Ergashov Mansur Abdukarim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiq iqlim sharoitida eksperimental tetraxlormetanli toksik gepatit rivojlanish xususiyatlari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3458.
Ilmiy rahbar: Axmedov Kamoliddin Hakimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjanovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Jo‘raeva Moxigul Azimjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: issiq iqlim sharoitida kechuvchi tajribaviy tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatitda jigarning morfo – funksional buzilishlari va gemostaz tizimi o‘zgarishlarini patogenetik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiq iqlim sharoitida kechuvchi tajribaviy tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatit dinamikasida jigardagi yuzaga keladigan sitolitik jarayonlarini yuzaga kelishini baholash uchun biokimyoviy markerlar miqdorining me’yorga nisbatan ortishining qiyosiy tavsifi aniqlangan;
tajribaviy issiq iqlim sharoitida yuzaga keladigan o‘tkir toksik gepatit patogenezida yetakchi omil sifatida jigarning gepatotsitlarida yuzaga keladigan erkin radikalli shikastlanishda lipidlarning perikisli oksidlanishi va antioksidant tizimning nisbatining o‘zgarishida yuzaga keladigan oksidatsion stress ekanligi isbotlangan;
issiq iqlim sharoitida kechuvchi tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatitda koagulyasion gemostaz tizimi parametrlari baholanganda tadqiqot dinamikasida gipokoagulyasion jarayonlar ortishi natijasida ustunligi asoslangan;
issiq iqlim sharoitida kechuvchi tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatit dinamikasida jigardagi tuzilmaviy buzilishini darajasi ko‘rsatib berilgan hamda organizmda jigar komasi rivojlanishi mexanizmi zanjirining o‘rni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiq iqlim sharoitida eksperimental tetraxlormetanli toksik gepatit rivojlanish xususiyatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida kechuvchi tajribaviy tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatit dinamikasida jigardagi yuzaga keladigan sitolitik jarayonlarini yuzaga kelishini baholash uchun biokimyoviy markerlar miqdorining me’yorga nisbatan ortishining qiyosiy tavsifi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 4 oktyabrda 26-son bilan tasdiqlangan «Issiq iqlim sharoitida eksperimental tetraxlormetanli toksik gepatitda jigarning morfologik o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2023 yildagi 4340-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 40-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida kechuvchi tajribaviy tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatit dinamikasida jigardagi yuzaga keladigan sitolitik jarayonlarini yuzaga kelishini baholash maqsadida biokimyoviy markerlar miqdorini o‘zgarishida o‘ziga xos bo‘lgan qiyosiy tavsifi ochib berilganligi orqali jigardagi funksional tuzilmalalarni o‘zgarishini oldini olish ta’minlash hamda jigar etishmovchiligini oldini olishga sabab bo‘luvchi profilaktik va davolash chora-tadbirlari uchun fundamental asos sifatida xizmat qilish tartibini ishlab chiqish hamda tashxislash tartibini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni etti kun davomida yiliga to‘rt marta davolashga sarflanadigan 3052000 so‘m byudjet mablag‘lari issiq iqlim sharoitida o‘tkir toksik gepatitda kechuvchi jigardagi qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lgan og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tajribaviy issiq iqlim sharoitida yuzaga keladigan o‘tkir toksik gepatit patogenezida yetakchi omil sifatida jigarning gepatotsitlarida yuzaga keladigan erkin radikalli shikastlanishda lipidlarning perikisli oksidlanishi va antioksidant tizimning nisbatining o‘zgarishida yuzaga keladigan oksidatsion stress ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 4 oktyabrda 26-son bilan tasdiqlangan «Issiq iqlim sharoitida eksperimental tetraxlormetanli toksik gepatitda jigarning morfologik o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2023 yildagi 4340-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 40-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tajribaviy issiq iqlim sharoitida yuzaga keladigan o‘tkir toksik gepatit patogenezida yetakchi omil sifatida jigarning gepatotsitlarida yuzaga keladigan erkin radikalli shikastlanishda lipidlarning periksli oksidlanishi va antioksidant tizimning nisbatining o‘zgarishida yuzaga keladigan oksidatsion stress ekanligi mexanizmlari tizimli tartibida ochib berish natijasida xastalikni erta tashxislash orqali uning natijasida yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga sharoit yaratilganligi va xastalikni samarli davolash tizimini shakllantirishga asos bo‘lish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni etti kun davomida yiliga to‘rt marta davolashga sarflanadigan 3052000 so‘m byudjet mablag‘lari issiq iqlim sharoitida o‘tkir toksik gepatitda kechuvchi jigardagi qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lgan og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida kechuvchi tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatitda koagulyasion gemostaz tizimi parametrlari baholanganda tadqiqot dinamikasida gipokoagulyasion jarayonlar ortishi natijasida ustunligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 4 oktyabrda 26-son bilan tasdiqlangan «Issiq iqlim sharoitida eksperimental tetraxlormetanli toksik gepatitda jigarning morfologik o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2023 yildagi 4340-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 40-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida kechuvchi tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatitda koagulyasion gemostaz tizimi parametrlari baholanganda tadqiqot dinamikasida gipokoagulyasion jarayonlar natijasida yuzga keladigan qon ketishlarni hamda organizmda kechadigan funksional o‘zgarishlarni oldini olishga asos bo‘lishning mexnaizmi yaratilganligi bilan asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni etti kun davomida yiliga to‘rt marta davolashga sarflanadigan 3052000 so‘m byudjet mablag‘lari issiq iqlim sharoitida o‘tkir toksik gepatitda kechuvchi jigardagi qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lgan og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida kechuvchi tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatit dinamikasida jigardagi tuzilmaviy buzilishini darajasi ko‘rsatib berilgan hamda organizmda jigar komasi rivojlanishi mexanizmi zanjirining o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 4 oktyabrda 26-son bilan tasdiqlangan «Issiq iqlim sharoitida eksperimental tetraxlormetanli toksik gepatitda jigarning morfologik o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2023 yildagi 4340-son hamda Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 40-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida kechuvchi tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatit dinamikasida jigardagi tuzilmaviy buzilishini darajasi ko‘rsatib berilgan hamda organizmda jigar komasi rivojlanishi mexanizmi zanjirining o‘rni isbotlanganligi keyinchalik og‘ir asortalarni yuzaga keltirishni oldini olishga qaratilgan profilaktik va davolash tartibini ishlab chiqishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda mazkur kasallikni etti kun davomida yiliga to‘rt marta davolashga sarflanadigan 3052000 so‘m byudjet mablag‘lari issiq iqlim sharoitida o‘tkir toksik gepatitda kechuvchi jigardagi qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lgan og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.