Babakulov Sharaf Xamrakulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuzaki qovuq saratonining kombinirlashgan davosida probiotiklarning o‘rni va ahamiyati», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib79.

Ilmiy rahbar: Navruzov Sarimbek Navruzovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Polatova Djamilya Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Qozoq milliy onkologiya va radiologiya ilmiy-tekshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy probiotikni va transuretral rezeksiyani qo‘shma qo‘llash yo‘li bilan yuzaki qovuq saratonining davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuzaki qovuq saratonining xirurgik davolash bilan kombinatsiyada pufak ichi probiotikoterapiya usuli ishlab chiqilgan;

yuzaki qovuq saratoni klinik kechishi va joylashuvi bilan yuzaki qovuq saraton invaziyasi infil`tratsiyasining proporsional bog‘liqligi aniqlangan;

yuzaki qovuq saratoni gistologik tuzilishi, bosqichi va maxsus davoning bevosita natijasiga bevosita ta’sir etuvchi mahalliy mikrobiotsenoz va immun holatning siljishlari aniqlangan;

yuzaki qovuq saratoni patologik angiogenezi ifodalanishi, o‘sma jarayonining qaytalanishining asosiy omili va turli davolash usullari samaradorligini baholashda prognostik mezon bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi isbotlangan;

pufak ichi probiotikoterapiyasining disbiotik o‘zgarishlar korreksiyasi, shartli patogen va patogen mikrofloraning tanlangan dekontaminatsiyasi hamda keyinchalik mahalliy va tizimli immunitetni kuchaytirishga bo‘lgan ahamiyati aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qovuq saratoni diagnostikasi va davolashining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ishlab chiqilgan “Yuzaki qovuq saratonining kombinirlashgan davosi samaradorligini oshirish maqsadida probiotiklarni pufak ichi installyasiya usuli” tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 yanvardagi 8n-d/10-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul, yuzaki YuQSga chalingan bemorlarda amaliyotdan keyingi davrda hayot sifati ko‘rsatkichlarini 1,5-2 martaga yaxshilash imkonini bergan;

ishlab chiqilgan “Bioptatning sitomorfologik tahlili va o‘sma to‘qimasida patologik angiogenezni o‘rganish usuli” tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 yanvardagi 8n-d/10-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul davolashning ehtimoliy oqibatini prognozlash, bu esa o‘z navbatida, keyingi davolash taktikasini adekvat belgilash imkonini bergan;

yuzaki qovuq saratonining diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax va Xorazm viloyat filiallari onkourologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 yanvardagi 8n-d/10-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan kompleks yondashuvning qo‘llanilishi YuQS kombinirlashgan davolash qaytalanishsiz davri davomiyligini 10,1+0,9 dan 13,2+0,4 oygacha yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish