Qoraeva Dilnavoz Kumakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy ingibitorlar asosida neft va gaz sanoatida burgʻulash qorishmalari uchun termik barqaror stabillovchi reagentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3830.
Ilmiy rahbar: Gʻulomov Shuxratqodir Toshtemirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy ingibitorlar asosida neft va gaz sanoatida burg‘ulash qorishmalari uchun termik barqaror stabillovchi reagentlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
loy shlam qismlarining bo‘kishi va tarqalishining oldini olish uchun ingibirlovchi reagentlarning Ingolin-01, 02, 03, 04 markalari ishlab chiqilgan;
loyli jinslarda quduqlarni burg‘ulashda loy shlam qismlarining bo‘kishi va tarqalishining oldini olish uchun ishlatiladigan ingibirlovchi reagentlar asosida tormozlovchi burg‘ulash eritmalari olingan;
mahalliy xomasholar asosida olingan ingibitorlarning burg‘ulash eritmalari muhitidagi termik barqarorligi aniqlangan;
mahalliy xomasholar asosida olingan ingibitorlar asosida neft va gaz sanoatida burg‘ulash qorishmalari uchun termik barqaror stabillovchi reagentlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy ingibitorlar asosida neft va gaz sanoatida burg‘ulash qorishmalari uchun termik barqaror stabillovchi reagentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolardan olingan lignin, Na-KMS, PAS va noorganik tuzlar asosida burgʻulash qorishmalari uchun stabillovchi reagentlar olish texnologiyasi “INNOVATIVE ChEMICAL TEChNOLOGIES” MChJda amaliyotga joriy etilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 5 yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft va gaz sanoatida burg‘ulash qorishmalari uchun mahalliy xomashyolar asosida termik barqaror stabillovchi reagentlar olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan neft va gaz sanoatida burg‘ulash qorishmalari uchun termik barqaror stabillovchi reagentlar Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi Sho‘rtan konining 126-sonli qudug‘ida qo‘llanilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 5 yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolardan olingan termik barqaror Ingolin-01 va Ingolin-02 markali ingibitorlarni 1600C haroratda burg‘ulash jarayonlarida qo‘llash imkonini bergan.