Polvonova Bashoratxon Mirobijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sintaktik sinonimiya va sintaktik variantlilik”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3292.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Muhammadjon Yusubjonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Hurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nurmonova Dilfuza Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbek tilshunosligida sintaktik sinonimiya hamda variantlilikka doir muammolarni, ulardagi o‘xshash va farqli jihatlarni, sintaktik variatsiya yuzasidan an’anaviy hamda sistem tilshunoslikdagi qarashlarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zaro ma’nodoshlik xususiyatga ega bo‘lgan, bir-birini taqozo etuvchi elementlar o‘rtasidagi munosabatlardan tashkil topgan nisbiy butunlik sifatida, dialektik falsafa va uning qonuniyatlariga tayangan holda, o‘zbek tili materiallari asosida lisoniy ma’nodoshlik hamda unga o‘xshash hodisalar chegarasi aniqlangan;
sintaktik birliklar doirasida so‘z qo‘shilmasining o‘rni belgilanib, barcha sintaktik birliklar sinonimiyasi mazmuniy tomondan ochib berilgan hamda uning bitta umumiy propozisiya orqali ifodalanishi isbotlangan;
ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan sintaktik variantlilik borasidagi qarama-qarshi fikrlar ochiqlanib, an’anaviy va sistem tilshunoslik nuqtayi nazaridan variantlashuv hodisasi izohlangan hamda sintaktik butunliklarning invariant modeli asosida variantlari ishlab chiqilgan, o‘zbek tilida variantlilikni yuzaga keltiruvchi vositalar tavsiflangan holda, variatsiya va unga yondosh hodisalar (ma’nodoshlik, parallelizm, mo‘tadillashuv)ning o‘zaro munosabati dalillangan;
til tizimining izomorfik xususiyatidan kelib chiqib, variantlilikning sinonimlik va parallellikni qamrab oluvchi universal hodisa ekanligi, o‘zbek tilidagi sintaktik birliklar o‘rtasidagi ma’nodoshlikka asos bo‘luvchi belgilar, ushbu belgilarning sinonimiyaga sabab bo‘luvchi omillari hamda vositalari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida so‘z birikmasi, so‘z qo‘shilmasi, gap, qo‘shma gap kabi sintaktik birliklar sinonimiyasi hamda variantlashuvi va bu hodisalarga olib keluvchi shart-sharoitlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan sintaktik variantlilik borasidagi qarama-qarshi fikrlar ochiqlangan, an’anaviy va sistem tilshunoslik nuqtayi nazaridan variantlashuv hodisasi izohlanib, sintaktik butunliklarning invariant modeli asosida variantlari ishlab chiqilgan, o‘zbek tilida variantlilikni yuzaga keltiruvchi vositalar tavsiflangan holda, variatsiya va unga yondosh hodisalar (ma’nodoshlik, parallelizm, mo‘tadillashuv) ning o‘zaro munosabati borasidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan 2021-2023-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzah filialida amalga oshirilgan IL-412104529 raqamli “Nutq signallari asosida ovoz va matnni tanib olish, qayta ishlash orqali stenogrammalarni shakllantiruvchi “Sound and text transcript” intellektual-dasturiy mahsulotini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzah filialining 2024-yil 12-fevraldagi 01-128/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadan ko‘zlangan intellektual-dasturiy mahsulotni ishlab chiqishda tadqiqot xulosalariga tayanilgan;
o‘zaro ma’nodoshlik xususiyatga ega bo‘lgan, bir-birini taqozo etuvchi elementlar o‘rtasidagi munosabatlardan tashkil topgan nisbiy butunlik sifatida, ya’ni dialektik falsafa va uning qonuniyatlariga tayangan holda, o‘zbek tili materiallari asosida lisoniy ma’nodoshlik hamda unga o‘xshash hodisalar haqidagi dissertatsiya xulosa va tavsiyalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2022-2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2024-yil 5-martdagi 254-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning mazmunan boyitilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatilgan;
sintaktik birliklar doirasida so‘z qo‘shilmasining o‘rni belgilanib, barcha sintaktik birliklar sinonimiyasi mazmuniy tomondan yoritilgan va bitta umumiy propozisiya orqali ifodalanishi hamda til tizimining izomorfik xususiyatidan kelib chiqib, variantlilikning sinonimlik va parallellikni qamrab oluvchi universal hodisa ekanligi, o‘zbek tilidagi sintaktik birliklar o‘rtasidagi ma’nodoshlikka asos bo‘luvchi belgilar, ushbu belgilarning sinonimiyaga sabab bo‘luvchi omillari hamda vositalari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-dekabrdagi 02-36-896-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan.