Mirzaaxmedova Gulshanoy Mansurjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagoigka fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped3830.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Baxriddin Axmedovich, tarix fanlari doktori, professor; Boltaeva Mohichehra Jamshid qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarix ta’limi jarayonida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining analitik tafakkurini rivojlantirishda tarixiy muammoni tanlash, uni muayyan qismlarga ajratish, ma’lumotlarni taqqoslab ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish, fikrni izchillik bilan to‘g‘ri bayon etish, fikrlayotganda faqat dalillarga tayanish, axborotlarning muhimini ajrata bilish, muqobil echimlar bo‘lishi mumkinligini hisobga olish va xulosa chiqarish imkoniyatlarini analitik tafakkur operatsiyalari negizida samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining analitik tafakkurini rivojlantirishda tarixiy manbalarga tahliliy munosabatni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish, tarixiy manba va materiallar bilan ishlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni tizimli loyihalash, germenevtik baholash va muammoli ta’lim metodlarining didaktik omillarini o‘quv loyihalari tayyorlashga yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning kolloborativ va kognitiv munosabatni qaror toptirish komponentlari integratsiyasi “Tushunchalar tahlili”, “Tarixiy dalillar orqali analitik tafakkur”, “3 M”, “PRBL” metodlarini, shuningdek, “Muammo” texnologiyasining ahamiyatini reproduktiv joriy etish ustuvorligi asoslantirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi tuzilmaviy xarakterga egaligi, analitik tafakkur yuritishga motivatsiya hosil qilish, talabaning ma’rifati va tarbiyalanganlik darajasini ko‘tarish orqali uni rivojlantirish, mustaqil analitik amaliyotga o‘rgatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish orqali ma’naviy-mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning ma’rifiy vositasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
tarix ta’limi jarayonida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining analitik tafakkurini rivojlantirishda tarixiy muammoni tanlash, uni muayyan qismlarga ajratish, ma’lumotlarni taqqoslab ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish, fikrni izchillik bilan to‘g‘ri bayon etish, fikrlayotganda faqat dalillarga tayanish, axborotlarning muhimini ajrata bilish, muqobil echimlar bo‘lishi mumkinligini hisobga olish va xulosa chiqarish imkoniyatlari analitik tafakkur operatsiyalari negizida samarali qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga doir tavsiyalar O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘iga asosan bakalavriatning 60111100 – Tarix yo‘nalishi talabalari uchun nashrga tavsiya etilgan “Tarix falsafasi va metodologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan 414645034898878300-raqamli nashr guvohnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish metodikasi mashg‘ulotlarni tizimli loyihalash asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining analitik tafakkurini rivojlantirishda tarixiy manbalarga tahliliy munosabatni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish, tarixiy manba va materiallar bilan ishlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni tizimli loyihalash, germenevtik tahlil etish va muammoli ta’lim metodlarining didaktik omillarini o‘quv loyihalari tayyorlashga yo‘naltirish asosida aniqlashtirilganligiga doir tavsiyalar O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘iga asosan bakalavriatning 60111100 – Tarix yo‘nalishi talabalari uchun nashrga tavsiya etilgan “Tarix falsafasi va metodologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan 414645034898878300-raqamli nashr guvohnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish metodikasi mashg‘ulotlarni tizimli loyihalash asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning kolloborativ va kognitiv munosabatni qaror toptirish komponentlari integratsiyasi “Tushunchalar tahlili”, “Tarixiy dalillar orqali analitik tafakkur”, “3 M”, “PRBL” metodlarini, shuningdek, “Muammo” texnologiyasining ahamiyatini reproduktiv joriy etish ustuvorligi asosida takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-iyuldagi 11-05-3874/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan innovatsion-pedagogik modelning kolloborativ va kognitiv komponentlar integratsiyasi asosida takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi tuzilmaviy xarakterga ega bo‘lib, analitik tafakkur yuritishga motivatsiya hosil qilish, talabaning ma’rifati va tarbiyalanganlik darajasini ko‘tarish orqali uni rivojlantirish, mustaqil analitik amaliyotga o‘rgatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish orqali ma’naviy-mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning ma’rifiy vositasi ekanligi isbotlanganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-iyuldagi 11-05-3874/04-sonli dalolatnomasi) hamda “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariylarini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 24-iyuldagi 06-31-873-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi ma’naviy-mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning ma’rifiy vositasi ekanligiga xizmat qilgan.