Xazratqulova Lola Narmuminovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjetlararo munosabatlar tizimi samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit; 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt594.
Ilmiy maslahatchi: Karlibaeva Raya Xojibaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respubliksi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqalararo nomutanosiblikni pasaytirishda muhim omil bo‘lgan byudjetlararo munosabatlar tizimining samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “byudjetlararo munosabatlar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini belgilovchi hamda asosiy e’tiborni tashkiliy-huquqiy tavsifga asoslanganlikdan mintaqalarning moliyaviy ta’minlanganlik darajasini tekislash hamda davlatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishining asosiy tamoyili sifatidagi aholining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan munosabatlarga o‘tkazish asosida takomillashtirilgan;
mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini baholash uslubi mahalliy byudjet avtonomligi va barqarorligi (≥80; ≥70; ≤70; ≤40) ishbilarmonlik faolligi (≥15; =10-15; ≤10), byudjetni qoplash (≥90; =80-90; ≤80), byudjetni daromadlar va xarajatlar bilan ta’minlashning o‘sish sur’atlari (<25; 25-35; 35-45; >45) ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yorlar intervallarini kiritish hamda tegishli ballarga ko‘ra ifodalash asosida takomillashtirilgan;
byudjetlararo munosabatlar tizimining samaradorligini kompleks tahlil qilish algoritmi mahalliy byudjetning moliyaviy mustaqillik koeffisienti, mahalliy byudjetning tadbirkorlik faolligi koeffisienti va byudjet xarajatlari indeksini me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashga ko‘ra har biriga 0 yoki 1 qiymatini berish orqali aniqlash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston byudjetlararo munosabatlar tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda respublikaning byudjetlararo munosabatlar tizimini rivojlantirish dasturi byudjetlararo munosabatlarni rivojlantirishning 2024-2026 yillarda erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
byudjetlararo muvozanatlashtirish samaradorligini belgilovchi omillarni miqdoriy va sifat jihatidan baholashning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar mo‘ljallangan O‘zbekiston hududlari mahalliy byudjetlar daromadlarida byudjetlararo transfertlarning ulushi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjetlararo munosabatlar tizimining samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “byudjetlararo munosabatlar” tushunchasining iqtisodiy mazmunini uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini belgilovchi hamda asosiy e’tiborni tashkiliy-huquqiy tavsifga asoslanganlikdan mintaqalarning moliyaviy ta’minlanganlik darajasini tekislash hamda davlatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishining asosiy tamoyili sifatidagi aholining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan munosabatlarga o‘tkazish asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlarining 5230600-Moliya va moliya texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliya” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022 yil 2-iyundagi 10-son buyrug‘i). Ushbu taklifning joriy etilishi talabalarda byudjetlararo munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini belgilovchi hamda asosiy e’tiborni tashkiliy-huquqiy tavsifga asoslanganlikdan mintaqalarning moliyaviy ta’minlanganlik darajasini tekislash hamda davlatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishining asosiy tamoyili sifatidagi aholining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan munosabatlarga o‘tkazish asosida takomillashtirilgan iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarini oshirish imkonini yaratgan;
mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini baholash uslubi mahalliy byudjet avtonomligi va barqarorligi (≥80; ≥70; ≤70; ≤40) ishbilarmonlik faolligi (≥15; =10-15; ≤10), byudjetni qoplash (≥90; =80-90; ≤80), byudjetni daromadlar va xarajatlar bilan ta’minlashning o‘sish sur’atlari (<25; 25-35; 35-45; >45) ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yorlar intervallarini kiritish hamda tegishli ballarga ko‘ra ifodalash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 23-noyabrdagi 6/23-03-33/13-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikdan foydalanish mahalliy byudjetlarning faoliyatni optimallashtirish imkonini berib, O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlarning likvidligining 8,1%ga, ularning xavfsizligi darajasini 33,4%ga o‘sishiga, mahalliy byudjetlar daromadlarida tenglashtiruvchi byudjetlararo transfertlarning ulushini 6,6%ga, xarajatlarda esa 5%ga kamayishiga olib kelgan;
byudjetlararo munosabatlar tizimining samaradorligini kompleks tahlil qilish algoritmi mahalliy byudjetning moliyaviy mustaqillik koeffisienti, mahalliy byudjetning tadbirkorlik faolligi koeffisienti va byudjet xarajatlari indeksini me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashga ko‘ra har biriga 0 yoki 1 qiymatini berish orqali aniqlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi 6/23-03-33/13-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi byudjetlararo munosabatlar samaradorligi nuqtai nazaridan O‘zbekiston mahalliy byudjetlari reytingini tuzish va byudjet taqsimoti samaradorligini maksimal darajada oshirish va byudjetlararo munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mamlakat moliya tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
O‘zbekiston byudjetlararo munosabatlar tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda respublikaning byudjetlararo munosabatlar tizimini rivojlantirish dasturi byudjetlararo munosabatlarni rivojlantirishning 2024-2026 yillarda erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi 6/23-03-33/13-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekistonda byudjetlararo munosabatlar tizimida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish, jumladan, byudjet mablag‘larini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, ushbu mablag‘lardan foydalanishda shaffoflik va mas’uliyatni oshirish, shuningdek, mahalliy tadbirkorlik va investisiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash imkonini bergan;
byudjetlararo muvozanatlashtirish samaradorligini belgilovchi omillarni miqdoriy va sifat jihatidan baholashning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar mo‘ljallangan O‘zbekiston hududlari mahalliy byudjetlar daromadlarida byudjetlararo transfertlarning ulushi bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi 6/23-03-33/13-sonli ma’lumotnomasi). Modellashtirishning ilmiy natijalaridan foydalanish davlatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishining asosiy tamoyili bo‘lgan mintaqalarda aholining o‘sishi va turmush darajasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy va byudjet ko‘rsatkichlarining dinamikasi va tuzilishini uyg‘unlashtirish imkonini bergan.