Qodirova Dilnoza Murtazoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak psixologlar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P500.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziqulova Amina Totliboevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xazrat Xuseynovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Shonazarov Asror Maxmaisoevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak psixologlar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini baholash va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligini namoyon bo‘lishida guruh bilan ishlashda do‘stona, samimiylikning muloqotdagi egosentrizmni pasayishiga ta’siri tufayli shaxslararo munosabatlardagi “hamkorlik-konvensiallik” omilining ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligi shaxslararo munosabatlarda muloqotchanlik, mantiqiy fikrlash, barqarorlik, optimizm, ijodiy tafakkur, o‘zini nazorat qilish, shaxsning o‘ziga va boshqalarga yo‘nalganlik xususiyatlarining dinamik rivojlanishi tufayli ijtimoiy kompetentlikka identiv namoyon bo‘lishi dalillangan;
bo‘lajak psixologlarning kommunikativ xususiyatlarida muloqot shartlariga moslashish ko‘nikmasi ifodali bayon qilinadigan nutq faolligi, o‘zga insonlarning kechinmalarini his qilishdagi psixologik barerlarni kuchaytirganligi tufayli agressivlik strategiyasi dinamik tarzda namoyon bo‘lishi asoslangan;
bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda shaxslararo munosabatlarda ifodali nutq, ijtimoiy-persepsiya, hamkorlikda ishlash sifatlarini shakllanishi muhimligi tufayli muloqotdagi qiyinchiliklarni engish ko‘nikmalariga korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak psixologlar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligini namoyon bo‘lishida guruh bilan ishlashda do‘stona, samimiylikning muloqotdagi egosentrizmni pasayishiga ta’siri tufayli shaxslararo munosabatlardagi “hamkorlik-konvensiyalik” omilining ustuvor xarakterga ega ekanligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-163-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-163a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning rsixologik imkoniyatlari tahlil etilgan;
bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligi shaxslararo munosabatlarda muloqotchanlik, mantiqiy fikrlash, barqarorlik, optimizm, tafakkur, o‘zini nazorat qilish, shaxsning o‘ziga va boshqalarga yo‘nalganlik xususiyatlarining dinamik rivojlanishi tufayli ijtimoiy kompetentlikka identiv namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-163-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-163a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligi namoyon bo’lishiga ta’sir etuvchi psixologik xususiyatlar aniqlashtirilgan;
bo‘lajak psixologlarning kommunikativ xususiyatlarida muloqot shartlariga moslashish ko‘nikmasi ifodali bayon qilinadigan nutq faolligi, o‘zga insonlarning kechinmalarini his qilishdagi psixologik barerlarni kuchaytirganligi tufayli agressivlik strategiyasi dinamik tarzda namoyon bo‘lishi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-163-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-163a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligining psixologik xususiyatlari aniqlangan;
bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda shaxslararo munosabatlarida ifodali nutq, ijtimoiy-persepsiya, hamkorlikda ishlash sifatlarini shakllanishi muhimligi tufayli muloqotdagi qiyinchiliklarni engish ko‘nikmalariga korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-163-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-163a-son ma’lumotnomasi).Natijada bo‘lajak psixologlarning kommunikativ kompetentligi rivojlantiruvchi psixokorreksion dasturi ishlab chiqilgan va uni samaradorligi baholangan.