Xatamov Erkin Beknazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag‘ suyaklari sinishlarida uch shoxli asab tutamlari jaroxatlangan bemorlarni kompleks davolash samaradorligini oshirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib2143.
Ilmiy rahbar: Kubaev Aziz Saidolimovich, tibbiyot fanlari doktori. dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Kozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Malayya Universiteti (Malayziya).
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz suyaklari jaroxatlangan bemorlarda asab  qon – tomir tolalarini zararlanish holatini tashxislash choralarini takomillashtirish va davolanishni samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv tahlil asosida yuz suyaklari sinishida uch shohli nerv tolalari shikastlanishini yuzaga kelish chastotasi yuqoriligi, aksariyat (88%) holatlarda spesifik davo qo‘llanilmasligi va ushbu jarohatlarga xos klinik belgilar majmuasi aniqlangan;
pastki jag‘ sinishlarida neyrosensor buzilishlar va tishlarning elektrodontometriya ko‘rsatkichlari jarohatning joylashuvi va siniq bo‘laklarining siljish darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
kompleks davo choralar tarkibida Neyromidin va diadinamik elektroneyrostimulyasiya (DD-ENS) qo‘llash natijasida zararlangan asab tolalarning sezuvchi va harakatlanuvchi funksiyalarini ana’anaviy davoga qaraganda qisqa muddatda tiklanishi asoslangan;
yuz suyaklari sinishlarida uch shoxli nerv tolalari jarohatlangan bemorlarning tashhislash va yuqori samaradorlikga ega ilmiy jihatdan asoslangan kompleks reabilitatsiya algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Yuz-jag‘ suyaklari sinishlarida uch shoxli asab tutamlari jaroxatlangan bemorlarni kompleks davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik; ilmiy yangilikning mohiyati: retrospektiv tahlil asosida yuz suyaklari sinishida uch shohli nerv tolalari shikastlanishini yuzaga kelish chastotasi yuqoriligi, aksariyat (88%) holatlarda spesifik davo qo‘llanilmasligi va ushbu jarohatlarga hos klinik belgilar majmuasi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: yuz suyaklari sinishida uch shohli nerv tolalari shikastlanishini yuzaga kelish chastotasi yuqoriligi, aksariyat holatlarda spesifik davo qo‘llanilmasligi va ushbu jarohatlarga hos klinik belgilar majmuasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 avgustda 8n-r/854-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Yuz soxasida uch shoxli nervning shoxlarining shikastlanishini aniqlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 2022 yil 11 aprelda №15-buyruq hamda Toshkent shaxar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 2022 yil 16 maydagi №36-buyruqlari bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi yuz suyaklari sinishida uch shohli nerv tolalari shikastlanishini yuzaga kelish chastotasi yuqoriligi, spesifik davo qo‘llanilmasligi va aniqlangan o‘ziga hos klinik belgilar majmuasi ochib berilganligi orqali davo muolajalarini individual tanlab berish bemorlarda kuzatiladigan asoratlarni oldi olingan davolash samarasi oshirilgan,  davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtirilgan; takroriy jarrohlik aralashuvlar chastotasi 13,2% dan 6,8% gacha kamaytirilgan; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar davolashdan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi; • ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilangan, shuningdek, tatbiq natijasida davolanish muddati qisqartirilgan, an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan asoratlar oldi olingan, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan stress va noqulayliklar bartaraf etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi pastki alveolyar nervning jarohatlanishi mavjud bemorlarni davolash samaradorgini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqarilishi natijasida  1 nafar bemor uchun 1800000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 14,8 foiz bemorlarda qayta jarroxlik (ikkinchi jarroxlik) opresiyasi amalga oshiriladi). Qayta jarrohlik amaliyoti darajasini 14,8 foizdan 8,2 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 1800000 so‘m iqtisod qilinsa, yiliga 40 nafar bemordan kasallik kaytalanishi 6 bemordan 2 bemorgacha ikkilamchi jarroxlik operatsiya kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1800000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7200000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: Ushbu holatda aytib o‘tilgan davolash taktikasining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3600000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1800000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz-jag‘ suyaklari sinishlarida uch shoxli asab tutamlari jaroxatlangan bemorlarni kompleks davolash samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 15-iyundagi 5553-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik; Ilmiy yangilikning mohiyati: pastki jag‘ sinishlarida neyrosensor buzilishlar va tishlarning elektrodontometriya ko‘rsatkichlari jarohatning joylashuvi va siniq bo‘laklarining siljish darajasiga bog‘liqligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: pastki jag‘ sinishlarida neyrosensor buzilishlar va tishlarning elektrodontometriya ko‘rsatkichlari jarohatning joylashuvi va siniq bo‘laklarining siljish darajasiga bog‘liqligi aniqlanishi asosida sensor va motor funksiyalar buzilishlariga xos belgilar ochib berildi va yuqori aniqlikga ega tashhislash taktikasi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 avgustda 8n-r/854-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Yuz soxasida uch shoxli nervning shoxlarining shikastlanishini aniqlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 2022 yil 11 aprelda №15-buyruq hamda Toshkent shaxar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 2022 yil 16 maydagi №36-buyruqlari bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: neyrosensor buzilishlar va tishlarning elektrodontometriya ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda jarohatning joylashuvi va siniq bo‘laklarining siljish darajasini aniqlash davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtirish orqali uning natijasida yuzaga keladigan  asoratlarning oldini olishga  sharoit yaratilganligi  va xastalikni samarli davolash tizimini shakllantirishga asos bo‘lish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 1 800000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil stomatologik tekshiruv amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 25% (60 dan 15ta bemorlar) yuz suyaklari sinishi natijasida uch shoxli asab tolalarining jarohatlanishini bilan kasallangan bemorlar statsionarda yotish va davolash kunini kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini  27000000 (15 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 18500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 8500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz-jag‘ suyaklari sinishlarida uch shoxli asab tutamlari jaroxatlangan bemorlarni kompleks davolash samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 15-iyundagi 5553-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: kompleks davo choralar tarkibida Neyromidin va diadinamik elektroneyrostimulyasiya (DD-ENS) qo‘llash natijasida zararlangan asab tolalarning sezuvchi va harakatlanuvchi funksiyalarini ana’anaviy davoga qaraganda qisqa muddatda tiklanishiga erishilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Uch shohli nerv zararlanishi bilan kechuvchi yuz-jag‘ suyaklari sinishlarida kompleks davo tarkibiga “Neyromidin” dori vositasi hamda diadinamik elektroneyrostimulyasiyani (DD-ENS) qo‘llash bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 avgustda 8n-r/854-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Yuz soxasida uch shoxli nervning shoxlarining shikastlanishini aniqlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 2022 yil 11 aprelda №15-buyruq hamda Toshkent shaxar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 2022 yil 16 maydagi №36-buyruqlari bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: zararlangan asab tolalarning sezuvchi va harakatlanuvchi funksiyalarini Neyromidin va diadinamik elektroneyrostimulyasiya (DD-ENS) bilan tiklash kasallikdan keyingi asoratlar rivojlanishining bartaraf etish usullarini optimallashtirish asoratlar oldini olishga asos bo‘lishning mexanizmi yaratilganligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun ushbu keltirilgan tekshiruv amaliyoti bemorlarning davolanishdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: qayta ko‘rik – 70000 sum; EOD – 120000 sum; (ENMG) -200000 sum; (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 390000 so‘m tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 4, umumiy iqtisodiy samaradorlik esa 1560000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: ushbu tekshiruv usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 936000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 624000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz-jag‘ suyaklari sinishlarida uch shoxli asab tutamlari jaroxatlangan bemorlarni kompleks davolash samaradorligini oshirish»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 15-iyundagi 5553-sonli xat yuborilgan.
turtinchi ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: yuz suyaklari sinishlarida uch shoxli nerv tolalari jarohatlangan bemorlarning tashhislash va yuqori samaradorlikga ega ilmiy jihatdan asoslangan kompleks reabilitatsiya algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuz-jag‘ suyaklari sinishi natijasida yuzaga keluvchi uch shohli nerv zararlanishini davolash samaradorligini baholashda elektroneyromiografiya usulining yuqori informativligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 avgustda 8n-r/854-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Yuz soxasida uch shoxli nervning shoxlarining shikastlanishini aniqlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 2022 yil 11 aprelda №15-buyruq hamda Toshkent shaxar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 2022 yil 16 maydagi №36-buyruqlari bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yuz suyaklari sinishlarida uch shoxli nerv tolalari jarohatlangan bemorlar uchun ishlab chiqilgan tashhislash va kompleks reabilitatsiya algoritmi davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtirish, asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlarning davolashdan keyingi reabilitatsiyasini tez amalga oshishi hamda faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytarilishi, davolanish muddati qisqarishi, an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olishdagi o‘rni isbotlanganligi keyinchalik og‘ir asortalarni yuzaga keltirishni oldini olishga qaratilgan profilaktik va davolash tartibini ishlab chiqishga asos bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,1 kundan 5,3 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 495 ming so‘mga kamaytirgan (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 165000 so‘mni tashkil qiladi), shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 375 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 125000 so‘m dori vositalari sarflanadi), shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 90 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 30000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 38400000 so‘mni tashkil etgan (40 ta operatsiya bo‘yicha 960000*40= 38400000 so‘mni tashkil etgan (davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 25920000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 12480000 so‘m); 3 ta bemorda jarroxlikdan keyin asoratlar chastotasini kamaytirish xisobiga 700000 sum iqtisod qilindi. Jami: 39100000 so‘m). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 26395000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 11705000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz-jag‘ suyaklari sinishlarida uch shoxli asab tutamlari jaroxatlangan bemorlarni kompleks davolash samaradorligini oshirish»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 15-iyundagi 5553-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish