Shakirova Nigora Axralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i     nomi): “Tadbirkorlik subektlarida moliyalashtirishni takomillashtirish asosida  aholi    bandligini  ta’minlash”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3460 Ilmiy rahbar: Ergashev Erkin Iroqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Haydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovichlar, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik subektlarida moliyalashtirishni takomomillashtirish asosida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subektlarida moliyalashtirishni takomillashtirish asosida aholi bandligini tadqiq etishda ijtimoiy himoya qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslariga kafilliklar amaliyotini joriy etish asoslangan;
oilaviy tadbirkorlik (kasanachilik) faoliyatini yanada rivojlantirish, moliyaviy barqarorligini va aholining bandligini ta’minlashda tarmoq subektlariga imtiyozli davr belgilash asosida revolver kreditlar ajratish amaliyotini joriy etish asoslangan;
tadbirkorlik subektlari faoliyatida aholi bandligini ta’minlash va mehnat resurslari samaradorligini yanada oshirish uchun lozim bo‘lgan uskunalarni xarid qilishda subsidiyalash amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
tadbirkorlik subektlarini moliyalashtirish hamda mehnat bozorida talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ta’sir darajasiga ko‘ra aholi bandligini ta’minlashni istiqboldagi 2030-yilgacha statistik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik subektlarida moliyalashtirishni takomillashtirish asosida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
tadbirkorlik subektlarida moliyalashtirishni takomillashtirish asosida aholi bandligini tadqiq etishda ijtimoiy himoya qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslariga kafilliklar amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligining 2023-yil 6-avgustdagi №10-09-748-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qabul qilinishi natijada, mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qatlamlarini tadbirkorlikka jalb etilishiga, mazkur tadbirkorlik subektlari moliyaviy barqarorligini ta’minlashga, istiqbolli imkoniyatlarini  kengayishiga, aholini ish bilan bandligini darajasini ortishiga va ta’minlashga olib kelgan  shu bilan birga mazkur tarmoq rivojiga qaratilgan dastur hamda ba’zi umumlashgan xulosalar ishlab chiqishda yordam bergan;
oilaviy tadbirkorlik (kasanachilik) faoliyatini yanada rivojlantirish, moliyaviy barqarorligini va aholining bandligini ta’minlashda tarmoq subektlarini imtiyozli davr belgilash asosida revolver kreditlar ajratish amaliyotini joriy etish borasidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligining 2023-yil 6-avgustdagi №10-09-748-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida oilaviy tadbirkorlik (kasanachilik) faoliyati, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish, aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy vazifalarni bajarishda hamda tarmoq subektlarini kreditlash amaliyotini yanada kengayishiga olib kelgan. Xususan, o‘z navbatida oilaviy tadbirkorlik (kasanachilik) subektlarida faoliyat olib borayotgan har bir kasanachi uchun 2 million so‘mgacha miqdorda imtiyozli davr asosda revolver kredit olish imkoniyatini bergan, bu esa mazkur tarmoq sub’ektlarini yanada kengayishiga va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga olib kelmoqda.
tadbirkorlik subektlari faoliyatida aholi bandligini ta’minlash va mehnat resurslari samaradorligini yanada oshirish uchun lozim bo‘lgan uskunalarni xarid qilishda subsidiyalash amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligining 2023-yil 6-avgustdagi №10-09-748-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida aholi bandligini ta’minlash va mehnat resurslari samaradorligini yanada oshirish uchun lozim bo‘lgan uskunalarni xarid qilishda subsidiyalash amaliyotini (bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha) bo‘lgan miqdorda joriy etish orqali mehnat resurslari samaradorligini kengayishiga, tarmoq sub’ektlarini moliyaviy barqarorligini ta’minlashga, tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqarishda zamonaviy uskunalarni xarid qilish imkoniyatlarini ortishiga, xususan, mehnat qurollari - asbob-uskunalar, ish qurollari, stanoklar va shaxsiy himoya va gigiena vositalarini - maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari sotib olish uchun imkoniyatlari ortishiga olib kelgan.
tadbirkorlik subektlarini moliyalashtirish hamda mehnat bozorida talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ta’sir darajasiga ko‘ra aholi bandligini ta’minlashni istiqboldagi 2030-yilgacha statistik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligining 2023-yil 6-avgustdagi №10-09-748-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish bandlik vazirligi tomonidan aholi bandligini ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan bo‘lib, mazkur taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat tadbirkorlik subektlarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda mehnat bozirida talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ta’siri darajasiga ko‘ra aholi bandligi bilan bog‘liq masalalarni va xududlar joylashuvini e’tiborga olgan holda hamda xududlardagi mavjud aholi bandligi bilan bog‘liq ba’zi istiqboldagi masalalarni echishga amaliy yordam beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish