Rasulov Shavkat Sharof o‘g‘lining
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotda ishchi kuchi resurslari faolligini oshirishning nazariy asoslari”, 08.00.01 − “Iqtisodiyot nazariyasi” hamda 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3687
Ilmiy rahbar: Asatullaev Xurshid Sunatullaevich, iqtisodiuot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali O‘ralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Kuvondik Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchi resurslari faolligini oshirish qonunlarini aniqlash hamda ularning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
band bo‘lgan ishchi kuchi resurslarining mehnat faolligini oshirishda vaqtincha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ish izlovchilarni yotoqxona va transport bilan ta’minlash, tezkor buyurtmalar olish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish jarayonlariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb etish taklifi asoslangan;
mehnatga layoqatli aholi va iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi qatlami uchun “barcha uchun ish” tavsifiga ko‘ra “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn maydonini ishga tushirish orqali ishchi kuchi resurslari faolligini oshirish taklifi asoslangan;
ishchi kuchi resurslarini malakasi jihatidan tabaqalashtirish asosida tarmoq, hudud va korxonalar kesimidagi faolligining erishilgan optimal me’yorlarni belgilash hamda har bir toifa bo‘yicha mavjud iqtisodiy faollikni o‘zaro taqqoslash orqali yanada kuchaytirish borasidagi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda iqtisodiyotda band aholi sonining o‘zgarishiga endogen va ekzogen omillarning ta’sirini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchi resurslari faolligini oshirish qonunlarini aniqlash hamda ularning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
band bo‘lgan ishchi kuchi resurslarining mehnat faolligini oshirishda vaqtincha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ish izlovchilarni yotoqxona va transport bilan ta’minlash, tezkor buyurtmalar olish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish jarayonlariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son “2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi №04/00-01/25-996-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlashga qadar davlat-xususiy, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish, maktabning yuqori sinflaridanoq kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish, yosh mutaxassislarning xalqaro mehnat bozorida intellektual ishchi kuchi sifatida kasbiy ko‘nikmalarini xalqaro elektron platformalar orqali namoyon qilish, oliy ta’lim muassasalarida dasturlar va fondlarni shakllantirish, yoshlar tadbirkorlik klasterlari va konsalting xizmatlarini tashkil etish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini yaratgan;
mehnatga layoqatli aholi va iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi qatlami uchun “barcha uchun ish” tavsifiga ko‘ra “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn maydonini ishga tushirish orqali ishchi kuchi resurslari faolligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son “2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi №04/00-01/25-996-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikada o‘z ishini yo‘qotgan mehnatga layoqatli va iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi qatlami, ishsizlar, ayniqsa, ayollar, yoshlar, talabalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ishlar, masofadan turib bajariladigan ishlar, uyda bajariladigan ishlar, kasanachilik ishlari, frilanserlik faoliyati, ish grafiklari, talab etiladigan malaka darajasi, ish haqi miqdori kabi ma’lumotlar elektron portfelini yaratish imkoniyatini bergan;
ishchi kuchi resurslarini malakasi jihatidan tabaqalashtirish asosida tarmoq, hudud va korxonalar kesimidagi faolligining erishilgan optimal me’yorlarni belgilash hamda har bir toifa bo‘yicha mavjud iqtisodiy faollikni o‘zaro taqqoslash orqali yanada kuchaytirish borasidagi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son “2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi №04/00-01/25-996-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi oliy va professional ta’lim bilan qamrab olinmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish, maktabning yuqori sinflaridanoq kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish, yosh mutaxassislarning xalqaro mehnat bozorida intellektual ishchi kuchi sifatida kasbiy ko‘nikmalarini xalqaro elektron platformalar orqali namoyon qilish, oliy ta’lim muassasalarida dasturlar va fondlarni shakllantirish, yoshlar tadbirkorlik klasterlari va konsalting xizmatlarini tashkil etish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini yaratgan;
O‘zbekistonda iqtisodiyotda band aholi sonining o‘zgarishiga endogen va ekzogen omillarning ta’sirini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2026-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni orqali ishlab chiqilgan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 4-“Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish va inson kapitalini rivojlantirish” yo‘nalishini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi №04/00-01/25-996-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mamlakatda aholi qatlami ayniqsa imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini 3 baravar oshirish, norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaroning bandligini legallashtirish va shu orqali 2026-yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirishga xizmat qilishi asoslangan.