Islomova Feruza Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yozma nutq ko‘nikmalrini rivojlantirishda esse metodidan foydalanish texnologiyasi (7-10-sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi va nazariyasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5046.
Ilmiy rahbar: Muminov Sidikjon Mirsobitovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Baxtigul Kuchkarovna, pedagogika fanlari doktori, dotset; Mavlonova Klaraxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda esse yozish texnologiyasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
essening kommunikativ vaziyatda pragmatik kompetensiya va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilishi nafaqat ta’lim jarayonida, balki o‘quvchilarning hayotiy tajribalarida ham muhim amaliy ahamiyatga egaligi, mantiqiy-mazmuniy izchillikda matn yaratish talablariga muvofiq, mustaqil ijodiy fikrlash, o‘z nuqtai nazarini asosli dalillar bilan qo‘llab-quvvatlash va fikrni izchil hamda tushunarli tarzda ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlari “Yo‘riqnomali jadval” usuli asosida takomillashtirilishi aniqlangan;
esse yozishning o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishi, aniq va mantiqiy fikrni ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishi, shuningdek, o‘z fikrini asosli tarzda bayon qilish imkonini berishi sababli o‘zbek tili fanidan egallagan lingvistik kompetensiya, umumiy bilim va dunyoqarashni aks ettirishga imkon berishi, yozma nutqni hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi asoslangan;
esse yozishga qo‘yiladigan metodik talablarni aniq belgilash zarurati o‘quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish hamda ularning yozma nutq ko‘nikmalarini tizimli ravishda shakllantirish ehtiyojidan kelib chiqqan holda, mazkur jarayon qiziqarlilik, mantiqiylik, uslubning aniqligi, shakl va hajm mutanosibligi, maqsadning aniq belgilanishi, adabiy til me’yorlariga rioya etish, qisqalik va mas’uliyatlilik kabi metodik mezonlarni o‘z ichiga olishi lozimligi asoslangan;
esse matnini tekshirishning ona tiliga xos tartib-qoidalari, mezonlariga ko‘ra ona tili o‘qituvchilari uchun o‘quvchilarni esse yozishga tizimli tayyorlash, grammatik aniqlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish, mantiqiy izchillik va mazmuniy to‘liqlik kabilar muhim ahamiyat kasb etitshi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni esse yozishga o‘rgatish texnologiyasini takomillishtirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
essening kommunikativ vaziyatda pragmatik kompetensiya va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilishi nafaqat ta’lim jarayonida, balki o‘quvchilarning hayotiy tajribalarida ham muhim amaliy ahamiyatga egaligi, mantiqiy-mazmuniy izchillikda matn yaratish talablariga muvofiq, mustaqil ijodiy fikrlash, o‘z nuqtai nazarini asosli dalillar bilan qo‘llab-quvvatlash va fikrni izchil hamda tushunarli tarzda ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlari “Yo‘riqnomali jadval” usuli asosida takomillashtirilishi oid nazariy qarashlardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan №OT-F-1-100 “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 18-dekabrdagi 04/6392-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
esse yozishga qo‘yiladigan metodik talablarni aniq belgilash zarurati o‘quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish hamda ularning yozma nutq ko‘nikmalarini tizimli ravishda shakllantirish ehtiyojidan kelib chiqqan holda, mazkur jarayon qiziqarlilik, mantiqiylik, uslubning aniqligi, shakl va hajm mutanosibligi, maqsadning aniq belgilanishi, adabiy til me’yorlariga rioya etish, qisqalik va mas’uliyatlilik kabi metodik mezonlarni o‘z ichiga olishi lozimligi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohaza va xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 12-sentyabrdagi 04/4840-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha faoliyati doirasida qo‘llanilgan matnlarning muhim til qoidalari asosida yozilishiga, shuningdek, ijodkor yoshlar o‘rtasida esse yozish mahoratini yuksaltirish ishlarida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan;
esse yozishning o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishi, aniq va mantiqiy fikrni ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishi, shuningdek, o‘z fikrini asosli tarzda bayon qilish imkonini berishi sababli, o‘zbek tili fanidan egallagan lingvistik kompetensiya, umumiy bilim va dunyoqarashni aks ettirishga imkon berishi, yozma nutqni hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi borasidagi takliflardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Biz bilgan va bilmagan dunyo”, “Otalar so‘zi”, “Xayrli kun” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-noyabrdagi 02-12/226-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ma’rifiy mundarijasi qimmatining oshishiga xizmat qilgan.