtirish asosida yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotda norasmiy bandlik ulushini kamaytirishga respublikada faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlik sub'ektlariga tashqaridan uch nafardan besh nafargacha doimiy ishchini yollash va ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga ruxsat berish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mamlakatda yashirin sektor ulushini qisqartirishning iqtisodiy mexanizmini respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini hisobga olishning maxsus avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish asosida ularning reyting darajasini aniqlash va shundan kelib chiqqan holda 50 foizdan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda soliq imtiyozlarini taqdim etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
respublikada faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillarini “soya”dan chiqarishga ularga asosiy va aylanma kapitalni sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar uchun davlat tomonidan kafillik berish va “Xizmatlar ipotekasi” tizimini joriy qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
O‘zbekistonda yashirin sektor ulushi qisqarishiga ta'sir etuvchi omillar va raqamlashtirish darajasi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida respublikada yashirin iqtisodiyot ko‘lami o‘zgarishining 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan muqobil prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
iqtisodiyotda norasmiy bandlik ulushini kamaytirishga respublikada faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlik sub'ektlariga tashqaridan uch nafardan besh nafargacha doimiy ishchini yollash va ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga ruxsat berish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 27 dekabrdagi O‘RQ-890-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi (Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi beshinchi qismiga o‘zgartirish kiritishga oid) 1-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 19-yanvardagi 01/q-08-25-son ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va aholi bandligini oshirish, oilaviy tadbirkorlik subektlariga besh nafargacha doimiy xodimni ishga yollash va ular bilan mehnat shartnomalari tuzish imkonini berdi;
mamlakatda yashirin sektor ulushini qisqartirishning iqtisodiy mexanizmini respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini hisobga olishning maxsus avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish asosida ularning reyting darajasini aniqlash va shundan kelib chiqqan holda 50 foizdan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda soliq imtiyozlarini taqdim etish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PQ-193-sonli “Tadbirkorlik sub'ektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2a-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 06-10836-son ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini avtomatik ravishda nazorat qilish va yashirin sektorda faoliyat yuritayotgan sub'ektlarni qonuniy rag‘batlantirishga xizmat qiladi;
respublikada faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillarini “soya” chiqarishga ularga asosiy va aylanma kapitalni sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar uchun davlat tomonidan kafillik berish va “Xizmatlar ipotekasi” tizimini joriy qilish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 noyabrdagi PF-193-sonli “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasi 2-va 4-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 19-yanvardagi 01/q-08-25-son ma'lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada “soya” ostida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillarining rasmiy faoliyat yuritishga erishiladi;
O‘zbekistonda yashirin sektor ulushi qisqarishiga ta'sir etuvchi omillar va raqamlashtirish darajasi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida respublikada yashirin iqtisodiyot ko‘lami o‘zgarishining 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan muqobil prognoz ssenariylaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-sonli “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 2-b bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 5-fevraldagi 33-8/866-son ma'lumotnomasi). Ushbu modelning empirik natijalaridan amaliyotda foydalanish 2030 yilgacha muddatda yashirin iqtisodiyot ulushidagi o‘zgarishlarni prognoz qilishning muqobil ssenariylarini ishlab chiqish imkonini berdi, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlari va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari tizimini aniqlashtirishga xizmat qildi.