Ochilova Dilorom Abdukarimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Daun sindromi mavjud o‘smirlarda antropometrik ko‘rsatkichlarning qiyosiy tavsifi” 14.00.02-Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4015.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Pavlova Tat`yana Vasil`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Iso Konoevich Axunbaev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
II. Tadqiqotning maqsadi: Daun sindromi mavjud o‘smirlarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, antropometrik parametrlar va tana tarkibini bioimpedansometrik tahlilini o‘rganish, yosh va jinsga xos zaif antropometrik ko‘rsatkichlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
12-17 yoshdagi Daun sindromi mavjud va sog‘lom o‘smirlarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari va tana turli qismlarining antropometrik parametrlarining o‘sishi va rivojlanishi dinamikasining yosh va jinsga xos xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor Daun sindromi bo‘lgan o‘smirlarda tana tarkibining bioimpedans sog‘lom o‘smirlarga nisbatan farqlari tadqiqotda keng qamrovli ekanligi asoslangan;
Daun sindromi mavjud o‘smirlarda retrospektiv usulda kasalliklar tahlili o‘rganilgan hamda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari va antropometrik parametrlar bilan bog‘liqligi isbotlangan;
Daun sindromi mavjud o‘smirlarda keng uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va zaif antropometrik parametrlarni korreksiyasiga doir reabilitatsion choralar ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
DS mavjud va sog‘lom o‘smirlarda tana turli kismlari antropometrik ko‘rsatkichlari hamda tana tarkibining bioimpedans tahlilining qiyosiy tavsifini o‘rganish orqali reabilitatsiya va profilaktika usullarini  takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Daun sindromi mavjud 12-17 yoshdagi o‘smirlarda tana turli qismlari  antropometrik ko‘rsatkichlarning shu yoshdagi sog‘lom o‘smirlarning ko‘rsatkichlaridan pastligi, ularning yoshga bog‘liq xususiyatlari, o‘smirlarning o‘sishi va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda asoslangani Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024-yil 2-martdagi 24-M/040-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Daun sindromi mavjud o‘smirlik davrida bo‘lgan bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarning qiyosiy tavsifi” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.06.2024 yildagi 62-son hamda Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserining 29.06.2024 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/50-son xulosasi). Ijtimoiy  samaradorligi tadqiqot natijalarida Daun sindromi mavjud o‘smirlarda aniqlangan jismoniy rivojlanish parametrlari, tana turli qismlarining antropometrik ko‘rsatkichlari va tana tarkibining o‘zgarishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tibbiy ko‘riklarda, ularning yoshi va jinsini hisobga olgan holda zaif antropometrik parametrlarni aniqlash orqali aniq maqsadli reabilitatsiya va profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirib, bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Daun sindromi mavjud o‘smirlarda turli kasalliklar bilan murojaat qiluvchi bemorlar orasida ushbu kontingentdagi bemorlarni uchrash darajasi, ularning o‘ziga xos klinikasi hamda yangi zamonaviy antropometrik tekshiruvlarning ishlab chiqilganligi vizual tekshirish o‘tkazish jarayon samaradorligini oshirish orqali yangi zamonaviy antropometrik tadqiqot usullarni qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 80000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Daun sindromi mavjud o‘smirlar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari taqqoslanganda sog‘lom o‘smirlar parametrlaridan orqada qolishi aniqlangani Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024-yil 2-martdagi 24-M/040-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Daun sindromi mavjud o‘smirlik davrida bo‘lgan bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarning qiyosiy tavsifi” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.06.2024 yildagi 62-son hamda Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserining 29.06.2024 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/50-son xulosasi). Ijtimoiy  samaradorligi Daun sindromi mavjud bo‘lgan o‘smirlar tanasining turli qismlari antropometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari asosida  ishlab chiqilgan profilaktika va reabilitatsiya algoritmi o‘smirlarning o‘sishi va rivojlanishini qiyosiy baholashda foydalanish uchun tavsiya etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Daun sindromi mavjud o‘smirlarda turli kasalliklar bilan murojaat qiluvchi bemorlar orasida ushbu kontingentdagi bemorlarni uchrash darajasi, ularning o‘ziga xos klinikasi hamda yangi zamonaviy antropometrik tekshiruvlarning ishlab chiqilganligi vizual tekshirish o‘tkazish jarayon samaradorligini oshirish orqali yangi zamonaviy antropometrik tadqiqot usullarni qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 65000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘smirlik davridagi sog‘lom o‘smirlar boshi va yuzining morfometrik ko‘rsatkichlari Daun sindromi mavjud o‘smirlik davrdagi bolalarning ma’lumotlari bilan o‘rganilganda sezilarli darajada farqlanishi aniqlangani Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024-yil 2-martdagi 24-M/040-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Daun sindromi mavjud o‘smirlik davrida bo‘lgan bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarning qiyosiy tavsifi” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.06.2024 yildagi 62-son hamda Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserining 29.06.2024 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/50-son xulosasi). Ijtimoiy  samaradorligi Daun sindromi mavjud o‘smirlar kraniofassial sohasining morfometrik ko‘rsatkichlarini sog‘lom o‘smirlarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili ma’lumotlari pediatrlar, ortopedlar va umumiy amaliyot shifokorlariga tashxislash, kuzatish, davo taktikasini tanlashda yordam beradi, shu bilan birga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Daun sindromi mavjud o‘smirlarda turli kasalliklar bilan murojaat qiluvchi bemorlar orasida ushbu kontingentdagi bemorlarni uchrash darajasi, ularning o‘ziga xos klinikasi hamda yangi zamonaviy antropometrik tekshiruvlarning ishlab chiqilganligi vizual tekshirish o‘tkazish jarayon samaradorligini oshirish orqali yangi zamonaviy antropometrik tadqiqot usullarni qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 78000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Sog‘lom o‘smirlar tana tarkibi Daun sindromi mavjud o‘smirlarning ko‘rsatkichlaridan sezilarli darajada farqlanishi aniqlangani Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024-yil 2-martdagi 24-M/040-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Daun sindromi mavjud o‘smirlik davrida bo‘lgan bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarning qiyosiy tavsifi” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.06.2024 yildagi 62-son hamda Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserining 29.06.2024 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/50-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi DS mavjud o‘smirlarda tana tarkibidagi o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  ushbu sindromi mavjud o‘smirlarning ovqatlanishi, faol turmush tarzini tatbiq qiluvchi kun tartibi bo‘yicha tavsiyalar aniq maqsadli reabilitatsiya va profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirib, bemorlar  turmush tarzinpi o‘zgartiradi va hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Daun sindromi mavjud o‘smirlarda turli kasalliklar bilan murojaat qiluvchi bemorlar orasida ushbu kontingentdagi bemorlarni uchrash darajasi, ularning o‘ziga xos klinikasi hamda yangi zamonaviy antropometrik tekshiruvlarning ishlab chiqilganligi vizual tekshirish o‘tkazish jarayon samaradorligini oshirish orqali yangi zamonaviy bioimpedansometrik tadqiqot usullarni qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish