Xudoyarova Ziyoda Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda o‘zini-o‘zi rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P56.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tulyaganova Gulnoza Olimjon qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirishning pedogagik psixologik xususiyatlarini ilmiy-uslubiy jihatdan ochib berish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning o‘zini rivojlantirishga tayyorlik darajasi ta’limiy vaziyatlarda shaxsning o‘z kamchiliklarini bilishga, xatolarini tuzatishga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ehtiyojini o‘zida mujassamlashtirgan “o‘zini bilishga psixologik tayyorlik” ijtimoiy mavqe va raqobatga intilish motivlarini faolashtirganligi tufayli shaxs motivasion yo‘nalganligigi bog‘liq namoyon bo‘lishi asoslangan;
talabalardagi o‘zini rivojlantirishiga shaxs intilishlar darajasining ta’siri natijasida ichki va musobaqalashuv motivlari tashabbuskorlik sifatlariga uyg‘un holda “o‘zimni bilmayman va bilishni xoxlayman” bilan bog‘liq refleksiv jarayonlarni kuchaytirganligi tufayli shaxsning o‘zini bilishga psixologik tayyorligi ortishi isbotlangan;
talabalarda o‘zini ozi rivojlantirishning pedagogik - psixologik xususiyatlari ta’lim jarayonida vaziyatli, retrospektiv, perspektiv refleksiyaning dinamikasi irodaviy sifatlarni shakllanishiga ta’sir etganligi tufayli shaxs refleksiya darajasiga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi dalillangan;
talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik modeli ijodiy faoliyat, mustaqillik, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, qat’iyatlilik, o‘zini o‘zi boshqarish, maqsadga intilish xususiyatlarini ta’lim jarayonida ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxs sifatlarining integral ta’sirini hisobga oluvchi komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda o‘zini-o‘zi rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning o‘zini rivojlantirishga tayyorlik darajasi ta’limiy vaziyatlarda shaxsning o‘z kamchiliklarini bilishga, xatolarini tuzatishga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ehtiyojini o‘zida mujassamlashtirgan “o‘zini bilishga psixologik tayyorlik” ijtimoiy mavqe va raqobatga intilish motivlarini faolashtirganligi tufayli shaxs motivasion yo‘nalganligigi bog‘liq namoyon bo‘lishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-159-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-159 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda o‘zini –o‘zi rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish imkiniyati yaratilgan;
talabalardagi o‘zini rivojlantirishiga shaxs intilishlar darajasining ta’siri natijasida ichki va musobaqalashuv motivlari tashabbuskorlik sifatlariga uyg‘un holda “o‘zimni bilmayman va bilishni xoxlayman” bilan bog‘liq refleksiv jarayonlarni kuchaytirganligi tufayli shaxsning o‘zini bilishga psixologik tayyorligi ortishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-159-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-159 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompitensiyalarini shaxs motivatsion yo‘nalganligiga bog‘liq holda namoyon bo‘lishini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda o‘zini ozi rivojlantirishning pedagogik - psixologik xususiyatlari ta’lim jarayonida vaziyatli, retrospektiv, perspektiv refleksiyaning dinamikasi irodaviy sifatlarni shakllanishiga ta’sir etganligi tufayli shaxs refleksiya darajasiga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-159-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-159 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda o‘zini ozi rivojlantirishning irodaviy o‘zini boshqarishga bog‘liq jihatlari aniqlashtirilgan;
talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik modeli ijodiy faoliyat, mustaqillik, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, qat’iyatlilik, o‘zini o‘zi boshqarish, maqsadga intilish xususiyatlarini ta’lim jarayonida ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxs sifatlarining integral ta’sirini hisobga oluvchi komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-159-son buyrug‘i bilan “Psixologik trening asoslari” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-159 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda o‘zini o‘zi rivojlantirishning psixologik modeli ishlab chiqilgan.