Tursunova Mohira Ilxomjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy o‘zbek va ingliz bolalar adabiyotida fantastik va realistik kategoriyalar uyg‘unligi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2995.
Ilmiy rahbar: Dadaboev Olimjon Ortiqovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Joan Rouling, Devid Almond va Xudoyberdi To‘xtaboev badiiy olamini baholash orqali ularning asarlarida o‘z aksini topgan fantastik va realistik qatlamlarning o‘zaro kesishmasiga asoslangan bayon usullarining o‘ziga xos qirralarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek bolalar adabiyoti shakllanishi va tadrijiy bosqichlari bir-biridan keskin farq qilishi, ingliz bolalar adabiyotida adabiy ertaklar va fentezi janri katta o‘rin egallashi, o‘zbek bolalar adabiyotida esa sarguzasht-fantastik asarlar ko‘proq uchrashi va bunga har ikki xalqning siyosiy-ijtimoiy hayoti ta’siri katta bo‘lgani asoslangan;
“Harri Potter” romanlarida personaj va syujet arxetiplardan unumli foydalanilgani va bu romanlarga romantizmning ta’siri katta ekani, “Shirin qovunlar mamlakati” romanida esa arxetiplardan nisbatan kamroq foydalanilgani va unga realizmning ta’siri katta ekani asoslangan;
“Shirin qovunlar mamlakati” va “Harri Potter” romanlarida qo‘llanilgan toponimlar, zoonimlar, fitonimlar, odamlar, fizika, tabiat hodisalari hamda qonunlari fentezi dunyosini real dunyo bilan yaqinlashtirib, realistik va fantastik elementlarning o‘zaro uyg‘unlashuviga olib kelishi natijasida o‘quvchilar tomonidan tabiiy qabul qilinishi dalillangan;
Devid Almondning “Skellig” romanidagi fantastik element – Skellig obrazi asarning asosiy badiiy g‘oyasi – XX asr Evropasi jamiyatida insonlardagi ezgulikka bo‘lgan ishonch va intilishni yuzaga chiqaruvchi badiiy detal bo‘lib xizmat qilgani aniqlangan;
“Sariq devni minib” romanida jamiyatdagi qing‘ir ishlar, bilimsizlik va manmanlik kabi illatlarni fosh etish uchun real dunyoga xos bo‘lmagan sehrli buyum detalidan foydalanilgani va bu asarning sehrli realizm yo‘nalishida yozilganiga dalil ekani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz bolalar adabiyotidagi badiiy asarlarda fantastik va realistik kategoriyalar uyg‘unligining poetik xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz bolalar adabiyotida fantastik va realistik kategoriyalar sinkretikligi, ingliz va o‘zbek bolalar adabiyoti shakllanishi va tadrijiy bosqichlari, ingliz bolalar adabiyotida adabiy ertaklar va fentezi janri katta o‘rin egallashi, o‘zbek bolalar adabiyotiga esa ko‘proq sheʼriy hamda sarguzasht-fantastik asarlar xosligi haqida olingan ilmiy xulosalardan 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan FZ-201912099 “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb sayti va multemedia mahsulotini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 4-maydagi 470-04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz bolalar adabiyotida, xususan, fentezi yo‘nalishidagi asarlardagi personaj va syujet arxetiplar haqidagi ma’lumotlar hisobiga loyiha amaliy natijalarining samaradorligi va foydalanish ko‘lami ortgan;
Joan Rouling asarlari tematikasining shakllanishida va asarlarining syujet liniyasiga kichik va katta fentezining har ikkisiga xos uslub kuchli ta’sir etgani, Xudoyberdi To‘xtaboev asarlarida kichik fentezi va sehrli realizm unsurlari katta o‘rin tutishi, “Sariq devni minib” va “Shirin qovunlar mamlakati” romanlarining bayon tasviridagi jamiyatdagi qing‘ir ishlar, bilimsizlik va manmanlik kabi illatlarni fosh etish uchun fantastik va realistik detallarning o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda tasvirlash usulidan foydalanilgani haqidagi ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL–402104213 raqamli “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 22-iyundagi 39-04-722-son ma’lumotnomasi). Natijada fantastika, fentezi va sehrli realizm hamda ularning subjanrlariga xos adabiy atamalar, ularning izohiga doir ma’lumotlar loyihaning samaradorligi oshirdi;
“Shirin qovunlar mamlakati” va “Harri Potter” romanlarida qo‘llanilgan toponimlar, zoonimlar, fitonimlar, odamlar, fizika, tabiat hodisalari hamda qonunlari fentezi dunyosini real dunyo bilan yaqinlashtirib, realistik va fantastik elementlarning o‘zaro uyg‘unlashuviga olib kelishi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Respublika teleradiomarkazi” DM “Toshkent radioeshittirish uyi” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlar 2024-yil fevral va may sonlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Respublika teleradiomarkazi davlat muassasasining 2024-yil 29-maydagi 04-36-686-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchilar asarlarining narratologik xususiyatlari, zamonaviy ingliz va o‘zbek bolalar adabiyotidagi fantastik va realistik kategoriyalar uyg‘unligining poetik xususiyatlari va ularning bugungi zamonaviy bolalar adabiyot taraqqiyotidagi ahamiyati to‘g‘risida foydali ma’lumotlar bilan ushbu radioeshittirishlarning mazmuni ilmiy va amaliy jihatdan boyigan.