Tajibaev Shuxrat Xudaybergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nominal ma’lumotlar fazosida informativ belgilar majmuasini tanlash algoritmi va tashxislash axborot tizimi” mavzusidagi 05.01.10 - “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3874.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, PhD.13/05.05.2023.T.162.01.
Rasmiy opponentlar: Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Asqaraliev Odilbek Ulug‘bek o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nominal ma’lumotlar fazosida ortiqcha yoki ahamiyasiz belgilarni tashlab yuborish orqali ma’lumotlarni yanada ixchamlash-tirish, eng yuqori ma’lumot beruvchi belgilarni ajratib olish evaziga qaror qabul qilishga ko‘maklashish va tasniflash samaradorligini oshirish algoritmlari va axborot tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
axborot jarayonlari va axborot resurslarini tavsiflash, baholash, ma’lumotlarni samarali va aniq ifodasini ta’minlashga asoslangan nominal ma’lumotlar to‘plamidagi har bir belgining muhimligini aniqlash mezoni, tasniflash algoritmi va dasturiy modullari ishlab chiqilgan;
belgilarning axborot o‘lchamini aniqlash jarayonlari hamda belgilar muhimligini baholash algoritmiga asoslangan jarayonlar va tizimni axborot bilan ta’minlashning konseptual modeli ishlab chiqilgan;
nominal ma’lumotlar fazosida axborot resurslarini tavsiflash, baholash hamda informativ belgilar majmuasini samarali tanlash va sinflashtirish algoritmlari asosida axborot tizimi va uning jarayonlarining tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqilgan;
obektlar aro o‘xshashliklarni aniqlash masalasining UML ketma-ketlik diagrammalari asosida nominal ma’lumotlar fazosida informativ belgilarni tanlash, qaror qabul qilishga ko‘maklashish va tasniflash samaradorligini oshirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Nominal ma’lumotlar fazosida informativ belgilar majmuasini tanlash algoritmi va tashxislash axborot tizimi yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot jarayonlari va axborot resurslarini tavsiflash, baholash, informativ belgilarni tanlash va sinflashtirish algoritmi asosida yaratilgan tashxislash axborot tizimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani tibbiyot birlashmasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 13-dekabrdagi 01-04/11572–sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar natijasi vaqtni 23%ga qisqartirish orqali ish samaradorligini 22%ga oshirishga imkon bergan;
timsollarni tanib olish uchun nominal ma’lumotlar fazosi shakllantirilgan. Mazkur baza yordamida axborot jarayonlari va axborot resurslarini tavsiflash, baholash informativ belgilarni tanlash, sinflashtirish va guruhlashtirish algoritmi asosida yaratilgan tashxislash axborot tizimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 13-dekabrdagi 01-04/11572–sonli ma’lumotnomasi). Har bir simptom ma’lumotlarni ajratib berish yordamida vaqtni 19%ga qisqartirish orqali ish samaradorligini 20% ga oshirish imkoniyati yaratildi;
nominal ma’lumotlar fazosida axborot resurslarini tavsiflash, baholash hamda informativ belgilarni tanlash va sinflashtirish algoritmi asosida yaratilgan axborot tizimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 13-dekabrdagi 01-04/11572–sonli ma’lumotnomasi). Natija vaqtni 19%ga qisqartirish orqali ish samaradorligini 18% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish