Inoyatova Nilufar Raxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xusnbuzar kasalligining klinik-genetik va mikrobiologik jixatlari va patogenetik davolash usullari”, 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2452.
Ilmiy raxbar: Sabirov Ulugbek Yusupxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Mavlyanova Nigora Narimanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi husnbuzar kasalligi rivojlanishining kliniko–genetik va immunno-mikrobiologik mexanizmlarini o‘rganish va olingan natijalar asosida davo va profilaktika usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
husnbuzar bemorlarda zararlangan teri o‘chog‘ida 78,8% holatda aniqlangan Micrococcacea – staphylococcus spp. oilasiga kiruvchi shartli-patogen floraning  kollonizatsiyalanish darajasi sog‘lom shaxslarga nisbatan 17,3 barovar yuqori va bu shartli-patogen floraning kolonizatsiyalanishga rezistentlik xolatining buzilishi sindromi ekanligi isbotlangan;
husnbuzar bemorlarda 47,2% da dermatozning klinik kechishining og‘irligi chuqurlashishgai va uning surunkali turga o‘tishiga olib keladigan bakterial infeksiyaning persistirlovchi turi, xususan metisillin-rezistent koagulonegativ Staphylococcus spp. non aureus (MRCoNS) – 68,9% holatda va St.aureus stafilokokklarining metisillinrezistent genotiplarining og‘ir darajali turi (MRSA) – 22,4% holatda aniqlangan;
husnbuzar kasalligi bemorlarning qon zardobida yallig‘lanish oldi (IL-6) sitokinning haddan tashqari 4,2 barobar ko‘p ishlab chiqarilishi va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinning 2,3 barobar kamayishi bilan umumiy IgE ning miqdori oshishi fonida bemorning organizmida bakterial sensibilizatsiya xolatining rivojlanishi hamda Staphylococcus spp. shartli-patogen florasini yuqori kollonizatsiya bilan ishonchli korrelyasiyasini namoyon qilishi isbotlangan;
patologiyaga nisbatan ishonchli protektiv markerlari hisoblanadigan FABP2 genining ALA54THR polimorfizmi va ADRB3 genining Trp64Arg rs4994 genotipining o‘zbek populyasiyasida og‘ir husnbuzar kasalligi rivojlanish xavfini oshirishidagi ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabr` 02-10/9son xulosasiga (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbyot markazining 2022 yil 5 oktyabrdagi 01-09/660 -sonli xati yuborilgan) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: husnbuzar bemorlarda zararlangan teri o‘chog‘ida 78,8% holatda aniqlangan Micrococcacea – staphylococcus spp. oilasiga kiruvchi shartli-patogen floraning  kollonizatsiyalanish darajasi sog‘lom shaxslarga nisbatan 17,3 barovar yuqori va bu shartli-patogen floraning kolonizatsiyalanishga rezistentlik xolatining buzilishi sindromi ekanligi isbotlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va uning Xorazm viloyati filiali shifoxonasida 29 mart 2022yil №18-I-1§-sonli buyrug‘i va “Ixlos med servis” xususiy klinikasi amaliyotiga 11.10.2022 yildagi 10-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Xusnbuzar bemorlarda shartli-patogenli mikroorganizmlarning kolonizatsion xolatini aniqlanishi kasallikning og‘irlik darajasini erta tashxislaydi, samarali davolash jarayonini tezlashtirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xusnbuzar kasalligida terida bakteriologik tashxislashni amaliyotda qo‘llanilishi orqali antibiotiklarga bo‘lgan sezuvchanliklarni aniqlaydi va bemorlarga vaqtida kerakli antibiotik dori vositalarini tizimli va maxalliy qo‘llashga imkon yaratadi va poliprogmaziya xolatini kamaytiradi. Bemorlarda bakterial yallig‘lanishga qarshi davolanishga sarf qilinadigan xarajati o‘rta xisobda 451864 so‘mni tashkil qilgan va 32 nafar bemorga 14459648 so‘m ortiqcha sarf xarajalarni iqtisod qilishga imkon bergan. Xulosa: xusnbuzar kasalligida to‘g‘ri tanlangan antibiotik terapiyasini tayinlash, 1 nafar bemor hisobiga davolash uchun ajratilgan mablag‘larini 451864 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: husnbuzar kasalligi bemorlarning qon zardobida yallig‘lanish oldi (IL-6) sitokinning haddan tashqari 4,2 barobar ko‘p ishlab chiqarilishi va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinning 2,3 barobar kamayishi bilan umumiy IgE ning miqdori oshishi fonida bemorning organizmida bakterial sensibilizatsiya xolatining rivojlanishi hamda Staphylococcus spp. shartli-patogen florasini yuqori kollonizatsiya bilan ishonchli korrelyasiyasini namoyon qilishi isbotlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati shifoxonasida hududiy filiali bo‘yicha 29 mart 2022yil №18-I-1§-sonli buyrug‘i hamda “Ixlos med servis” xususiy klinikasi amaliyotiga 11.10.2022 yildagi 10-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Staphylococcus spp. mikroorganizmlarini polimeraz zanjirli reaksiya usulida aniqlanishi mikrobiologik kultural tadqiqotlar ko‘rsatkichlaridan 4 barobar yuqori bo‘lib, o‘zining qisqa vaqt (1 soat) ichida stafilakokklarning genotiplari turlarini aniqlaydi va xusnbuzar bemorlarda samarali etiotrop antibiotikli terapiyasining taktikasini belgilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: stafilakokklarning polimeraz-zanjirli reaksiya usuli orqali genotiplarini aniqlanishi orqali tashxislashni qisqa muddatini egallashi va erta davolashni belgilash imkonini yaratgan (RIDVvaKIATMning preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik yotish harajati o‘rtacha 750000 so‘mni tashkil etadi, polimeraz zanjirli reaksiya tekshirish usulini qo‘llash, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash hisobiga 7500000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. Xulosa: xusnbuzar bemorlarda polimeraz-zanjirli reaksiya usuli bilan tashxislash usulini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: husnbuzar kasalligi bemorlarning qon zardobida yallig‘lanish oldi (IL-6) sitokinning haddan tashqari 4,2 barobar ko‘p ishlab chiqarilishi va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinning 2,3 barobar kamayishi bilan umumiy IgE ning miqdori oshishi fonida bemorning organizmida bakterial sensibilizatsiya xolatining rivojlanishi hamda Staphylococcus spp. shartli-patogen florasini yuqori kollonizatsiya bilan ishonchli korrelyasiyasini namoyon qilishi isbotlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazinining klinikasida va Respublika ixtisoslashgantirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya tibbiy markazi Xorazm viloyati filiali 29 mart 2022yil №18-I-1§-sonli buyrug‘i va “Ixlos med servis” xususiy klinikasi amaliyotiga 11.10.2022 yildagi 10-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xusnbuzar kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarda bakterial sensibilizatsiyani davolashda terapiya taktikasining monitoringini, ya’ni O‘zbekiston tabiiy manba’lari asosida ishlab chiqilgan yuqori minerallashgan balchiq niqobi “fatiderm-m” va svetodiodli fototerapiyani qo‘llash orqali fizioterapevtik innovatsion usulining to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan innovatsion davolash usuli xusnbuzar kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda teridagi patologik jarayonlarini so‘rilishi dinamikasini tezlashtirdi va statsionarda yotish kunini 1,4 marotabaga kamaytirishga olib keldi. Va shu bilan birga kasallikning qaytalanish xolatini kamaytirish xisobiga davolanish xarajatlarini 2,5 marotabaga kamaytiradi, ya’ni shifoxonada yiliga yotib davolanish jarayoniga o‘rta xisobida sarf qilinadigan xarajatlar to‘lov miqdori taxminan 5250000 so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilingan. Xulosa: xusnbuzar bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga sarflash mablag‘larni 750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: patologiyaga nisbatan ishonchli protektiv markerlari hisoblanadigan FABP2 genining ALA54THR polimorfizmi va ADRB3 genining Trp64Arg rs4994 genotipining o‘zbek populyasiyasida og‘ir husnbuzar kasalligi rivojlanish xavfini oshirishidagi ahamiyati aniqlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinikasi va Respublika ixtisoslashgantirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya tibbiy markazi Xorazm viloyati filiali 29 mart 2022yil №18-I-1§-sonli buyrug‘i va “Ixlos med servis” xususiy klinikasi amaliyotiga 11.10.2022 yildagi 10-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik va molekulyar-genetik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra xusnbuzar kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarda personatsiyalashgan ovqatlanish tartibini qo‘llash asosida kasallkning og‘ir shakllarini rivojlanishini oldini olishda va kasallikning qaytalanish xolatini kamaytirishga imkon yaratadi. Yuqori mineralizatsiyalashgan (fatiderm-m) loyli niqobli davolash maxsulotini dermatologiya amaliyotida qo‘llanilishi import o‘rinli dori vositalari o‘rnini bosadi va amaliyotda keng qo‘llamda foydalanish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan innovatsion davolash usuli kasallikning qaytalanish holatini 8,6 marotabaga kamaytirgan, davolanish samaradorligini 76,05%ga oshirgan. Buning negizida bemorlarning davolanishga qaratilgan pullik harajatlari 3,5 barobarga kamaygan. Xulosa: teri yarali bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga sarflanadigan mablag‘larini 750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish