Yusupova Saodat Kuvandikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyatida galla ekinlari agrobiotsenozi yarimqattiqqanotlilarining (Heteroptera) sistematik tahlili va bioekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B830.
Ilmiy rahbar: Gandjaeva Lola Atanazarovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Doschanova Manzura Babajanovna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati g‘alla ekinlari agrobiotsenozi yarimqattiqqanotlilarining tur tarkibi, ekologik va biologik xususiyatlari hamda zararkunanda turlar bilan donning zararlanishi orasidagi korrelyasion bog‘lanishni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyati g‘alla ekinlari agrobiotsenozida yarimqattiqqanotlilarning 2 infraturkum, 4 katta oila, 9 oila, 18 kenja oila, 20 triba, 40 avlod, 7 kenja avlodga mansub 65 turi aniqlangan;
Xorazm viloyati hududida qayd qilingan yarimqattiqqanotlilarning Nabis pseudoferus pseudoferus (Remane, 1949) turi O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor aniqlangan;
g‘alla ekinlari agrobiotsenozida uchraydigan yarimqattiqqanotlilarning zararli turlar bo‘yicha yangi ma’lumotlar ochib berilgan;
yarimqattiqqanotlilarning oziqlanishi g‘alla ekinlarining don sifatiga ta’siri isbotlangan;
yarimqattiqqanotlilarning mavsumiy dinamikasi dominant turlar kesimida tahlil qilinib, bug‘doyning boshoqlash va sutli pishish fazalarida ularning soni yuqori bo‘lishi asoslangan;
donga qandalalar bilan zarar etkazilishi va ularning soni o‘rtasidagi yaqin ijobiy munosabatlar korrelyativ qonuniyatlar bilan ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘alla ekinlarida yarimqattiqqanotlilar (Heteroptera) faunasi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm viloyati hududida g‘alla ekinlarida tarqalgan Heteroptera turkumiga tegishli 40 avlod, 65 ta turga mansub 95 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 10 avgustdagi 4/1255-1693-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kolleksiya namunalari shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston hududlarida g‘alla ekinlarida tarqalgan Heteroptera turkumi faunasi tur tarkibini aniqlash uchun qiyosiy tahlil o‘tkazishda, ularning morfo-biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganishda, g‘alla ekinlari agrobiotsenozi va tabiatdagi biologik rolini baholashda hamda shu sohaga oid atlas tayyorlashda foydalanish imkonini bergan;
Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston, yaʼni Quyi Amudaryo hududi va Xorazm vohasida Heteroptera turkumi vakillarining g‘alla ekinlaridagi tur tarkibi, tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati, 40 avlodga mansub 65 ta turlari va bioekologik xususiyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 01/18-2-597-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda g‘alla ekinlaridagi Heteroptera turkumiga mansub turlar ro‘yxati tuzilgan va kadastriga kiritilib, ularning arealini ma’lumotlar bazasiga tushirish, turlar tarqalgan hududlarning o‘zgarish jarayonlarini monitoring qilish, shuningdek, tabiiy biologik nazoratdagi jarayonda muhim rol o‘ynashini aniqlash imkonini bergan.