Abdurahmonova Iroda Sobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy kannabis va soflor o‘simligidan organik kompozision materiallar hamda kamtonnajli mahsulotlar olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4106.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Muradovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Amanova Nodira Davlyatovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy kannabis va soflor o‘simligidan organik materiallar hamda kamtonnajli mahsulotlar olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy kannabis va saflor o‘simliklarini poya qismidan organik materiallar olish uchun yaroqli bo‘lgan sellyulozaning bir nechta markalari ajratib olingan;
kannabis va saflor poyalaridan ajratib olingan sellyuloza markalarining sifat ko‘rsatkichlari, fizik-kimyoviy va mexanik-strukturaviy xossalarini aniqlangan;
kannabis yarimsellyulozasidan neft va gaz sanoatida burg‘ulash eritmalarini stabillovchi termik barqaror yarimpolianionli sellyuloza olingan;
kannabis sellyulozasidan oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, kosmetika ishlab chiqarish uchun ishlatilinadigan mikrokristall sellyuloza - MKS (E-460) olingan va uning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
mahalliy kannabis va saflor (masxar) o‘simligidan kam tonnajli organik materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy kannabis payraxalarini turli maydalikdagi fraksiyalarga ajratgan holda sellyuloza bilan fraksiyalarni 70/30 nisbatda kompozitidan Ya-PAS olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kannabis yarimsellyulozasi asosida olingan Na-KMS Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi Sho‘rtan konining 26-sonli qudug‘ida neft va gaz qazib olishda burg‘ulash qorishmalari uchun stabillovchi reagent – ingibitor sifatida amaliyotda qo‘llanilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 9 yanvardagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, kannabis payraxalarining turli o‘lchamdagi fraksiyalarini kannabis sellyulozasi bilan 70/30 nisbatda aralashmasi asosida olingan Ya-PAS yordamida fizik-mexanik xossalari yaxshilangan burg‘ulash eritmalari tarkibini ishlab chiqish imkonini bergan;
kannabis va soflor o‘simliklari poyasidan olingan sellyuloza asosida sintez qilingan PAS va P-KMS Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida burg‘ulash eritmalari tayyorlashda  qo‘llanilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 9 yanvardagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, burg‘ulash eritmalari tayyorlashda ishlatiladigan import qilinadigan kimyoviy reagentlar miqdorini kamaytirish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish